Ibtido 6
6
6–BOB
Insoniyatning qabihligi
1Yer yuzida insonlar borgan sari koʻpaya boshladi. Qizlar ham tugʻilgan edi. 2Ilohiy zotlar#6:2 Ilohiy zotlar — ibroniycha matndan soʻzma–soʻz tarjimasi Xudoning oʻgʻillari yoki Xudolarning oʻgʻillari (shu bobning 4–oyatida ham bor). Bu ibroniycha ibora Eski Ahdning boshqa joylarida ham ilohiy zotlarga nisbatan ishlatilgani uchun (Ayub 1:6, 2:1, 38:7 ga qarang), olimlarning aksariyati bu ibora mazkur oyatda ham ilohiy zotlarni bildiradi, deb taʼkidlashadi (yana 1 Butrus 3:19-20, 2 Butrus 2:4, Yahudo 6-7–oyatlarga qarang). Biroq baʼzi olimlar Eski Ahdning boshqa oyatlariga asoslangan holda (misol uchun, Qonunlar 14:1, 2 Shohlar 7:14 ga qarang), bu yerda inson zoti haqida soʻz yuritilgan deb aytishadi, chunki bunga oʻxshash iboralar oʻsha oyatlarda odamga nisbatan ishlatilgan. Bu olimlardan baʼzilarining sharhlashicha, mazkur ibora oʻziga katta haramlar yaratgan, qudratli hukmdorlar boʻlgan Lamexga oʻxshash (4:19 ga qarang) magʻrur kishilarga ishora qiladi. Boshqa olimlarning taʼkidlashi boʻyicha, bu oyatda Shisning avlodlari nazarda tutilgan. Shis Nuh paygʻambarning, shuningdek, Xudo tanlagan Isroil xalqining bobokaloni edi. Bu nuqtayi nazarga binoan Shisning avlodlari Qobilning avlodiga mansub boʻlgan ayollarga (“matnda chiroyli qizlar”, deb aytilgan) uylangan va shu tufayli fosiq yoʻlga kirganlar (bu oyatga tegishli keyingi izohni oʻqing)., bu qizlar#6:2 bu qizlar — ibroniycha matndan soʻzma–soʻz tarjimasi inson zotining qizlari (shu bobning 4–oyatida ham bor). Koʻp olimlarning sharhlashicha, bu ibroniycha ibora umuman ayollarga nisbatan ishlatilgan. Biroq olimlarning baʼzilari bu yerda aynan Qobilning avlodiga mansub boʻlgan ayollar nazarda tutilgan, deb taʼkidlashadi (bu oyatga berilgan yuqoridagi izohni oʻqing). Xudo Qobilni laʼnatlagan edi (4:10-12 ga qarang). chiroyli ekan, deb yoqtirganlarini oʻzlariga xotin qilib olaverdilar. 3Shunda Egamiz aytdi: “Men ato etgan Ruh#6:3 Ruh — bu oyatda barcha jonzotga hayot ato etuvchi Xudoning hayotbaxsh qudrati nazarda tutilgan. insonlar bilan abadiy qolmaydi#6:3 Men ato etgan Ruh insonlar bilan abadiy qolmaydi… — yoki Mening Ruhim insonlar bilan abadiy kurashmaydi…., chunki ular oʻladigan jonlardir#6:3 …ular oʻladigan jonlardir — yoki …ular yaramasdir.. Kelgusida ular 120 yil umr koʻrsin.” 4Oʻsha kunlarda, undan keyin ham bu olamda ulkan pahlavonlar#6:4 ulkan pahlavonlar — ibroniycha matnda nefilim. Bu soʻz haybatli va kuchli odamlarga nisbatan ishlatilgan (yana Sahroda 13:34 ga qarang). Toʻfondan oldin yashagan Nefilimlar bu oyatda va mazkur bobning 2–oyatida tilga olingan ilohiy zotlar va ayol zotining avlodlari edilar. yashadi. Ilohiy zotlar bilan ayol zotidan#6:4 ayol zoti — ibroniycha matndan soʻzma–soʻz tarjimasi inson zotining qizlari. Shu bobning 2–oyatiga berilgan ikkinchi izohga qarang. tugʻilgan bu pahlavonlar qadimgi davrning buyuk qahramonlari, mashhur jangchilari boʻlgan edilar.
