Havoriylar 13
13
13–BOB
Barnabo bilan Shoul safarga joʻnatiladi
1Antioxiyadagi imonlilar jamoatida paygʻambarlar va muallimlar ham bor edi. Barnabo, Qoracha laqabli Shimoʻn, Kirineyalik Lukiyos, viloyat hukmdori#13:1 viloyat hukmdori — yunoncha matnda tetrarx. Bu unvon Rim imperiyasi tomonidan joriy qilingan boʻlib, hokimiyati cheklangan va faqat Rim hukumati ruxsati bilan ish yuritadigan hukmdorga nisbatan qoʻllanilgan. Avom xalq orasida bunday hukmdor shoh deb atalar edi (misol uchun, Matto 14:9, Mark 6:14 ga qarang). Hirod#13:1 Hirod — 4:27 ning birinchi izohiga qarang. bilan birga oʻsgan Manaxim va Shoul#13:1 Shoul — Pavlus ismi bilan tanilgan (shu bobning 9–oyatiga va oʻsha oyatning izohiga qarang). shular jumlasidan edi. 2Ular Egamizga sajda qilib, roʻza tutar ekanlar, Muqaddas Ruh ularga shunday dedi: “Barnabo bilan Shoulni Menga bagʻishlanglar, toki ular Men tayinlagan ishni bajarsinlar.” 3Ular roʻza tutib, ibodat qildilar, soʻng qoʻllarini Barnabo bilan Shoulga qoʻyib, ikkovini safarga joʻnatdilar.
Kiprda
4Muqaddas Ruh buyrugʻiga koʻra, Barnabo bilan Shoul yoʻlga tushdilar#13:4 …Barnabo bilan Shoul yoʻlga tushdilar — Pavlusning Xushxabar yoyish maqsadida qilgan birinchi safarining boshlanishi (“Xaritalar” boʻlimiga qarang). Ular Antioxiyaga qaytib kelganlarida bu safar yakunlangan (14:26-28 ga qarang).. Ular Selevkiya shahriga#13:4 Selevkiya shahri — Antioxiyadan qariyb 20 kilometr gʻarbda, Oʻrta yer dengizi boʻyida joylashgan. borib, u yerdan kemada Kiprga suzib ketdilar. 5Salamis shahriga kelganlaridan keyin, yahudiylarning sinagogalarida Xudoning kalomini vaʼz qildilar. Yuhanno#13:5 Yuhanno — Mark ismi bilan ham tanilgan (12:12, 25 ga qarang). ham ular bilan birga boʻlib, xizmatda yordam berar edi.
6Ular butun orolni u boshidan bu boshigacha kezib chiqib, Pafos shahriga keldilar. U yerda Baryoshua degan sehrgarga duch keldilar. U odam yahudiylarning soxta paygʻambari edi. 7Baryoshua orolning hokimi Sergiyus Pavlusning#13:7 orolning hokimi Sergiyus Pavlus — Rim hukumati tomonidan tayinlangan hokim. yaqinlaridan biri edi. Sergiyus Pavlus aqlli odam edi. U Barnabo bilan Shoulni huzuriga chaqirib, Xudoning kalomini eshitmoqchi boʻldi. 8Ammo sehrgar Elimos Barnabo bilan Shoulga qarshi chiqdi. (Elimos Baryoshuaning yana bir ismi boʻlib, yunonchada “sehrgar” demakdir.) Elimos hokimni imondan toydirishga harakat qildi. 9Shoul, yaʼni Pavlus#13:9 Shoul, yaʼni Pavlus — Pavlusning ibroniycha ismi Shoul, lotincha ismi Pavlus boʻlgan. Kitobning shu joyidan boshlab, muallif uni Pavlus deb ataydi., Muqaddas Ruhga toʻlib, sehrgarga tik boqib 10dedi:
— Ey iblis oʻgʻli! Sen har qanday haqiqatning dushmanisan, yuraging ayyorlik va yaramasliklarga toʻla. Egamizning toʻgʻri yoʻlini buzib koʻrsatishni qachon bas qilasan?! 11Endi eshit: Egamizning qoʻli senga qarshi koʻtarilgan, sen maʼlum bir vaqtgacha koʻr boʻlib qolasan, quyosh nurini koʻrmaysan.
