Luqo 22
22
22–BOB
Isoni oʻldirish rejasi
1Xamirturushsiz non bayramiga yaqin qolgan edi. Bu bayram Fisih#22:1 Xamirturushsiz non bayrami…Fisih… — 2:41 izohiga qarang. deb atalardi. 2Bosh ruhoniylar va Tavrot tafsirchilari Isoni yashirincha oʻldirish uchun fursat poylab yurgan edilar, chunki ular xalqdan qoʻrqardilar. 3Shunda oʻn ikki havoriydan biri — Yahudo Ishqariyotning ichiga shayton kirib oldi. 4Yahudo bosh ruhoniylarning va Maʼbad mirshabboshilarining#22:4 Maʼbad mirshabboshilari — Maʼbadni qoʻriqlash va u yerda tartib saqlash uchun masʼul boʻlgan yahudiy harbiylari. oldiga borib, Isoni qanday tutib berish toʻgʻrisida ular bilan gaplashdi. 5Ular juda xursand boʻlib, Yahudoga pul beradigan boʻldilar. 6Yahudo rozi boʻldi va Isoni xalqdan yashirincha ularning qoʻliga tutib berish uchun qulay fursatni kuta boshladi.
Qutlugʻ kecha va Isoga xiyonat
7Xamirturushsiz non bayrami keldi. Shu kuni Fisih qoʻzisi qurbonlik qilinar edi. 8Iso Butrus bilan Yuhannoni yuborayotib shunday dedi:
— Boringlar, biz uchun Fisih taomini tayyorlanglar.
9Ular Isodan soʻradilar:
— Bayram taomini qayerda tayyorlashimizni xohlaysiz?
10Iso ularga dedi:
— Quddusga kirishlaringiz bilanoq, koʻzada suv koʻtarib ketayotgan bir odamni uchratasizlar. Oʻsha odamga ergashib, u kiradigan uyga kiringlar. 11Xonadon egasiga shunday deb aytinglar: “Ustozimiz shogirdlari bilan Fisih taomini yemoqchilar. U sizdan: «Bizga tayyorlab qoʻyilgan mehmonxona qayerda?» deb soʻrab yubordilar.” 12Uy egasi sizlarga jihozlangan katta boloxonani koʻrsatadi. U yerda biz uchun hozirlik koʻringlar.
13Shogirdlar ketdilar. Hamma narsa xuddi Iso aytganday roʻy berdi. Ular Fisih taomini tayyorladilar.
14Ziyofat vaqti boʻldi. Iso bilan havoriylari dasturxon atrofiga yonboshlashdi. 15Iso ularga dedi:
— Men azob chekmasimdan avval bu Fisih taomini sizlar bilan birga yeyishni juda ham orzu qilgandim. 16Sizlarga aytay: biz Xudoning Shohligida haqiqiy Fisih taomini yemagunimizcha, Men bu taomdan boshqa yemayman.
17Keyin Iso sharob quyilgan kosani olib, shukrona duosini aytib dedi:
— Buni olinglar, oʻzaro boʻlishinglar. 18Sizlarga aytay: Xudoning Shohligi kelmaguncha, Men uzum neʼmatidan boshqa ichmayman.
19Soʻngra nonni oldi, shukrona duosini aytib sindirdi va shogirdlariga berib dedi:
— Bu non Mening tanamni bildiradi. Tanam sizlar uchun fido boʻladi. Birgalikda non sindirib yeganingizda Meni xotirlanglar.
20Ovqatlanib boʻlganlaridan keyin, Iso yana sharob quyilgan kosani olib, shunday dedi:
— Bu kosa Xudoning yangi ahdini#22:20 yangi ahd — Iso Masih butun odamzodning gunohini Oʻz boʻyniga olib, xochda oʻldi. Shu orqali yangi ahdni kuchga kiritdi (Ibroniylar 8:6-13, 9:11-17 ga qarang). Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi AHD soʻziga qarang. bildiradi. Bu ahd sizlar uchun toʻkiladigan qonim evaziga kuchga kiradi. 21Ana, qarang! Menga xiyonat qiladigan odam Men bilan bir dasturxonda oʻtiribdi. 22Ha, Xudo reja qilganday, Inson Oʻgʻli jon beradi. Ammo Inson Oʻgʻliga xiyonat qilgan odamning holiga voy!
