Ibtido 8
8
8–BOB
Toʻfonning intihosi
1Xudo Nuhni va u bilan kemada birga boʻlgan barcha jonzotlarni esdan chiqarmagan edi. Xudo yer uzra shabada estirgan edi, suv pasaya boshladi. 2Yer ostidagi buloqlar#8:2 Yer ostidagi buloqlar — 7:11 ning birinchi izohiga qarang., osmonning qopqasi#8:2 osmonning qopqasi — 7:11 ning ikkinchi izohiga qarang. berkildi, qattiq quyayotgan jala toʻxtadi. 3Suv asta–sekin yer yuzida kamaya boshladi. Nihoyat, 150 kundan keyin suv kamaydi. 4Yettinchi oyning oʻn yettinchi kuni#8:4 Yettinchi oyning oʻn yettinchi kuni — toʻfon boshlangandan besh oy oʻtgach (7:11 ga qarang). kema Ararat togʻi choʻqqilariga tiralib toʻxtab qoldi. 5Oʻninchi oygacha suv kamayib boraverdi. Nihoyat, oʻninchi oyning birinchi kuni#8:5 oʻninchi oyning birinchi kuni — toʻfon boshlangandan taxminan yetti yarim oy oʻtgach (7:11 ga qarang). togʻ choʻqqilari koʻrindi.
6Yana qirq kun oʻtgach, Nuh kemaning darchasini ochdi–da, 7qargʻani chiqarib yubordi. Yer yuzidagi suv quriguncha, qargʻa u yoqdan–bu yoqqa uchib yuraverdi. 8Yer yuzidagi suv quriganini bilish uchun endi Nuh kemadan kaptarni uchirib yubordi. 9Hali yer yuzini suv bosib yotgani uchun kaptar qoʻngani joy topolmay, kemaga — Nuhning yoniga qaytib keldi. Nuh kaptarni ushlab, ichkariga oldi. 10Yetti kundan keyin Nuh yana kaptarni kemadan uchirdi. 11Kechga yaqin kaptar uning yoniga qaytib keldi. Kaptarning tumshugʻida yangi oʻsib chiqqan zaytun bargi bor edi. Nuh bildiki, yer yuzidagi suv pasayibdi. 12Nuh yana yetti kunni oʻtkazib, kaptarni uchirib yubordi. Kaptar Nuhning yoniga boshqa qaytib kelmadi.
13Nuh 601 yoshga kirganda, birinchi oyning birinchi kunida#8:13 birinchi oyning birinchi kuni — toʻfon boshlangandan taxminan oʻn yarim oy oʻtgach (7:11 ga qarang). yer yuzidagi suv quriy boshladi. Nuh kemaning qopqogʻini ochib qaradi, yer yuzi hali toʻliq qurimagan ekan. 14Nihoyat, ikkinchi oyning yigirma yettinchi kuni#8:14 ikkinchi oyning yigirma yettinchi kuni — toʻfon boshlangandan taxminan oʻn ikki yarim oy oʻtgach (7:11 ga qarang). yer butunlay qup–quruq boʻldi. 15Keyin Xudo Nuhga shunday dedi: 16“Kemadan chiq, xotining, oʻgʻillaring, kelinlaring ham sen bilan birga kemadan chiqishsin. 17Oʻzing bilan birga hamma tirik jonzotlarni — qushlaru hayvonlarni, sudralib yuruvchi jonivorlarni, hasharotlarni ham olib chiq, toki ular yer yuzida serpusht boʻlib, koʻpayib, gʻij–gʻij qaynasin.” 18Shunday qilib, Nuh oʻgʻillarini, xotini va kelinlarini boshlab, kemadan tashqariga chiqdi. 19Hamma hayvonlar, sudralib yuruvchi jonivorlar, hasharotlar, qushlar — yerda yashaydigan jamiki jonzotlar ham oʻz jufti bilan kemadan chiqdi.
Nuh qurbonlik keltiradi
20Soʻngra Nuh Egamizga atab qurbongoh qurdi. Soʻng har bir halol hayvondan va halol qushdan#8:20 …halol hayvon…halol qush… — 7:2 izohiga qarang. olib, qurbongoh ustida ularni qurbonlik qilib kuydirdi. 21Egamiz qurbonlikning xushboʻy hididan mamnun boʻlib, Oʻziga Oʻzi dedi: “Insonning koʻnglida bolaligidanoq qabih niyat bor ekan. Shunday boʻlsa ham, Men bundan buyon jamiki tirik jonzotni oldingiday qirib tashlamayman. Inson tufayli butun dunyoni laʼnatlamayman. 22Bu olam turar ekan, bahorda ekin–tikin, kuzda oʻrim–yigʻim, yoz va qish, sovuq va issiq, kunduz va tun boʻlaveradi.”
Поточний вибір:
Ibtido 8: O‘zbMK
Позначайте
Поділитись
Копіювати
Хочете, щоб ваші позначення зберігалися на всіх ваших пристроях? Зареєструйтеся або увійдіть
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020