Shu zahoti Elimosning koʻzi oldi xiralashib, qorongʻi boʻldi. Elimos u yoq–bu yoqni paypaslab, qoʻlidan yetaklab yuradigan birontasini izladi. 12Hokim yuz bergan voqeani koʻrib, imonga keldi, chunki u Rabbimiz Iso haqidagi taʼlimotdan hayratga tushgan edi.
Pisidiyadagi Antioxiya shahrida
13Pavlus bilan uning hamrohlari Pafos shahridan suzib, Pamfiliyadagi Perga shahriga keldilar. Yuhanno#13:13 Yuhanno — Mark ismi bilan ham tanilgan (12:12, 25 ga qarang). shu yerda ularni tark etib, Quddusga qaytdi. 14Qolganlar esa Pergadan joʻnab, Pisidiyadagi Antioxiya shahriga keldilar. Shabbat kuni ular sinagogaga kirib oʻtirishdi. 15Tavrot va Paygʻambarlar bitiklaridan#13:15 Tavrot va Paygʻambarlar bitiklari — Tavrot (Musoning qonuni degan nom bilan ham yuritiladi) va Paygʻambarlar bitiklari (uning tarkibiga baʼzi tarixiy kitoblar ham kirgan) Eski Ahd toʻplamining ikkita qismini nazarda tutgan. qiroat tugagach, sinagoganing yoʻlboshchilari: “Birodarlar, agar bizga biror nasihatingiz boʻlsa, marhamat”, deb ularga xabar yubordilar. 16Pavlus oʻrnidan turib, qoʻli bilan “jim” degan ishorani qildi, soʻng soʻz boshladi: “Ey Isroil xalqi! Xudodan qoʻrqadigan#13:16 …Xudodan qoʻrqadigan… — 10:2 izohiga qarang. boshqa xalqlar, quloq solinglar! 17Mana shu Isroil xalqining Xudosi bizning ota–bobolarimizni tanlab oldi. Ular Misrda musofir boʻlib yashagan vaqt davomida Xudo ulardan buyuk xalq yaratdi. Buyuk qudrati bilan ularni Misrdan olib chiqdi. 18Qirq yil davomida Xudo ularning sahrodagi qilmishlariga chidadi#13:18 …Xudo ularning sahrodagi qilmishlariga chidadi — yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida Xudo sahroda ularga gʻamxoʻrlik qilgan.. 19U Kanʼon yurtida yetti elatni#13:19 yetti elat — Qonunlar 7:1-2 ga qarang. qirib tashlab, ularning yurtini Isroil xalqiga mulk qilib berdi. 20Bularning hammasi taxminan 450 yil#13:20 450 yil — Isroil xalqining Misrda boʻlgan vaqtini (Ibtido 15:13 ga qarang), Sinay sahrosida yurgan paytlarni (Sahroda 32:13 ga qarang) va Kanʼon yurtini bosib olgan va qabilalarga boʻlib bergan paytni oʻz ichiga oladi. davom etdi.