23Shunda ular bir–birlaridan:
— Oramizda bunday ishga qoʻl uradigan kim ekan? — deb soʻray boshladilar.
Eng katta kim?
24Shogirdlar orasida: “Qaysi birimiz eng katta hisoblanishimiz kerak?” degan bahs boʻldi.
25Iso ularga dedi: “Butparastlarning hukmdorlari xalqlariga oʻz hukmini oʻtkazadilar. El boshliqlari oʻzlarini oliyhimmat deb ataydilar. 26Sizlar esa bunday boʻlmanglar. Aksincha, orangizda kim katta boʻlsa, oʻzini eng kichikday tutsin. Kim boshliq boʻlsa, xizmatkorday boʻlsin. 27Xoʻsh, kim katta? Dasturxon atrofida oʻtirganmi yoki unga xizmat qilayotganmi? Dasturxon atrofida oʻtirgan emasmi?! Men esa orangizda xizmatkordayman.
28Ogʻir kunlarimda yonimda boʻldingizlar. 29Shuning uchun osmondagi Otam Menga inʼom qilgan Shohlikni Men sizlarga inʼom qilyapman. 30Sizlar Mening Shohligimda dasturxonim atrofida oʻtirib yeb–ichasizlar, taxtlarda oʻtirib, Isroilning oʻn ikki qabilasiga hukmronlik qilasizlar.”
Iso Butrusning tonishi toʻgʻrisida bashorat qiladi
31Iso dedi:
— Shimoʻn#22:31 Shimoʻn — Butrus ismi bilan ham tanilgan, Butrus ismini unga Iso qoʻygan edi (6:14 ga qarang)., Shimoʻn! Mana, bugʻdoyni gʻalvirdan oʻtkazishganday, shayton sizlarni sinovdan oʻtkazishga izn talab qildi#22:31 …bugʻdoyni gʻalvirdan oʻtkazishganday, shayton sizlarni sinovdan oʻtkazishga izn talab qildi — bugʻdoyni yanchgandan keyin, tozalash uchun odatda uni gʻalvirdan oʻtkazishadi. Bu oʻrinda mazkur ibora sinov maʼnosida kelgan. Shayton Isoning shogirdlarini sinamoqchi boʻlib, ularning Isodan yuz oʻgirishi yoki Unga sodiq qolishini bilmoqchi edi. Xuddi shu singari, qadimda Xudo shaytonga Ayubni sinash uchun izn bergan edi (Ayub 1:6-2:10 ga qarang).. 32Biroq imondan toymasin deb, Men sen uchun ibodat qildim. Sen tavba qilib, Menga qaytganingdan keyin, birodarlaringni imonda mustahkamla.
33Shimoʻn Isoga javoban dedi:
— Hazrat! Men Siz bilan zindonga ham, oʻlimga ham borishga tayyorman!
34Iso esa dedi:
— Eh Butrus! Senga shuni aytay: bugun xoʻroz qichqirmasdan oldin sen uch marta Meni tanimasligingni aytasan.
Hamyon, toʻrva, qilich
35Iso shogirdlariga dedi:
— Men sizlarni hamyonsiz, toʻrvasiz, choriqsiz yuborganimda#22:35 Men sizlarni…yuborganimda… — 10:1-12 ga qarang., biron narsada kamchiligingiz bormidi?
— Hech narsada! — javob berdi ular. 36Iso ularga shunday dedi:
— Endi esa kimning hamyoni yoki toʻrvasi boʻlsa, olsin. Kimda qilich yoʻq boʻlsa, choponini sotib, qilich#22:36 …hamyon…toʻrva…qilich… — xatarli safarga otlangan odam odatda oʻzi bilan hamyon, toʻrva va qilichni olardi. Bular ramziy maʼnoda ishlatilgan boʻlib, Isoning va shogirdlarining boshiga tushadigan sinovlar davrini bildiradi. Iso bu soʻzlarni koʻchma maʼnoda ishlatganini tushunmagan shogirdlar jang qilishga tayyorlangan edilar (shu bobning 38, 49-51–oyatlariga qarang). xarid qilsin. 37Sizlarga aytay: “U gunohkorlar qatorida sanaldi”#22:37 Ishayo 53:12 ga qarang., — deb Men haqimda aytilgan bashorat bajo boʻlishi kerak. Ha, Men haqimda yozilgan bu soʻz bajo boʻlyapti.
