Ibtido 7
7
7–BOB
Toʻfon
1Nihoyat, vaqti kelib, Egamiz Nuhga aytdi: “Sen butun oila aʼzolaring bilan kema ichiga kir. Yer yuzidagi xalqlar orasida Mening oldimda solih boʻlib yurganlardan faqat seni topdim, xolos. 2Oʻzing bilan halol hayvonlarning urgʻochi va erkagidan yetti juftdan, harom hayvonlarning#7:2 …halol hayvonlar…harom hayvonlar… — bu oyatda Xudoga qurbonlik qilsa boʻladigan hayvonlarga nisbatan halol hayvonlar iborasi, qurbonlik qilishga yaramaydigan hayvonlarga nisbatan esa harom hayvonlar iborasi ishlatilgan (8:20 ga qarang). Halol va harom hayvonlar haqida toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun Levilar 11:1-47 ga qarang. urgʻochi va erkagidan esa bir juftdan ol. 3Qushlarning har bir turidan — erkagi va urgʻochisidan ham yetti juftdan tanlab ol, toki butun yer yuzida bu jonzotlarning turlari saqlanib qolsin. 4Yetti kundan keyin, Men yer yuziga qirq kechayu qirq kunduz davomida yomgʻir yogʻdiraman. Oʻzim yaratgan har bir tirik narsani yer yuzidan yoʻq qilaman.” 5Nuh hammasini Egamiz amr etganday qildi.
6Yer yuzini toʻfon bosganda, Nuh 600 yoshda edi. 7Nuh bilan birga xotini, oʻgʻillari, kelinlari toʻfondan omon qolish uchun kemaning ichiga kirdilar. 8Halol va harom hayvonlardan, qushlardan, yerda sudralib yuruvchi jonivorlardan, hasharotlardan har biri 9— erkak va urgʻochisi juft–juft boʻlib Nuh bilan birga kemaga kirdi. Shunday qilib, Nuh Xudoning hamma amrlarini bajardi. 10Yetti kundan keyin yer yuzini toʻfon bosa boshladi.
11Nuh 600 yoshga kirganda, ikkinchi oyning oʻn yettinchi kuni yer ostidagi buloqlar otilib chiqdi#7:11 …yer ostidagi buloqlar otilib chiqdi… — qadimda Isroil xalqining tasavvuriga koʻra, yer tep–tekis boʻlib, yer ostida buyuk dengiz bor edi. Bu matnda oʻsha ulkan dengizning suvlari otilib chiqib, yer yuzini qoplagani nazarda tutilgan., osmonning qopqalari ochildi#7:11 …osmonning qopqalari ochildi — tinmay jala quya boshladi. Qadimda Isroil xalqining tasavvuriga koʻra, osmon gumbaz shaklida boʻlib, osmon qopqalari gumbaz ustidagi suvlardan yerni himoya qilib turar edi (1:6-8 oyatlarga va 1:7 izohiga qarang).. 12-13Ayni oʻsha kuni Nuh bilan birga uning oʻgʻillari Som, Xom va Yofas, xotini va uchala kelini kema ichiga kirdilar. Qirq kechayu qirq kunduz tinmay yomgʻir yogʻdi. 14Ular bilan birga yovvoyi hayvonlardan, chorvadan, yerda sudralib yuruvchi hamma jonivor va hasharotlardan, qushlardan — hammasining har bir turidan kemaga kirdi. 15Bu tirik jonzotlar ikkita–ikkitadan boʻlib Nuh bilan birga kemaga kirdi. 16Xudo Nuhga amr qilganday, hamma jonivorlarning erkak va urgʻochisi kemaga kirib boʻlgach, Egamiz Nuhning orqasidan eshikni yopdi.
17Yer yuzida qirq kun davomida toʻfon boʻlib, suv yerni koʻmdi, kemani yerdan yuqori koʻtardi. 18Suv yer ustida tobora koʻpayib borar, kema suv yuzida suzardi. 19Suv yer yuzida shunchalik toʻlib–toshdiki, baland togʻlar ham koʻmilib ketdi. 20Suv togʻlardan oʻn besh tirsak#7:20 oʻn besh tirsak — taxminan 7 metrga toʻgʻri keladi. balandlikka koʻtarildi. 21Yer yuzida yurgan jamiki jonzot — qushlar, chorva, yovvoyi hayvonlar, sudralib yuruvchi jonivorlar, inson zoti nobud boʻldi. 22Quruq yer ustida yashab turgan hamma tirik jonzot nobud boʻldi. 23Yer yuzidagi har qanday jonzotni — insonlarni, hayvonlarni, sudralib yuruvchi jonivorlarni, hasharotlarni, qushlarni Xudo yoʻq qilib yubordi, hammasi yer yuzidan qirilib ketdi. Faqat Nuh va u bilan birga kemada boʻlganlargina tirik qoldilar, xolos. 24Suv 150 kun davomida yer yuzini qoplab turdi.
Pilihan Saat Ini:
Ibtido 7: O‘zbMK
Sorotan
Berbagi
Salin
Ingin menyimpan sorotan di semua perangkat Anda? Daftar atau masuk
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020