Filimoʻn Kirish
Kirish
Mazkur maktub muallifi havoriy Pavlusdir. Pavlus ushbu maktubini Filimoʻn ismli masihiyga yoʻllaydi. Ehtimol, Filimoʻn Kolosa shahridagi jamoatning aʼzosi boʻlgandir. Filimoʻnning Oʻnisimus degan quli bor edi. Bu qul xoʻjayinidan qochib ketib, taqdir taqozosi bilan Pavlusni uchratib qoladi. Pavlus oʻsha vaqtda qamoqda#qamoqda — 1–oyatning birinchi izohiga qarang. boʻladi. Oʻnisimus Pavlus orqali imonga keladi.
Pavlus bu maktubni Filimoʻnga quli Oʻnisimus bilan yarashishni iltimos qilib yozadi. Soʻng Oʻnisimusga maktubni berib, uni Filimoʻnning oldiga qaytarib yuboradi. Pavlus Filimoʻndan Oʻnisimusni nafaqat qul, balki masihiy birodar sifatida qabul qilishini soʻraydi.
Filimoʻnga maktub juda qisqa boʻlgani uchun boblarga boʻlinmagan.
Currently Selected:
Filimoʻn Kirish: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy
Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020