YouVersion Logo
Search Icon

Mark 12

12
12–BOB
Yovuz bogʻbonlar haqida masal
1Iso xalqqa masallar orqali soʻzlay boshladi:
“Bir odam uzumzor barpo qilibdi. Atrof–tevaragini devor bilan oʻrab, uzum siqish chuqurini#12:1 uzum siqish chuquri — qadimgi paytlarda odamlar uzumni qoyatoshga oʻyilgan chuqurga yoki tuproqdan qazilgan, tubiga va atrofiga zich qilib tosh terilgan chuqurga solib, sharbatini siqib olish uchun oyoqlari bilan ezardilar. Sharbat oʻsha chuqurdan yana boshqa bir chuqurga oqib tushardi. qazibdi, kuzatuv minorasini quribdi. Keyin uzumzorni bogʻbonlarga ijaraga berib, oʻzi safarga ketibdi.
2Yigʻim–terim mavsumida, uzumzor hosilidan tegishli ulushini olish uchun oʻsha odam xizmatkorini bogʻbonlar oldiga yuboribdi. 3Bogʻbonlar esa uni tutib olishibdi, kaltaklab, qup–quruq qaytarib yuborishibdi. 4Uzumzor egasi yana boshqa bir xizmatkorini ularning oldiga yuboribdi. Ular bunisini ham boshiga urib, haqorat qilibdilar#12:4 Ular bunisini ham boshiga urib, haqorat qilibdilar — yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida unga tosh otib, boshini yaraladilar va haqoratlab, joʻnatib yubordilar.. 5Yana boshqasini yoʻllabdi, unisini esa oʻldirishibdi. U yana xizmatkorlarini yuboraveribdi, ammo bogʻbonlar ularning baʼzilarini urib, baʼzilarini oʻldirishibdi.
6Uzumzor egasining endi birgina odami qolibdi, u ham boʻlsa, sevikli oʻgʻli ekan. U: «Oʻgʻlimni hurmat etarlar» deb, bogʻbonlar oldiga uni yuboribdi. 7Lekin ular bir–biriga:
— Bu merosxoʻr–ku! Uni oʻldiraylik, shunda merosi bizga qoladi, — deyishibdi. 8Oʻgʻlini ushlab, oʻldirib, jasadini uzumzordan chiqarib tashlashibdi.
9Xoʻsh, sizningcha, endi uzumzor egasi nima qilar ekan? U kelib bogʻbonlarni oʻldiradi, uzumzorni esa boshqalarga ijaraga beradi.
10Nahotki sizlar Muqaddas bitiklardagi ushbu soʻzlarni hech oʻqimagan boʻlsangiz:
«Binokorlar rad etgan tosh
Binoning tamal toshi#12:10 tamal toshi — qadimgi paytlarda qurilishda poydevor uchun qoʻyilgan birinchi va eng muhim tosh hisoblanardi. Bu tosh poydevorning bir burchagini hosil qilib, binoning qolgan qismi oʻsha toshning joylashuvi boʻyicha qurilardi. boʻldi.
11Bu Egamizning qilgan ishidir,
Koʻz oldimizdagi ajoyibotdir.»”#12:10-11 Zabur 117:22-23 ga qarang.
12Iso aytgan bu masal yahudiy yoʻlboshchilarga qarshi qaratilgan edi. Ular buni anglab yetdilar–u, Isoni qoʻlga olmoqchi boʻldilar. Ammo xalqdan qoʻrqqanlari uchun Unga qoʻl tekkizmay ketib qoldilar.
Xudoning haqi Xudoga
13Isoni tilidan ilintirish uchun Uning oldiga farziylardan va Hirod tarafdorlaridan#12:13 Hirod tarafdorlari — 3:6 ga va oʻsha oyatning izohiga qarang. baʼzilarini yubordilar. 14Ular kelib dedilar:
— Ustoz, odil ekaningizni bilamiz. Siz biror kishiga xushomadgoʻylik qilmaysiz. Odamlarga yuz–xotir qilmasdan, Xudoning yoʻlini toʻgʻri oʻrgatasiz. Ayting–chi, Qaysarga#12:14 Qaysar — barcha Rim imperatorlariga berilgan unvon. Bu oʻrinda Qaysar Tiberiyga ishora qilingan. U milodiy 14-37 yillarda hukmronlik qilgan. soliq toʻlashimiz#12:14 …Qaysarga soliq toʻlashimiz… — yahudiylar Rim bosqinchilaridan gʻoyat nafratlanganlari uchun, ularga soliq toʻlashni aslo istamas edilar. Biroq soliq toʻlamaslik katta muammolarni keltirib chiqarar edi. toʻgʻrimi yoki yoʻqmi? Biz soliq toʻlaylikmi yoki toʻlamaylikmi?
