Havoriylar 2

2
2–BOB
Muqaddas Ruhning kelishi
1Hosil bayrami#2:1 Hosil bayrami — Iso Oʻz shogirdlari bilan oxirgi marta Fisih taomini baham koʻrgandan soʻng (Luqo 22:7-8 ga qarang), 50 kun oʻtgach Hosil bayrami nishonlangan edi (Levilar 23:15-16 ga qarang). kuni kelganda, hamma imonlilar bir joyda yigʻildilar. 2Birdan osmondan shiddatli shamol esganga oʻxshash ovoz kelib, ular oʻtirgan uyning ichini toʻldirdi. 3Ular til shaklidagi alangani koʻrdilar. Oʻsha alanga yoyilib, har birining ustiga tushdi. 4Shunda hammalari Muqaddas Ruhga toʻldilar, Muqaddas Ruh bergan qobiliyatga koʻra, ular boshqa tillarda gapira boshladilar.
5Oʻsha paytda Quddusda dunyodagi har bir yurtdan kelgan taqvodor yahudiylar yashar edi. 6Ular bu ovozni eshitganlarida, bir talay olomon yigʻilib keldi. Har biri oʻz tilidagi gaplarni eshitib, dovdirab qoldi. 7Ular hayrat va hayajon ichida: “Qaranglar, gapirayotgan bu odamlar Jalilaliklar–ku! — deb xitob qildilar. 8— Qanday qilib har birimiz tugʻilgan yurtimizning tillarini eshityapmiz? 9Oramizda Parfiyadan, Midiya, Elam, Mesopotamiya, Yahudiya, Kappadokiya, Pontus va Asiyadan kelganlar bor. 10Frigiya, Pamfiliya, Misr, Liviyaning Kirineyaga yaqin yerlaridan kelganlar ham bor. Baʼzilarimiz Rimdan kelganmiz, biz yahudiylarmiz, oramizda yahudiy diniga kirgan#2:10 …yahudiy diniga kirgan… — yahudiy diniga kirib, dinning hamma qonun–qoidalari va urf–odatlarini bajaradigan gʻayriyahudiylar. Yahudiy diniga kirganlar sunnat qilinardilar. Bunday gʻayriyahudiylar yahudiylar tomonidan gʻayriyahudiy deb hisoblanmasdilar. Rimliklar ham bor. 11Baʼzilarimiz Krit va Arabistondan kelganmiz. Shunday boʻlsa–da, ular Xudoning qilgan qudratli ishlari toʻgʻrisida bizga oʻz tillarimizda gapirib berayotganini eshitib turibmiz.”
12Ular hayratlanib, boshlari qotib, bir–birlaridan: “Bu nimadan darak beradi?” deb soʻrardilar. 13Boshqalar esa: “Iye, ular ichib mast boʻlib qolibdilar–ku”, deb masxara qilishardi.
Butrusning nutqi
14Shunda Butrus oʻn bir havoriy bilan oldinga chiqdi–da, olomonga qarata shunday dedi: “Ey yahudiy birodarlar, Quddus aholisi! Gapimga quloq solib, shuni uqib olinglar! 15Bu odamlarni sizlar mast deb oʻylayapsizlar, ammo unday emas. Axir, endigina ertalab soat toʻqqiz#2:15 soat toʻqqiz — yunoncha matnda uchinchi soat, yahudiylarning urf–odatiga koʻra, kunning bu payti oʻsha soat bilan belgilanar edi. boʻldi–ku! 16Aksincha, Yoʻel paygʻambarning aytganlari bajo boʻlmoqda:
17«Xudo aytmoqda:
Oxirgi kunlarda#2:17 Oxirgi kunlar — Iso Masih tirilganidan keyingi davrga ishora. Yana 1 Yuhanno 2:18, Ibroniylar 1:2, 9:26 ga qarang.,
Oʻz Ruhimni yogʻdiraman har bir inson ustiga,
Vahiylar keladi yigitlaringizga.
Bashoratlar qilar sizning oʻgʻil–qizlaringiz.
