Matto 3
3
3–BOB
Yahyo choʻmdiruvchining kelishi
1Oʻsha kunlarda#3:1 Oʻsha kunlar — taxminan milodiy 28 yoki 29 yil nazarda tutilgan (Luqo 3:1-3 oyatlarga va Luqo 3:1 ning ikkinchi izohiga qarang). Yahyo choʻmdiruvchi Yahudiya choʻlida#3:1 Yahudiya choʻli — Iordan daryosining Oʻlik dengizga quyiladigan joyiga yaqin boʻlgan, daryodan gʻarbda joylashgan yerlar. vaʼz qila boshladi. 2U odamlarga: “Tavba qilinglar, chunki Osmon Shohligi#3:2 Osmon Shohligi — Xudoning hozirgi paytda insonlar hayotidagi hukmronligi va oxiratda har bir yaratilgan mavjudotning yangilanishiga ishora. Bu ibora faqatgina Matto kitobida ishlatilgan va maʼnosi “Xudoning Shohligi” degan ibora bilan bir xil. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi XUDONING SHOHLIGI iborasiga qarang. yaqinlashdi!” deb aytardi. 3Yahyo toʻgʻrisida Ishayo paygʻambar shunday degan edi:
“Choʻlda bir ovoz yangramoqda:
«Egamizga yoʻl hozirlang,
Unga toʻgʻri yoʻl oching!»”#3:3 Muallif bu oʻrinda Ishayo 40:3 ning qadimiy yunoncha tarjimasidan foydalangan.
4Yahyo tuya junidan toʻqilgan kiyim kiyib, charm kamar taqib yurardi#3:4 …tuya junidan toʻqilgan kiyim…charm kamar… — Ilyos paygʻambar va boshqa paygʻambarlar kiygan kiyimlar (4 Shohlar 1:8, Zakariyo 13:4 ga qarang).. Uning yeguligi chigirtka va yovvoyi asal edi. 5Uning oldiga Quddus shahri va Yahudiya oʻlkasining qolgan hamma joylaridan hamda Iordan daryosi atroflaridan odamlar kelardi. 6Ular gunohlarini eʼtirof etishar, Yahyo esa ularni Iordan suviga choʻmdirardi.
7Farziy#3:7 Farziy — yahudiylarning muhim bir diniy mazhabi. Farziylar Tavrot qonunlariga qatʼiy rioya qilardilar, ogʻzaki ravishda tarqalgan urf–odatlarga hamda poklanish udumlariga izchil amal qilardilar. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi FARZIY soʻziga qarang. va sadduqiy#3:7 sadduqiy — yahudiylarning muhim bir diniy mazhabi. Farziylardan farqli ravishda, ular ogʻzaki tarqalgan urf–odatlarni qabul qilmasdilar, balki faqatgina Tavrotda yozilgan qonun–qoidalarga rioya qilardilar. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi SADDUQIY soʻziga qarang. mazhablaridan boʻlgan koʻp odamlar suvga choʻmdirilish uchun kelayotganlarini Yahyo koʻrib, dedi: “Hoy, ilonlar zoti! Boshingizga kelayotgan Xudo gʻazabidan qochib qutulasiz, deb sizlarga kim uqtirdi? 8Tavbaga yarasha ish tutinglar! 9Oʻzingizcha: «Biz Ibrohim naslidanmiz», deb aytishni xayolingizga ham keltirmanglar! Sizlarga shuni aytay: Xudo mana bu toshlardan Ibrohimga avlod tiklashga qodir. 10Hozirdanoq daraxtlar ildizida bolta yotibdi. Yaxshi meva bermagan har bir daraxt kesilib, olovga tashlanadi. 11Tavba qilganingizni koʻrsatish uchun men sizlarni suvga choʻmdiryapman. Lekin mendan ham qudratliroq boʻlgan bir Zot ortimdan kelmoqda. Men Uning choriqlarini koʻtarib yurishga ham arzimayman. U sizlarni Muqaddas Ruhga va olovga#3:11 olov — imonlilarni poklaydigan Muqaddas Ruhning qudratiga ishora boʻlishi mumkin (Havoriylar 1:5, 8, 2:1-4, 11:16 ga qarang). Ammo bu oʻrinda olov soʻzi Hukm kuniga ishora qilayotgan boʻlsa kerak (shu bobning 7-10, 12–oyatlariga qarang). Oxiratda odamlar Isoga va Uning taʼlimotiga quloq tutgan–tutmaganlariga qarab hukm qilinadilar. choʻmdiradi. 12Uning panshaxasi qoʻlida tayyor turibdi. U Oʻz xirmonini shopiradi: bugʻdoyini omborga toʻplab, somonni esa soʻnmas oʻtda yondirib yuboradi.”
Iso suvga choʻmdiriladi
13Shu orada Iso Jalila hududidan Iordan daryosi boʻyiga bordi. U Yahyo tomonidan suvga choʻmdirilmoqchi edi. 14Lekin Yahyo Isoni toʻxtatmoqchi boʻlib dedi:
— Aslida Siz meni suvga choʻmdirishingiz kerak! Siz boʻlsangiz mening oldimga keldingiz!
15Iso unga dedi:
— Keling, bu safar shunday boʻla qolsin. Axir, biz Xudoning irodasini toʻla bajarishimiz zarur.
Shundan keyin Yahyo rozi boʻldi. 16Iso suvga choʻmdirildi. U suvdan chiqqan zahoti, osmon ochilib ketdi va Iso Oʻz ustiga Xudoning Ruhi kaptar shaklida tushib qoʻnganini koʻrdi. 17Shu payt osmondan: “Bu Mening sevikli Oʻgʻlimdir#3:17 Bu Mening sevikli Oʻgʻlimdir — Zabur 2:7 ga qarang., Undan nihoyatda mamnunman#3:17 Undan nihoyatda mamnunman — Ishayo 42:1 ga qarang.”, degan ovoz keldi.
Currently Selected:
Matto 3: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy
Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020