Yuhanno 21:15-17
Yuhanno 21:15-17 O‘ZBMK
Iso nonushtadan keyin Shimoʻn Butrusdan soʻradi: — Yuhanno oʻgʻli Shimoʻn, sen Meni ulardan koʻproq yaxshi koʻrasanmi? — Ha, Rabbim! Men Seni yaxshi koʻrishimni Oʻzing bilasan–ku, — dedi Unga Butrus. — Qoʻzilarimni oʻtlat, — dedi unga Iso. Iso ikkinchi marta Butrusdan soʻradi: — Yuhanno oʻgʻli Shimoʻn, sen Meni yaxshi koʻrasanmi? — Ha, Rabbim! Seni yaxshi koʻrishimni Oʻzing bilasan–ku, — dedi Butrus Unga. — Qoʻylarimni boq, — dedi unga Iso. Soʻng uchinchi marta Butrusdan soʻradi: — Yuhanno oʻgʻli Shimoʻn, sen Meni yaxshi koʻrasanmi? Iso uchinchi marta yana shu savolni bergani uchun Butrus xafa boʻldi. — Rabbim! Sen hamma narsani bilasan, men Seni yaxshi koʻrishimni ham bilasan, — dedi Butrus. Iso unga shunday dedi: — Qoʻylarimni oʻtlat!