YouVersion Logo
Search Icon

Matto 14

14
14–BOB
Yahyo choʻmdiruvchining oʻlimi
1Shu orada viloyat hukmdori#14:1 viloyat hukmdori — yunoncha matnda tetrarx. Bu unvon Rim imperiyasi tomonidan joriy qilingan boʻlib, hokimiyati cheklangan va faqat Rim hukumati ruxsati bilan ish yuritadigan hukmdorga nisbatan qoʻllanilgan. Avom xalq orasida bunday hukmdor shoh deb atalar edi (misol uchun, 14:9 ga va Mark 6:14 ga qarang). Hirod#14:1 Hirod — Antipas ismi bilan ham tanilgan boʻlib, Buyuk Hirodning oʻgʻli edi. Antipas Jalila va Pereya hududlarida hukmronlik qilgan. Iso toʻgʻrisidagi xabarlarni eshitib, 2amaldorlariga dedi: “Bu Yahyo choʻmdiruvchi ekanligi aniq! U tirilib kelgan, shuning uchun moʻjizalar koʻrsatish qudratiga ega.”
3Uning bu gapni aytishiga sabab shu edi: bundan ancha vaqt oldin Hirod Yahyoni hibsga olgandi. U oʻz ukasi Filipning xotini Hirodiya dastidan Yahyoni kishanlab, zindonga tashlagan edi. 4Chunki Yahyo unga: “Bu xotin bilan yashashingiz qonunga zid”, deb aytar edi. 5Hirod Yahyoni oʻldirishni xohlagan boʻlsa–da, xalqdan qoʻrqqan edi. Chunki odamlar Yahyoni paygʻambar deb bilishardi.
6Hirodning tugʻilgan kuni boʻlganda, Hirodiyaning qizi oʻrtaga chiqib raqsga tushdi. Qizning raqsi Hirodga shunchalik yoqdiki, 7Hirod unga:
— Ont ichaman, soʻragan narsangni muhayyo qilaman, — deb vaʼda berdi. 8Qiz esa onasining gapiga kirib:
— Menga Yahyo choʻmdiruvchining boshini laganda keltirib bering! — dedi.
9Shoh aytgan gapidan afsus chekdi, ammo mehmonlari oldida qasam ichgani uchun qizning iltimosini bajarishni buyurdi. 10U zindonga odam yuborib, Yahyoning boshini oldirdi. 11Uning boshini laganda keltirib qizga berdilar, qiz esa onasiga olib borib berdi. 12Yahyoning shogirdlari kelib, ustozning jasadini oldilar, uni dafn etdilar. Soʻng borib, Isoga xabar berdilar.
Iso 5000 kishini toʻydiradi
13Yahyo haqidagi xabarni eshitgandan keyin, Iso qayiqqa tushib#14:13 …qayiqqa tushib… — Jalila koʻlida., yolgʻiz Oʻzi kimsasiz joyga suzib ketdi. Olomon esa bu haqda eshitib, shaharlardan piyoda Uning orqasidan ergashdi. 14Iso qayiqdan chiqqanda, katta bir olomonni koʻrdi. Ularga achinib ketib, xastalariga shifo berdi.
15Kech kirganda, shogirdlar Isoning oldiga kelib dedilar:
— Bu joy kimsasiz ekan, buning ustiga, juda kech boʻlib qoldi. Xalqni joʻnatib yuboring, toki ular atrofdagi qishloqlarga borib, oʻzlariga yegulik sotib olishsin.
16Iso ularga dedi:
— Ketishlariga hojat yoʻq, sizlar ularga ovqat beringlar.
17— Bizda bor–yoʻgʻi beshta non va ikkita baliq bor, — deb javob berdi shogirdlar.
