YouVersion logotips
Meklēt ikonu

Havoriylar 3

3
3–BOB
Shol tilanchi shifo topadi
1Bir kuni Butrus bilan Yuhanno kunduzi soat uchlarda#3:1 soat uch — yunoncha matnda toʻqqizinchi soat, yahudiylarning urf–odatiga koʻra, kunning bu payti oʻsha soat bilan belgilanar edi. — ibodat vaqtida Maʼbadga ketayotgan edilar. 2Oʻsha paytda Maʼbad oldiga bir shol odamni olib kelishdi. Uni har kuni Maʼbadning Goʻzal degan darvozasiga keltirib qoʻyishardi, u esa tilanchilik qilib, Maʼbadga kelgan odamlardan sadaqa yigʻardi. 3Oʻsha odam Butrus bilan Yuhannoning kelayotganini koʻrib, sadaqa berib ketinglar, deb yalindi. 4Ikkovi unga tikildi. Shu payt Butrus:
— Bizga qara! — dedi. 5U odam biron narsa olish ilinjida ikkoviga diqqat bilan qaradi. 6Butrus esa unga dedi:
— Mening pulim yoʻq, ammo oʻzimda bor narsani senga beraman. Nosiralik Iso Masih nomi bilan senga buyuraman: oʻrningdan turib yur!
7Shundan keyin Butrus shol odamni oʻng qoʻlidan ushlab, oʻrnidan turishiga koʻmaklashdi. Shu zahoti shol odamning oyoqlari bilan toʻpiqlari mustahkam boʻldi. 8U sakrab turdi–yu, yura boshladi. Keyin u yurib, sakrab, Xudoga hamdu sano aytib, Butrus va Yuhanno bilan birga Maʼbad hovlisiga kirdi. 9Yurib Xudoga hamdu sano aytayotgan bu odamni xalq koʻrib, 10tanib qoldi. Odamlar: “Goʻzal darvozasi yonida oʻtirib, sadaqa soʻraydigan odam–ku bu!” deb hayratlanib, yuz bergan voqeadan hayron qoldilar.
Butrusning Maʼbadda aytgan nutqi
11Butrus bilan Yuhanno Sulaymon ayvoni#3:11 Sulaymon ayvoni — oldi ochiq, keng joy. Bu ayvon Maʼbad hovlisining sharqiy devori boʻylab qurilgan boʻlishi mumkin. Uning qator baland ustunlari boʻlgan. Shoh Hirod qurdirgan bu Maʼbadning loyihasi va rasmi lugʻatdan keyin ilova qilingan “Rasmlar va loyihalar” boʻlimida berilgan. degan joyda turar edilar. Shol odam ikkovining qoʻlidan mahkam ushlab olgan edi. Xalq hayrat ichida ularning oldiga yugurib keldi. 12Butrus odamlarni koʻrgach, ularga qarata nutq soʻzladi: “Ey Isroil xalqi! Nega bunga hayron boʻlyapsizlar? Xuddi biz oʻz qudratimiz yoki xudojoʻyligimiz bilan bu odamga shifo berganday, nega bizga tikilib qarayapsizlar? 13Bu odamga ota–bobolarimiz Ibrohim, Isʼhoq va Yoqubning Xudosi shifo berdi. Shu orqali Xudo Oʻzining Quli#3:13 Oʻzining Quli — qul soʻzi bu oʻrinda Masihning unvoni (Ishayo 42:1-4, 52:13-53:12 ga qarang). Bu soʻz yunonchada farzand degan maʼnoni ham bildiradi. Isoni ulugʻladi. Ammo sizlar Isoni tutib berdingizlar. Pilat#3:13 Pilat — Rim hukumati tomonidan Yahudiya viloyatiga tayinlangan hokim. U Isoni oʻlimga mahkum qilgan edi (Luqo 23:1-25 ga qarang). Uni ozod etishga qaror qilganda ham, sizlar Uni Pilatning huzurida rad etdingizlar. 14Ha, sizlar Muqaddas va Solih boʻlgan Isoni rad qilib, Uning oʻrniga bir qotilning ozod boʻlishini talab qildingizlar. 15Sizlar hayotga boshlovchini oʻldirdingizlar. Ammo Xudo Uni oʻlikdan tiriltirdi. Biz bunga guvohmiz. 16Oʻzlaringiz koʻrib–bilib turgan mana bu odam Isoning nomiga boʻlgan imoni tufayli soppa–sogʻ turibdi. Iso bergan bu imon uni koʻz oʻngingizda butunlay sogʻaytirdi.
17Ey birodarlar, sizlar Isoga qilgan bu yomonligingizni hukmdorlaringiz kabi, bilmasdan qilganingizni bilaman. 18Ammo Xudo paygʻambarlarning ogʻzi bilan aytgan bashoratini bu qilmishingiz orqali bajo qildi. Axir, paygʻambarlar, Masih azob chekadi, deb oldindan aytgan edilar. 19Endi tavba qilinglar, Xudoga yuz buringlar, toki gunohlaringiz kechirilsin. 20Shunda Egamiz sizlarga farogʻat vaqtini ato qiladi. U sizlar uchun tanlangan Masihni — Isoni yuboradi. 21Xudo Oʻzining muqaddas paygʻambarlari orqali azaldan eʼlon qilganday, hamma narsalar yangilanadigan davr keladi. Ammo oʻsha davr kelguncha Iso samoda qolishi kerak.
22Muso shunday degan edi: «Egangiz Xudo sizlar uchun xalqingiz orasidan menga oʻxshagan bir paygʻambar chiqaradi. Uning aytgan har bir soʻziga quloq solinglar. 23Oʻsha paygʻambarga itoat etmaydigan har kim Xudoning xalqi orasidan ajratib olinib, yoʻq qilinadi.»#3:22-23 Qonunlar 18:15, 19 ga qarang. 24Haqiqatan ham, Shomuil va undan keyin kelib xabar bergan hamma paygʻambarlar biz yashayotgan bu kunlar haqida bashorat qilgan edilar. 25Xudoning Oʻz paygʻambarlari orqali bergan vaʼdalari sizlar uchundir. Sizlar Xudoning Ibrohim orqali ota–bobolaringiz bilan tuzgan ahdini oʻzlaringizga meros qilib olyapsizlar. Axir, Ibrohimga Xudo: «Sening zurriyoting#3:25 zurriyoting — bu oʻrinda ishlatilgan yunoncha soʻz, Ibtido kitobidagi ibroniycha soʻz singari, Ibrohimning butun avlodiga yoki avlodidan kelib chiqadigan zurriyotining biriga ishora qilishi mumkin. Bu oʻrinda Butrus Ibrohimning zurriyoti boʻlgan Iso Masihga ishora qilyapti. orqali yer yuzidagi jamiki xalqlar baraka topadi»#3:25 Ibtido 22:18, 26:4 ga qarang., deb aytgan edi. 26Xudo Oʻz Quli#3:26 Oʻz Quli — shu bobning 13–oyatiga berilgan birinchi izohga qarang. Isoni zohir qilgandan keyin, Uni birinchi boʻlib sizlarning orangizga yubordi. Chunki U har biringizni yomon yoʻldan qaytarib, sizlarga baraka bermoqchi.”

Pašlaik izvēlēts:

Havoriylar 3: O‘zbMK

Izceltais

Dalīties

Kopēt

None

Vai vēlies, lai tevis izceltie teksti tiktu saglabāti visās tavās ierīcēs? Reģistrējieties vai pierakstieties