15Iso ularning ikkiyuzlamachiligini bilar edi.
— Nima, Meni sinab koʻrmoqchimisizlar? Menga bir dinor#12:15 dinor — Rim kumush tangasi. Bir dinor mardikorning bir kunlik ish haqi edi. olib kelinglar, uni bir koʻrayin, — dedi.
16Ular olib kelgach, Iso soʻradi:
— Bu tangadagi surat va yozuv kimniki?
— Qaysarniki, — dedi ular. 17Iso ularga:
— Qaysarning haqini Qaysarga, Xudoning haqini Xudoga beringlar, — dedi.
Buni eshitganlar hayratda qoldilar.
Qiyomat haqida savol
18Sadduqiylar#12:18 Sadduqiylar — yahudiylarning muhim bir diniy mazhabi. Farziylardan farqli ravishda, ular ogʻzaki tarqalgan urf–odatlarni qabul qilmasdilar, balki faqatgina Tavrotda yozilgan qonun–qoidalarga rioya qilardilar. Ular oʻliklarning tirilishiga ham ishonmas edilar. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi SADDUQIY soʻziga qarang. oʻliklarning tirilishini inkor etardilar. Ularning baʼzilari Isoning oldiga kelib, xalq oldida Unga shunday savol berdilar:
19— Ustoz! Muso bizga shunday yozib qoldirgan#12:19 Muso bizga shunday yozib qoldirgan… — Qonunlar 25:5-6 ga qarang.: agar birovning akasi farzand koʻrmay oʻtib ketsa, ukasi akasining xotiniga uylanib, akasi uchun farzandni dunyoga keltirsin. 20Xoʻsh, yetti aka–uka boʻlgan ekan. Birinchisi uylanibdi, soʻng nasl qoldirmay oʻlib ketibdi. 21Ikkinchisi ham oʻsha xotinni olib, farzand koʻrmay olamdan oʻtibdi. Uchinchisi ham shu koʻyga tushibdi. 22Shuningdek, aka–ukalarning yettovi ham farzand koʻrmay olamdan oʻtibdi. Oxirida xotin ham qazo qilibdi. 23Ayting–chi, Xudo odamlarni tiriltirganda xotin qaysi birining xotini hisoblanadi? Yettovi ham unga uylangan edilar–ku!
24Iso ularga shunday javob berdi:
— Sizlar Muqaddas bitiklarni#12:24 Muqaddas bitiklar — odatda Eski Ahd kitoblari toʻplami shu nom bilan ataladi. ham, Xudoning qudratini ham bilmaysizlar, ana shu sababdan adashyapsizlar. 25Oʻliklar tirilganda uylanmaydilar, erga ham tegmaydilar, balki bamisoli samodagi farishtalarday boʻladilar. 26Oʻliklarning tirilishi haqidagi masalaga kelsak: nahotki sizlar hech qachon Musoning kitobini oʻqimagan boʻlsangizlar?! Yonayotgan buta toʻgʻrisidagi voqeada#12:26 Yonayotgan buta toʻgʻrisidagi voqeada… — Chiqish 3:1-6 ga qarang. Xudo Musoga: “Men Ibrohim, Isʼhoq va Yoqubning Xudosiman”, — degan–ku! 27Axir, Xudo oʻliklarning emas, tiriklarning Xudosidir. Sizlar nihoyatda adashyapsizlar.