18— Oʻsha narsalarni Menga olib kelinglar, — dedi Iso. 19U odamlarga maysalar ustiga oʻtirishni buyurdi. Soʻng beshta non bilan ikkita baliqni oldi–da, osmonga qarab shukrona duosini oʻqidi. U nonlarni sindirib, shogirdlariga berdi, shogirdlar nonlarni odamlarga tarqatishdi. 20Hamma yeb toʻydi. Ortib qolgan non burdalarini yigʻib olishganda, toʻla oʻn ikki savat chiqdi. 21Ayollar va bolalarni hisobga olmaganda, taxminan besh mingga yaqin odam non yegan edi.
Iso suv ustida yuradi
22Iso vaqt oʻtkazmay, shogirdlarini qayiqqa tushirib, koʻlning narigi tomoniga#14:22 …koʻlning narigi tomoniga… — Iso va uning shogirdlari shu paytda koʻlning aynan qaysi qismida boʻlganlari aniq emas. “Koʻlning narigi tomoniga” degan ibora koʻlning oʻsha qirgʻogʻidagi boshqa bir joyga qayiq bilan suzib borishni ham bildirishi mumkin. Anʼanaga koʻra, Iso bir necha ming kishini toʻydirgan bu joy koʻlning shimoli–gʻarb tomonida, Jaliladagi Baytsaydaga yaqin edi. ketishga majbur qildi. Olomonni esa uylariga qaytarib joʻnatib yubordi. 23U odamlarni ketkizib yuborgandan keyin, ibodat qilish uchun bir Oʻzi tepalikka chiqdi. Oqshom tushdi, U hamon oʻsha yerda yolgʻiz edi. 24Qayiq esa qirgʻoqdan ancha uzoqlashib qolgandi. Shamol qayiqqa qarshi esayotgani uchun toʻlqinlar qayiqqa kelib urilardi.
25Erta saharda Iso koʻl ustida yurib, shogirdlari yoniga keldi. 26Shogirdlar esa koʻl yuzida yurib kelayotgan Isoni koʻrib, qattiq vahimaga tushishdi. Qoʻrqqanlaridan:
— Bu arvoh–ku! — deb baqirib yuborishdi. 27Lekin Iso oʻsha zahoti ularga:
— Dadil boʻlinglar! Qoʻrqmanglar, bu Menman! — dedi. 28Shunda Butrus:
— Hazrat, agar haqiqatan bu Siz boʻlsangiz, amr bering, men suv ustida yurib Sizning oldingizga boray, — dedi. 29Iso:
— Kel! — dedi. Butrus qayiqdan chiqib, suv ustida yurganicha Iso tomon yoʻl oldi. 30Ammo shamolning kuchli ekanligidan qoʻrqib ketdi. U suvga choʻka boshlab:
— Hazrat, meni qutqaring! — deb baqirdi. 31Iso shu zahoti qoʻlini choʻzib, Butrusni ushladi–da:
— Ey imoni sust, nega ikkilanding?! — dedi.
32Ular qayiqqa tushganlaridan keyin, shamol tindi. 33Qayiqdagilar Isoga sajda qilib:
— Siz haqiqatan ham Xudoning Oʻgʻlisiz!#14:33 Xudoning Oʻgʻli — Iso Masihning unvoni. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi XUDONING OʻGʻLI iborasiga qarang. — dedilar.
34Ular koʻldan suzib oʻtib#14:34 Ular koʻldan suzib oʻtib… — shu bobning 22–oyati izohiga qarang., Genisaret#14:34 Genisaret — Kafarnahum shahridan janubi–gʻarbdagi serhosil tekislik. oʻlkasiga keldilar. 35U yerdagi odamlar Isoni tanidilar va atrofga xabar yuborib, hamma xastalarni Isoning oldiga olib keldilar. 36Xastalar Isodan: “Hech boʻlmasa kiyimingizning etagiga qoʻl tekkizaylik”, deb iltimos qilishardi. Unga qoʻl tekkizganlarning hammasi shifo topishardi.

Currently Selected:

Matto 14: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in