5Egamiz koʻrdiki, yer yuzida inson zoti qilayotgan qabihliklar juda ham koʻp ekan. Ularning koʻnglida faqat qabih niyat bor ekan. 6Egamiz yer yuzida insonlarni yaratganidan pushaymon boʻldi, yurakdan afsuslandi. 7Egamiz aytdi: “Oʻzim yaratgan inson zotini yer yuzidan qirib yuboraman. Men inson bilan birga hayvonlarni, sudralib yuruvchi jonivorlarni, hasharotlarni, qushlarni ham qiraman, ularni yaratganimdan pushaymon boʻlyapman.” 8Faqat Nuh Egamizning marhamatiga sazovor boʻlgan edi.
Nuh
9Nuhning nasl–nasabi tarixi quyidagichadir:
Oʻsha davrda yer yuzidagi solih, benuqson odam faqat Nuh boʻlib, Xudoga hamroh boʻlib yashardi. 10Nuhning Som, Xom, Yofas degan uchta oʻgʻli bor edi.
11Endilikda yer yuzi Xudoning oldida axloqsizlikka, zoʻravonlikka toʻlib–toshib ketgan edi. 12Xudo koʻrdiki, olam buzilib ketgan, yer yuzidagi jamiki insoniyat yoʻldan ozgan edi. 13Xudo Nuhga aytdi: “Men butun yer yuzidagi insonlarni qirib tashlashga qaror qildim. Chunki yer yuzi ularning dastidan zoʻravonlikka toʻlib–toshdi. Endi ularni butun yer bilan birga yoʻq qilmoqchiman. 14Qattiq yogʻochdan#6:14 Qattiq yogʻoch — ibroniycha matnda gofer yogʻochi. Qanday turdagi yogʻoch ekanligi nomaʼlum. oʻzingga kema yasa, kemaning ichida xonalar ham yasab, kemaning ichki va tashqi tomonini qora saqich bilan suvab chiq. 15Kemaning uzunligi 300 tirsak, kengligi 50 tirsak, balandligi 30 tirsak#6:15 …uzunligi 300 tirsak, kengligi 50 tirsak, balandligi 30 tirsak… — uzunligi taxminan 135 metrga, kengligi taxminan 22,5 metrga, balandligi taxminan 13,5 metrga toʻgʻri keladi. boʻlsin. 16Kemaning tomini yasaganingda, tom bilan kemaning devori oraligʻida bir tirsak#6:16 bir tirsak — taxminan 45 santimetrga toʻgʻri keladi. ochiq joy qoldir#6:16 Kemaning tomini yasaganingda…ochiq joy qoldir — yoki Kemaning gir aylanasida, tomdan bir tirsak pastrogʻida ochiq joy qoldir.. Eshigini kemaning yon tomonidan yasa. Kemani uch qavatli qilib yasa. 17Men yer yuzini toʻfonga bostirib, tirik jonzotning hammasini qirib tashlayman. Yer yuzidagi jamiki mavjudot nobud boʻladi. 18Sen bilan esa Men ahd qilaman. Sen kema ichiga kirasan, sen bilan birga oʻgʻillaring, xotining, kelinlaring ham kiradi. 19Hayvonlarning har bir turidan bir juftdan — erkagi va urgʻochisidan kema ichiga oʻzing bilan olib kirasan, toki toʻfon paytida ular sen bilan birga tirik qolsin. 20Qushlarning, hayvonlarning, sudralib yuruvchi jonivorlarning va hasharotlarning har bir turidan juft–juft qilib, oʻzing bilan olib kirasan, toki ular tirik qolsin. 21Oʻzing bilan oziq–ovqatlarning har bir turidan gʻamlab ol. Oziq–ovqatlar oilang bilan barcha jonzotlarga yegulik boʻladi.” 22Nuh hamma narsani Xudo amr etganday qildi.
Obecnie wybrane:
Ibtido 6: O‘zbMK
Podkreślenie
Udostępnij
Kopiuj
Chcesz, aby twoje zakreślenia były zapisywane na wszystkich twoich urządzeniach? Zarejestruj się lub zaloguj
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020