YouVersion Logo
Search Icon

Obodiyo Kirish

Kirish
Mazkur kitob muallifi Obodiyo paygʻambar Edom yurti haqida bashorat qiladi. Edom xalqi muttasil tarzda Xudoning tanlangan xalqiga dushmanlik qilib kelgani uchun, Obodiyo Edom yurtining batamom vayron boʻlishini eʼlon qiladi. Mazkur kitob Muqaddas Kitob tarkibidagi eng qisqasi boʻlishiga qaramay, Xudoning ayovsiz hukmidan xabar beradi.
Bobilliklar miloddan oldingi 605-586 yillar mobaynida Quddusga bir necha marta hujum qilib, shaharni zabt etishadi. Ular Yahudo xalqini Bobilga surgun qilishadi. Obodiyo paygʻambar ushbu kitobini oʻsha mudhish davrda, ilk surgun yillarida yozadi. Oʻlik dengizning janubidagi togʻli hududda yashagan Edom xalqi Quddus qulaganidan sevinadi. Yahudo xalqining boshiga tushgan bu falokatdan ular nafaqat xursand boʻlishadi, balki shaharni talashadi, bosqinchilarga yordam berishadi. Xudo Edom xalqini shu qilmishi uchun jazolaydi, ular qatorida boshqa xalqlarni ham hukm qiladi.
Obodiyo bu xabarni Yahudo xalqining kelajakdagi gʻalabalari bilan yakunlab, asirlikdan qaytib keladigan Xudoning xalqi Edom yurtiga hukmronlik qilishini aytadi.
Obodiyo kitobi juda qisqa boʻlgani uchun boblarga boʻlinmagan.

Currently Selected:

Obodiyo Kirish: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in