YouVersion Logo
Search Icon

Rut Kirish

Kirish
Rut kitobida hakamlar davrida yashagan yahudiy bir oilasining hayoti toʻgʻrisida hikoya qilinadi. Bu oila keyinchalik Isroilda muhim oʻrin tutdi. Chunki Rutning evaralaridan biri Dovud buyuk shoh boʻldi.
Kitobda Rutdan tashqari yana bir asosiy qahramon uning qaynanasi Naimadir. Naima eri va ikki oʻgʻli bilan Baytlahm shahrida yashardi. Lekin Isroil yurtida ocharchilik boshlangani uchun bu oila Moʻab yurtiga yoʻl oladi. Naimaning eri u yerda vafot etadi, oʻgʻillari esa Moʻablik qizlarga uylanadilar. Oʻsha qizlardan biri Rut edi.
Naimaning ikkala oʻgʻli ham Moʻabda olamdan oʻtgach, Naima Baytlahmga qaytishga qaror qiladi. Naima ikkala kelinidan Moʻabda qolishlarini va oʻzlariga boshqa qayliq topishlarini oʻtinib soʻraydi. Lekin Rut Naima bilan birga Baytlahmga ketishga qaror qiladi. Kitob davomida Rut qanday qilib Naimaning Boʻaz ismli boy qarindoshiga turmushga chiqqani toʻgʻrisida hikoya qilinadi.
Tavrot qonuniga muvofiq#Tavrot qonuniga muvofiq — Qonunlar 23:3-4 ga qarang., Moʻabliklarning Isroil xalqi qatoriga qoʻshilishi man qilingan edi. Biroq Rut Xudoga va qaynanasiga boʻlgan mehri va samimiy sadoqati tufayli, istisno tariqasida Isroil xalqi qatoriga qoʻshiladi.
Butun Isroil xalqi ruhiy inqirozga uchragan, Xudoga boʻlgan eʼtiqodidan voz kechgan ogʻir bir davrda Rut va Boʻaz chin sadoqat timsoli boʻlib gavdalanadi.

Currently Selected:

Rut Kirish: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in

YouVersion uses cookies to personalize your experience. By using our website, you accept our use of cookies as described in our Privacy Policy