Karomatli tushlar koʻrar qariyalaringiz.
18Oʻz Ruhimni yogʻdiraman oʻsha kunlarda
Hattoki qulu choʻrilaringiz ustiga.
Ular bashorat qilarlar.
19-20Mening buyuk va dahshatli kunim kelishidan oldin,
Men osmonda moʻjizalar yarataman,
Yerda alomatlar koʻrsataman:
Qon, olov, qalin tuman hosil qilaman.
Quyosh qorayadi, oy qon tusiga kiradi.
21Rabbimizga iltijo qilgan har bir inson qutqariladi.»#2:17-21 Yoʻel 2:28-32 ga qarang.
22Ey Isroil xalqi, bu gaplarimni eshitib olinglar: Nosiralik Iso orqali Xudo sizlarning orangizda moʻjizalar va alomatlar koʻrsatdi. Shu yoʻl bilan Isoda ilohiy hokimiyat borligini Xudo tasdiqladi. Buni oʻzlaringiz bilasizlar. 23Xudo Oʻzining rejasi boʻyicha Isoni sizlarning qoʻlingizga topshirishni azaldan qaror qilgan edi. Sizlar esa gʻayriyahudiylarning qoʻllari bilan Uni xochga mixlatib oʻldirdingizlar. 24Ammo Xudo Uni tiriltirib, oʻlim azoblaridan ozod qildi. Oʻlim oʻz kuchi bilan Isoni ushlab turishga qodir emasdi. 25Dovud U haqda shunday degan edi:
«Men doim Egamga koʻz tikaman,
U oʻng tomonimda boʻlgani uchun
Meni hech narsa qoʻzgʻata olmas.
26Shu bois, ey Egam, yuragim quvonchga toʻla,
Tilim ham shod–xurramdir.
Tanam umid bilan yashaydi.
27Meni oʻliklar diyorida#2:27 oʻliklar diyori — yahudiylar bu joyni, yer ostidagi tubsiz chuqurlik, marhumlar boradigan qorongʻi joy, deb tushunardi. qoldirmaysan,
Taqvodoringni#2:27 Taqvodoring — yunoncha matndan soʻzma–soʻz tarjimasi Muqaddas boʻlganing. qabrda chiritmaysan.
28Menga hayot soʻqmoqlarini Oʻzing koʻrsatasan,
Huzuringda shodlik Meni qamrab oladi.»#2:25-28 Zabur 15:8-11 ga qarang.
29Birodarlarim! Bobomiz Dovud toʻgʻrisida sizlarga ochiq–oydin gapirishim kerak. U oʻldi, dafn qilindi, uning qabri bugungacha shu yerdadir. 30U paygʻambar boʻlgani bois, Xudo unga: «Oʻz naslingdan boʻlgan bittasini taxtingga oʻtqazaman#2:30 Oʻz naslingdan boʻlgan bittasini taxtingga oʻtqazaman — yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida Oʻz naslingdan boʻlgan bittasini — Masihni tiriltirib, taxtingga oʻtqazaman.», deb ichgan ontini#2:30 ont — 2 Shohlar 7:12-16, Zabur 131:11 ga qarang. yodida tutardi. 31Dovud kelajakni oldindan koʻrib, Masihning tirilishi toʻgʻrisida gapirgan edi. Xudo Masihni oʻliklar diyorida qoldirmasligi va Masihning tanasi chirimasligi haqida Dovud bashorat qilgandi#2:31 …Dovud bashorat qilgandi — shu bobning 27–oyatiga qarang.. 32Ana shu Isoni Xudo tiriltirdi, bunga hammamiz guvohmiz. 33Xudo Isoni yuksaltirib, Uni taxtining oʻng tomoniga#2:33 taxtining oʻng tomoni — oʻng tomon muruvvat va baraka oʻrni deb hisoblangan. oʻtqazdi. Otasi Xudoning vaʼdasi boʻyicha Iso Muqaddas Ruhni qabul qilib, Uni bizning ustimizga yogʻdirdi. Buni oʻzlaringiz koʻrib va eshitib turibsizlar. 34-35Dovud osmonga chiqmagan boʻlsa–da, shunday degan edi:
«Egamiz aytmoqda Rabbimga:
Dushmanlaringni oyoqlaring ostiga poyandoz qilmagunimcha,
Sen Mening oʻng tomonimda oʻtirgin.»#2:34-35 Zabur 109:1 ga va oʻsha oyatning birinchi izohiga qarang.
36Butun Isroil xalqi shuni aniq bilib qoʻysin: sizlar mixlagan Isoni Xudoning Oʻzi jamiki borliq ustidan hukmdor qildi. Iso ham Masih#2:36 Masih — bu unvonni yahudiylar kelajakda ularni dushmanlaridan qutqaradigan va butun yer yuzidagi xalqlar ustidan hukmronlik qiladigan insonga nisbatan ishlatganlar. Eski Ahdda Masihning qiladigan ishlari haqida bashoratlar yozilgan. Yangi Ahdga koʻra Rabbimiz Iso oʻsha Masihdir. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi MASIH soʻziga qarang., ham Rabbiydir.”
37Xaloyiq bu gaplarni eshitdi–yu, yuraklari tilka–pora boʻldi. Ular Butrusdan va qolgan havoriylardan:
— Birodarlar, endi biz nima qilaylik? — deb soʻradilar.
38Butrus ularga dedi:
— Tavba qilinglar, har biringiz Iso Masihning nomi bilan suvga choʻminglar, toki gunohlaringiz kechirilsin. Shunda sizlar Muqaddas Ruhni inʼom qilib olasizlar. 39Xudo sizlarga va bolalaringizga, uzoqdagilarga, Egamiz Xudo Oʻziga daʼvat etganlarning har biriga vaʼdasini bergan.
40Butrus boshqa koʻp dalillar bilan ularga guvohlik berib: “Oʻzlaringizni bu buzuq nasl ustiga kelayotgan jazodan saqlanglar”, deya oʻtindi. 41Shunday qilib, Butrusning aytgan xabariga ishonganlar suvga choʻmdirildi. Oʻsha kuni imonlilar soni uch mingtaga koʻpaydi. 42Ular havoriylarning taʼlimotini oʻrganishga, birodarlikka, Rabbimiz Isoni xotirlab, non sindirishga#2:42 Rabbimiz Isoni xotirlab, non sindirish — bu iboraning maʼnosi quyidagicha: imonlilar Isoning oʻlimini xotirlash maqsadida yakshanba kuni kechki payt (20:7 ga qarang) birga yigʻilib taom tanovul qilishardi. va ibodatga oʻzlarini bagʻishladilar.
Imonlilarning hayoti
43Havoriylar orqali Xudo koʻplab moʻjizalar va alomatlar koʻrsatardi, bundan esa hamma hayratga tushgan edi. 44Barcha imonlilar tez–tez yigʻilishib turar edilar. Ular hamma narsada hamjihat edilar. 45Mol–mulklarini sotib, pulini har kimning ehtiyojiga qarab taqsimlab berardilar. 46Imonlilar har kuni Maʼbadda yigʻilardilar. Bir–birlarinikiga mehmonga borganda esa Rabbimiz Isoni xotirlash uchun non sindirardilar, soddadillik bilan, yurakdan sevinib ovqatlanishardi. 47Xudoga hamdu sanolar aytardilar, xalqning hurmatu eʼtiboridan bahramand edilar. Har kuni Egamiz najot topayotganlarni imonlilarning qatoriga qoʻshardi.

Zur Zeit ausgewählt:

Havoriylar 2: O‘zbMK

Markierung

Teilen

Kopieren

None

Möchtest du deine gespeicherten Markierungen auf allen deinen Geräten sehen? Erstelle ein kostenloses Konto oder melde dich an.