Bundan keyin Xudo ularga Shomuil paygʻambar zamonigacha hakamlarni berdi. 21Keyin Isroil xalqi shoh soʻragan edi, Xudo ularga Kish oʻgʻli Shoulni shoh qilib berdi. Shoul Benyamin qabilasidan boʻlib, qirq yil hukmronlik qildi. 22Xudo Shoulni taxtdan tushirgandan keyin, Dovudni Isroil xalqining shohi qildi. Xudo u haqda shunday degan edi: «Essay oʻgʻli Dovudni Oʻzimning koʻnglimga mos deb topdim. Dovud Mening hamma xohishlarimni bajo qiladi.»#13:22 1 Shohlar 13:14, Zabur 88:21 ga qarang. 23Xudo bergan vaʼdasiga muvofiq, Dovud naslidan Isoni Isroil xalqiga najotkor qilib yubordi. 24Iso xizmatini boshlamasdan oldin, Yahyo butun Isroil xalqiga, gunohlaringizdan qaytinglar, suvga choʻminglar, deb vaʼz qildi. 25Yahyo xizmatini yakunlayotib: «Sizlar meni kim deb bilasizlar? Men vaʼda qilingan Zot emasman. U mendan keyin keladi. Men Uning choriqlarini yechib qoʻyishga ham arzimayman», degan edi#13:25 Yahyo…degan edi — Yuhanno 1:20, Luqo 3:15-16 ga qarang..
26Ey birodarlarim, Ibrohim avlodlari! Ey Xudodan qoʻrqadigan boshqa xalqlar! Najot haqidagi bu xabar bizga berilgan. 27Ammo Quddus aholisi va ularning hukmdorlari Isoning kimligini tanimadilar. Garchi ular har Shabbat kuni oʻqilayotgan paygʻambarlarning soʻzlarini eshitsalar–da, paygʻambarlar Iso haqida yozganini ular tushunmadilar. Isoni oʻlimga mahkum qilib, paygʻambarlarning bashoratlarini amalga oshirdilar. 28Oʻlimga mahkum qilish uchun ular sabab topa olmagan boʻlsalar ham, Pilatdan#13:28 Pilat — 3:13 ning ikkinchi izohiga qarang. Uni oʻldirishni talab qildilar. 29U toʻgʻrida yozilgan har bir narsani amalga oshirganlaridan keyin, jasadini yogʻochdan#13:29 yogʻoch — 5:30 izohiga qarang. tushirib, qabrga qoʻydilar. 30Ammo Xudo Uni oʻlikdan tiriltirdi. 31Bir necha kun U Jaliladan Quddusga Oʻzi bilan kelganlarga zohir boʻlib turdi. Hozir ular Isroil xalqiga guvohlik beryaptilar.
32-33Barnabo bilan men esa bu Xushxabarni sizlarga eʼlon qilmoqdamiz: Xudo Isoni tiriltirdi! Shu orqali ota–bobolarimizga bergan vaʼdasini ularning farzandlari boʻlmish bizlar uchun bajardi. Bu haqda Zaburning ikkinchi sanosida shunday yozilgan:
«Sen Mening Oʻgʻlimsan,
Bugun Men Senga Ota boʻldim.»#13:32-33 Zabur 2:7 ga qarang.
34Axir, Xudo, Uni oʻlikdan tiriltiraman, Uni qabrda chiritmayman, deb vaʼda bergan edi. U shunday degan edi:
«Dovudga vaʼda qilgan tabarruk barakalarni sizlarga beraman.»#13:34 Muallif bu oʻrinda Ishayo 55:3 ning qadimiy yunoncha tarjimasidan foydalangan.
35Boshqa bir sanoda bu yanada toʻliqroq tushuntirilgan:
«Taqvodoringni#13:35 Taqvodoring — yunoncha matndan soʻzma–soʻz tarjimasi Muqaddas boʻlganing. qabrda chiritmaysan.»#13:35 Zabur 15:10 ga qarang.
36Darvoqe, Dovud oʻz vaqtida Xudoning maqsadi uchun xizmat qilgan edi. Dovud vafot etgach, ota–bobolari yoniga dafn qilindi. Uning tanasi qabrda chiridi. 37Ammo Xudo tiriltirgan Isoning tanasi chirimadi. 38Shuning uchun, ey birodarlarim, eshitinglar! Gunohlarimiz Iso orqali kechirilishini biz sizlarga eʼlon qilmoqdamiz. 39Isoga ishongan har bir kishi hamma gunohlaridan U orqali oqlanadi. Musoning qonuni orqali esa oqlanib boʻlmaydi. 40Ehtiyot boʻlinglar, toki paygʻambarlar aytgan quyidagi soʻzlar boshingizga tushmasin:
41«Qaranglar, ey mazaxchilar!
