1
Ibtido 3:6
Muqaddas Kitob
Xotin qarasaki, oʻsha daraxt koʻzga chiroyli koʻrinadi, mevalari juda yeyishli ekan. Xotin: “Qaniydi mevalar menga donolik ato qilsa”, deb orzu qildi. U daraxtning mevasidan olib yedi, keyin yonida turgan eriga ham berdi. Eri ham yedi.
Ṣe Àfiwé
Ṣàwárí Ibtido 3:6
2
Ibtido 3:1
Parvardigor Egamiz hamma yovvoyi hayvonlarni ham yaratgan edi. Oʻsha hayvonlar orasida ancha ayyori ilon edi. Ilon xotindan: — Haqiqatan ham Xudo, bogʻdagi bironta daraxtning mevasidan yemanglar, deb aytdimi? — deb soʻradi.
Ṣàwárí Ibtido 3:1
3
Ibtido 3:15
Dushmanlik paydo qilaman sen bilan xotin oʻrtasida, Sening zoting bilan uning zoti orasida. Uning zoti ezib tashlaydi sening boshingni, Sen chaqib olasan uning tovonini.”
Ṣàwárí Ibtido 3:15
4
Ibtido 3:16
Xotinga esa shunday dedi: “Homiladorligingda gʻoyat azob beraman, Mashaqqat ila bola tugʻasan. Ammo eringni qoʻmsayverasan, Ering esa hokim boʻladi sening ustingdan.”
Ṣàwárí Ibtido 3:16
5
Ibtido 3:19
Sen tuproqdan yaralgansan, To tuproqqa qaytguningga qadar, Peshana tering bilan non yeysan. Zero, sen tuproqdirsan Va tuproqqa qaytasan.”
Ṣàwárí Ibtido 3:19
6
Ibtido 3:17
Parvardigor Egamiz odamga shunday dedi: “Xotiningning gapiga kirganing uchun, Men, yema, deb taqiqlagan mevani yeganing uchun Sen tufayli yerni laʼnati qildim. Butun umring boʻyi timdalab yerni, Yerdan oʻtkazasan tirikchiligingni.
Ṣàwárí Ibtido 3:17
7
Ibtido 3:11
— Yalangʻoch ekaningni senga kim aytdi? — deb soʻradi Xudo. — Yoki Men, yemanglar, deb amr etgan daraxtning mevasidan yedingmi?
Ṣàwárí Ibtido 3:11
8
Ibtido 3:24
U Odam Atoni haydab yuborgandan keyin, hayot daraxtiga boradigan yoʻlni qoʻriqlash uchun Adan bogʻining sharq tomoniga karublarni va doimo aylanib turadigan alangali qilichni oʻrnatdi.
Ṣàwárí Ibtido 3:24
9
Ibtido 3:20
Xotin jamiki insonlarning onasi boʻlgani uchun, Odam Ato unga Momo Havo deb ism berdi.
Ṣàwárí Ibtido 3:20
Ilé
Bíbélì
Àwon ètò
Àwon Fídíò