Eng muhim ilohiy amr
28Tavrot tafsirchilaridan biri ularning munozara qilayotganini eshitib, Isoning ularga yaxshi javob berib turganini koʻrdi. U Isoning oldiga kelib:
— Amrlarning eng muhimi qaysi biri? — deb soʻradi. 29Iso unga javob berib dedi:
— Eng muhim amr shudir: “Ey Isroil, quloq sol! Egamiz Xudo tanho Egadir#12:29 Egamiz Xudo tanho Egadir — yoki Egamiz Xudoyimizdir, Egamiz tanhodir yoki Egamiz Xudo, Egamiz bittadir.. 30Egangiz Xudoni butun qalbingiz bilan, jonu dilingiz bilan, butun ongingiz bilan, kuchingiz boricha seving.”#12:29-30 Qonunlar 6:4-5 ga qarang. 31Eng muhim amrlardan ikkinchisi: “Oʻzgani oʻzingizni sevganday seving.”#12:31 Levilar 19:18 ga qarang. Bulardan buyukroq amr yoʻq.
32— Yaxshi gapirdingiz, Ustoz, — dedi Isoga tafsirchi. — Xudo tanhodir, Undan boshqa Xudo yoʻq, deb toʻgʻri aytdingiz. 33Uni butun qalbimiz, butun idrokimiz bilan, kuchimiz boricha#12:33 kuchimiz boricha — yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida jonu dilimiz bilan, kuchimiz boricha. sevishimiz kerak. Oʻzgani ham oʻzimizni sevganday sevishimiz kerak. Kuydiriladigan va boshqa qurbonliklar keltirishdan bu aʼloroqdir.
34Iso uning oqilona javob berganini koʻrib:
— Siz Xudoning Shohligidan uzoqda emassiz, — dedi.
Shundan keyin hech kim Isoga savol berishga jurʼat etmadi.
Masih kimning oʻgʻli?
35Iso Maʼbadda taʼlim berayotib, shunday savol berdi:
— Qanday qilib Tavrot tafsirchilari Masihni Dovudning Oʻgʻli#12:35 Dovudning Oʻgʻli — 10:47 izohiga qarang. deydilar? 36Dovudning oʻzi Muqaddas Ruh ilhomi bilan deganki:
“Egamiz aytmoqda Rabbimga:
Dushmanlaringni oyoqlaring ostiga yiqitmagunimcha,
Sen Mening oʻng tomonimda#12:36 Mening oʻng tomonim — oʻng tomon muruvvat va baraka oʻrni deb hisoblangan. oʻtirgin.”#12:36 Zabur 109:1 ga va oʻsha oyatning birinchi izohiga qarang.
37Demak, Dovudning oʻzi Masihni Rabbim deb atagan boʻlsa, qanday qilib Masih Dovudning Oʻgʻli boʻladi?!
Bir talay olomon Isoni ishtiyoq bilan tinglar edi.
Iso soxta dindorlik toʻgʻrisida ogohlantiradi
38Iso xalqqa nasihat qilib, yana shunday dedi:
— Tavrot tafsirchilaridan ehtiyot boʻlinglar! Ular uzun kiyimlar kiyishni yaxshi koʻradilar, bozorlarda yurganda ularga salom berishlarini, 39sinagogalarda yaxshi joylarda oʻtirishni, ziyofatlarda toʻrda oʻtirishni yoqtiradilar. 40Ammo beva ayollarning uy–joylarini tortib oladilar, xoʻja koʻrsinga uzoq duo oʻqiydilar. Bunday odamlar nihoyatda qattiq jazoga mubtalo boʻladilar.
Beva ayolning xayr–ehsoni
41Iso Maʼbad xazinasi qarshisida oʻtirib, ehson qutisiga pul solayotgan odamlarni kuzatib turdi. Koʻp boylar anchagina pul tashladilar. 42Bir kambagʻal beva ayol ham kelib, qiymati bir tiyinga toʻgʻri keladigan ikki chaqa#12:42 ikki chaqa — yunoncha matnda ikki lepton, yaʼni chorak (ikki lepton chorak assarion qiymatiga toʻgʻri kelardi). Lepton oʻsha davrda ishlatilgan qiymati eng past tanga. tashladi.
43Shunda Iso shogirdlarini yoniga chaqirib dedi:
— Sizlarga chinini aytayin, bu kambagʻal beva ayol xazinaga pul tashlaganlarning hammasidan ham koʻproq tashladi. 44Chunki boylarning hammasi oʻzlarining ortiqcha pullaridan ehson qildilar. Bu ayol esa kambagʻalligiga qaramasdan, oʻzining bor–yoʻgʻini, roʻzgʻoriga ishlatiladigan hamma pulini tashladi.

Currently Selected:

Mark 12: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in