Matto 5:29-30
Matto 5:29-30 O‘ZBMK
Bordi–yu, oʻng koʻzingiz gunoh qilishingizga sababchi boʻlsa, uni oʻyib olib, uloqtirib yuboring. Butun badaningiz doʻzaxga tashlangandan koʻra, aʼzolaringizdan bittasi yoʻq boʻlgani siz uchun yaxshiroqdir. Agar oʻng qoʻlingiz gunoh qilishingizga sababchi boʻlsa, uni kesib tashlab, uloqtirib yuboring. Butun badaningiz doʻzaxga yoʻliqqandan koʻra, aʼzolaringizdan bittasi yoʻq boʻlgani siz uchun yaxshiroqdir.