38Shogirdlar:
— Hazrat, qarang, mana bu yerda ikkita qilich bor ekan! — dedilar.
— Boʻldi, bas qilinglar! — dedi Iso.
Iso Zaytun togʻida ibodat qiladi
39Iso shahardan chiqib, odatdagiday Zaytun togʻiga#22:39 Zaytun togʻi — 19:29 izohiga qarang. yoʻl oldi. Shogirdlari ham Uning orqasidan ketdilar. 40Iso oʻsha joyga yetib kelgandan keyin, shogirdlariga:
— Vasvasaga tushib qolmaylik, deb ibodat qilinglar#22:40 Vasvasaga tushib qolmaylik, deb ibodat qilinglar… — Iso Oʻz shogirdlarini hademay sinov payti boshlanishi haqida ogohlantiryapti (shu bobning 22-23, 31-36–oyatlariga, 31–oyatning ikkinchi izohiga va 36–oyatning izohiga qarang). Oʻsha paytda ular vasvasaga tushib, Iso Masihdan yuz oʻgirishlari mumkin edi., — dedi. 41Oʻzi ulardan bir tosh otar masofacha nari bordi–da, tiz choʻkib ibodat qildi:
42— Ey Ota! Qaniydi, bu azob kosasini#22:42 bu azob kosasi — yunoncha matnda bu kosa, Isoning azoblari va xochdagi oʻlimiga ishora (18:31-32 ga va shu bobning 14-22–oyatlariga qarang). “Kosadan ichmoq” iborasi azob–uqubat tortib, jazo olish maʼnosini bildiradi (misol uchun, Zabur 74:9, Ishayo 51:17, Yeremiyo 25:15 ga qarang). Mendan uzoqlashtirsang! Ammo Mening xohishim emas, Sening xohishing bajo boʻlsin.
43Shu orada osmondan bir farishta Isoga zohir boʻlib, Unga kuch ato qildi. 44Iso ogʻir iztirob ichida jon–jahdi bilan ibodat qildi. Undan oqqan ter esa yerga tomayotgan qon tomchilariga oʻxshar edi#22:43-44 Yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida shu bobning 43-44–oyatlari yoʻq..
45Iso ibodatni tugatib, shogirdlari yoniga keldi. Ularning uxlab yotganini koʻrdi. Shogirdlar qaygʻudan holdan toygan edilar. 46Iso ularga:
— Nega uxlab yotibsizlar? Qani, turinglar, vasvasaga tushib qolmaylik, deb ibodat qilinglar, — dedi.
Iso hibsga olinadi
47Iso hali gapini tugatmagan ham ediki, olomon kelib qoldi. Olomonni oʻn ikki shogirddan biri — Yahudo boshlab kelgandi. Yahudo Isoni oʻpmoqchi boʻlib, Unga yaqinlashdi#22:47 Yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida quyidagi soʻzlar oyatga qoʻshimcha qilingan: Chunki u: “Men kimni oʻpsam, U Oʻsha kishidir”, deb yonidagilariga aytib qoʻygan edi.. 48Iso esa unga dedi:
— Yahudo, sen Inson Oʻgʻliga birgina oʻpich bilan xiyonat qilyapsanmi?!
49Isoning yonidagilar voqea qayoqqa yoʻnalayotganini payqab:
— Hazrat, qilichni ishga solaylikmi? — deyishdi. 50Ulardan biri esa oliy ruhoniyning xizmatkoriga bir urib, uning oʻng qulogʻini kesib tashladi. 51Shunda Iso:
— Qoʻyinglar, bas! — dedi–da, xizmatkorning qulogʻiga qoʻl tekkizib unga shifo berdi. 52Soʻng Uni qoʻlga olishga kelgan bosh ruhoniylar, Maʼbad mirshabboshilari#22:52 Maʼbad mirshabboshilari — shu bobning 4–oyati izohiga qarang. va yoʻlboshchilarga dedi:
— Men qaroqchimidim, Meni olib ketgani qilichu tayoqlar bilan kelibsizlar?! 53Sizlar bilan har kuni Maʼbadda birga edim, Menga qoʻl tekkizmadingizlar. Ammo endi zamon sizniki, zulmat hukmronligi keldi!