Hayratda qolib oʻlinglar!
Sizning davringizda Men shunday bir ish qilamanki,
Eshitsangiz quloqlaringizga ishonmaysizlar.»#13:41 Muallif bu oʻrinda Xabaqquq 1:5 ning qadimiy yunoncha tarjimasidan foydalangan.”
42Pavlus bilan Barnabo sinagogadan chiqar ekanlar, xalq ularga: “Kelgusi Shabbat kuni ham shu narsalar toʻgʻrisida gapirib bersangizlar”, deb iltimos qildilar. 43Sinagogadagi yigʻindan keyin xalq tarqaldi. Pavlus bilan Barnaboga koʻplab yahudiylar va yahudiy diniga kirgan#13:43 …yahudiy diniga kirgan… — 2:10 izohiga qarang. taqvodorlar ergashdilar. Pavlus bilan Barnabo ularga, Xudoning marhamati ostida yashashni davom ettiringlar, deb dalda berdilar.
44Keyingi Shabbat kuni ham deyarli butun shahar Rabbimiz Iso haqidagi xabarni eshitish uchun yigʻildi. 45Yahudiylar shunchalik koʻp odamni koʻrib, qattiq hasad qila boshladilar. Pavlusning aytganlariga qarshi chiqib, uni haqoratladilar. 46Shunda Pavlus bilan Barnabo ikkovi jasorat bilan shunday dedilar:
— Xudoning kalomini birinchi navbatda sizlarga bildirishimiz kerak edi. Ammo sizlar Xudoning kalomini rad qildingizlar va oʻzlaringizni abadiy hayotga noloyiq deb bildingizlar. Shuning uchun biz gʻayriyahudiylarning oldiga ketyapmiz. 47Egamiz bizga shunday amr bergan edi:
“Yerning chetigacha najotni olib boringlar deb,
Men sizlarni gʻayriyahudiylarga nur qilaman.”#13:47 Ishayo 49:6 ga qarang.
48Gʻayriyahudiylar bu gapni eshitib, xursand boʻldilar. Ular Rabbimiz Iso haqidagi xabarni izzat–hurmat bilan qabul qildilar. Abadiy hayot uchun tanlanganlarning hammasi imonga keldi. 49Shunday qilib, Rabbimiz Iso haqidagi xabar yurt boʻylab yoyilib boraverdi. 50Ammo yahudiylar shaharning yuqori martabali, Xudodan qoʻrqadigan#13:50 …Xudodan qoʻrqadigan… — 10:2 izohiga qarang. ayollarini va eʼtiborli erkaklarini qayrab, Pavlus bilan Barnaboni taʼqib qilib, ularni yurtdan quvib chiqarishga undadilar. 51Havoriylar esa ogohlantirish tariqasida oyoqlarining changini qoqib#13:51 …ogohlantirish tariqasida oyoqlarining changini qoqib… — odamlar Xudoning elchilarini rad etganlari uchun, havoriylar oyoqlaridagi changni qoqib ketardilar. Havoriy Pavlus ham shunga oʻxshash harakatni ishlatgan (18:6 ga qarang). Bu harakat oʻsha odamlarning ayanchli qismatini, yaʼni Xudo tomonidan rad etilishini va Uning shohligidan benasib qolish xavfini anglatardi., Ikoniya shahriga ketdilar. 52Antioxiyadagi shogirdlar sevinch va Muqaddas Ruhga toʻlib boraverdilar.
Currently Selected:
Havoriylar 13: O‘zbMK
ማድመቅ
ያጋሩ
ኮፒ

ያደመቋቸው ምንባቦች በሁሉም መሣሪያዎችዎ ላይ እንዲቀመጡ ይፈልጋሉ? ይመዝገቡ ወይም ይግቡ
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020