Butrus Isodan tonadi
54Isoni ushlab, oliy ruhoniyning#22:54 oliy ruhoniy — 3:2 ga va oʻsha oyatning birinchi izohiga qarang. uyiga olib ketdilar. Butrus esa masofa saqlab ularga ergashib bordi. 55Oliy ruhoniyning hovlisi oʻrtasida gulxan yoqishdi. Butrus gulxan atrofida oʻtirgan odamlarning yoniga borib oʻtirdi. 56Bir choʻri qiz gulxan yonida oʻtirgan Butrusni koʻrdi. U Butrusga tikilib qaradi–da:
— Bu odam ham U bilan birga edi! — dedi.
57Lekin Butrus inkor etib:
— Ey singlim, men Uni tanimayman! — dedi.
58Bir ozdan keyin boshqa bir odam Butrusni koʻrib:
— Sen ham ulardan birisan–ku! — dedi. Lekin Butrus unga ham:
— Yoʻgʻ–e, men ulardan emasman! — dedi.
59Oradan bir soatlar oʻtgandan keyin yana kimdir:
— Haqiqatan ham, manavi odam U bilan birga boʻlgan. Axir, u ham Jalilalik–ku!#22:59 Axir, u ham Jalilalik–ku! — buni Butrusning shevasidan payqab olishgan edi (Matto 26:73 ga va oʻsha oyatning izohiga qarang). — deb turib oldi.
60— Menga qara, nima toʻgʻrisida gapiryapsan, tushunmayapman, — deb eʼtiroz bildirdi Butrus.
U gapini tugatmasdanoq, xoʻroz qichqirdi. 61Rabbimiz Iso oʻgirilib, Butrusga qaradi. Shunda Butrus Rabbimizning: “Bugun xoʻroz qichqirmasdan oldin, sen Mendan uch marta tonasan” degan gapini esladi. 62Butrus hovlidan chiqib, achchiq–achchiq yigʻladi.
63Isoni qoʻriqlagan odamlar Uni haqoratlab kaltakladilar. 64Ular Isoning koʻzlarini bogʻlab qoʻyib:
— Paygʻambar, qani, top–chi, Seni kim urdi ekan? — derdilar. 65Isoga yana koʻp haqoratli soʻzlar aytdilar.
Iso Oliy kengash oldida
66Tong otganda Oliy kengash#22:66 Oliy kengash — yahudiylarning siyosiy va diniy kengashi. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi OLIY KENGASH iborasiga qarang. aʼzolari — bosh ruhoniylar va tafsirchilar yigʻildilar. Isoni ularning oldiga olib kelishdi.
67— Bizga ayt–chi, Sen Masihmisan? — deb soʻradilar. Iso shunday javob berdi:
— Agar sizlarga aytsam, Menga ishonmaysizlar. 68Agar sizlarga savol bersam, javob bermaysizlar#22:68 Yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida quyidagi soʻzlar oyatga qoʻshimcha qilingan: Meni ozod ham qilmaysizlar.. 69Biroq bundan buyon Inson Oʻgʻli Qodir Xudoning oʻng tomonida oʻtiradi#22:69 …Qodir Xudoning oʻng tomonida oʻtiradi — Zabur 109:1 ga qarang. Oʻng tomon muruvvat va baraka oʻrni deb hisoblangan..
70Shunda hamma birdaniga:
— Bundan chiqdi, Sen Xudoning Oʻgʻli#22:70 Xudoning Oʻgʻli — Iso Masihning unvoni. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi XUDONING OʻGʻLI iborasiga qarang. ekansan–da? — deb soʻradilar.
— Oʻzlaringiz Mening kimligimni aytdingizlar, — dedi ularga Iso. 71Shunda ular:
— Boshqa guvohga ehtiyoj qolmadi! Oʻz ogʻzidan oʻzimiz eshitdik, axir! — deyishdi.
अहिले सेलेक्ट गरिएको:
Luqo 22: O‘zbMK
हाइलाइट
शेयर गर्नुहोस्
कपी गर्नुहोस्
तपाईंका हाइलाइटहरू तपाईंका सबै यन्त्रहरूमा सुरक्षित गर्न चाहनुहुन्छ? साइन अप वा साइन इन गर्नुहोस्
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020