Luqo 17
17
17–BOB
Gunoh haqida
1Iso Oʻz shogirdlariga yana dedi: “Gunohga yetaklaydigan vasvasalar doimo keladi. Ammo vasvasaga sababchi boʻlgan odamning holiga voy! 2Bu kichiklarning birontasini#17:2 Bu kichiklarning birontasi — Iso Masihga imon keltirgan odamlar, ayniqsa kichik bola singari, ojiz va qarovga muhtoj boʻlganlar nazarda tutilgan (Matto 18:1-6 ga qarang). gunohga boshlaganingizdan koʻra, boʻyningizga tegirmon toshini osib, sizni dengizga tashlashgani oʻzingiz uchun yaxshiroqdir. 3Ehtiyot boʻlinglar! Agar birodaringiz gunoh qilsa, unga tanbeh bering. Agar tavba qilsa, uni kechiring. 4Agar oʻsha odam bir kunning oʻzida sizga qarshi yetti marta gunoh qilsa–yu, yetti marta qaytib kelib, sizga: «Tavba qildim», desa, uni kechirib yuboring.”
Imon va xizmat burchi haqida
5Havoriylar Rabbimiz Isoga: “Imonimizga imon qoʻshing”, — dedilar.
6Rabbimiz shunday javob berdi: “Agar zigʻirday#17:6 zigʻirday — yunoncha matnda xantal urugʻiday. Oʻsha zamonda odamlar xantal urugʻini eng mayda urugʻ deb bilishardi. imoningiz boʻlib, shu tut daraxtiga:
— Ildizing bilan qoʻporilib chiq va dengizga koʻchib ildiz ot, — desangiz, daraxt sizga boʻysunadi.
7Xizmatkoringiz qoʻsh haydab yoki poda boqib daladan endigina qaytib kelganda, qay biringiz unga:
— Kel darrov, dasturxonga oʻtir, — deb aytasiz? 8Buning oʻrniga oʻsha xizmatkoringizga:
— Kechki ovqatimni tayyorla, yeb–ichib boʻlgunimcha, belingni bogʻlab, menga xizmat qil, keyin oʻzing yeb–ichasan, — deb aytmaysizmi?!
9Xizmatkor oʻz vazifasini bajargani uchun unga tashakkurlar bildirmaysiz–ku! 10Shu singari, sizlar ham oʻzingizga buyurilgan hamma ishni bajarganingizdan soʻng:
— Biz bor–yoʻgʻi xizmatkormiz, vazifamizni bajardik, xolos, — deb aytinglar.”
Iso oʻn kishiga shifo beradi
11Iso Samariya bilan Jalilani kesib oʻtib, Quddus tomon yoʻl oldi. 12U bir qishloqqa kirayotganda, teri kasalligiga#17:12 teri kasalligi — 5:12 izohiga qarang. chalingan oʻn kishi Uni qarshilab oldi. Ular uzoqdan turib, 13faryod qildilar:
— Ey Iso! Ustoz! Bizga rahm qiling!
14Iso ularni koʻrib:
— Boringlar, oʻzlaringni ruhoniylarga koʻrsatinglar#17:14 …oʻzlaringni ruhoniylarga koʻrsatinglar — Iso ularga shifo berishini bilgan holda, Tavrot qoidasiga binoan, ularni ruhoniylarning oldiga yubordi. Ruhoniylar teri kasalligiga chalingan bu odamlarni nazoratdan oʻtkazib, sogʻ yoki kasal deb eʼlon qilishlari kerak edi (Levilar 14:1-32 ga qarang). Yana 5:12-14 ga qarang., — dedi.
Ular yoʻlda ketayotganlarida, teri kasalligidan poklanib qoldilar.
15Ulardan biri oʻzining shifo topganini koʻrib, baland ovozda Xudoni ulugʻlab orqaga qaytdi. 16Oʻzini Isoning oyoqlari ostiga tashlab, Unga minnatdorchilik bildirdi. Oʻsha odam Samariyalik#17:16 Samariyalik — yahudiylar Samariyaliklardan hazar qilishar edi. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi SAMARIYALIK soʻziga qarang. edi.
17Iso shogirdlariga dedi:
— Teri kasalligidan poklangan oʻn kishi emasmidi?! Qolgan toʻqqiztasi qani? 18Xudoni ulugʻlash uchun shu bir begona kishidan boshqa hech kim qaytib kelmadimi?
19Soʻng Iso teri kasalligidan poklangan odamga dedi:
— Oʻrningdan turgin–da, boraver. Senga ishonching shifo berdi.
Xudoning Shohligi
20Baʼzi farziylar Isodan:
— Xudoning Shohligi qachon keladi? — deb soʻradilar. Iso ularga shunday javob berdi:
— Xudoning Shohligi koʻzga koʻrinadigan shaklda kelmaydi. 21Hech kim: “Qara, Xudoning Shohligi bu yerda”, yoki “Ana u yerda”, deb aytmaydi. Chunki Xudoning Shohligi sizlarning orangizdadir.
22Keyin Iso shogirdlariga dedi: “Shunday vaqtlar keladiki, sizlar Inson Oʻgʻlining kunlaridan bittasini koʻrishni orzu qilasizlar, ammo oʻsha kunni koʻrolmaysizlar. 23Odamlar sizlarga: «Ana, Masih anavi yerda» yoki «Mana, Masih bu yerda», deb aytadilar. Ammo sizlar ular aytgan yerga bormanglar, ularning ortidan ergashmanglar. 24Chunki Inson Oʻgʻli kelganda, Uni hamma koʻradi. U osmonni bir chetidan boshqa chetigacha yoritib yuborgan chaqmoqday boʻladi. 25Lekin undan avval Inson Oʻgʻli koʻp azob chekishi va bu nasl tomonidan rad qilinishi kerak.
26Nuh davrida#17:26 Nuh davrida — Ibtido 6:5-7:23 ga qarang. qanday boʻlgan boʻlsa, Inson Oʻgʻli keladigan davrda ham xuddi shunday boʻladi. 27Nuh kemaga kirgan kungacha insonlar yeb–ichdilar, uylandilar, turmushga chiqdilar. Toʻfon kelganda esa ularning hammasi nobud boʻldi. 28Lut#17:28 Lut — Ibtido 19:1-29 ga qarang. zamonida ham xuddi shunday boʻlgan edi: odamlar yeb–ichardilar, savdo–sotiq qilardilar, ekin ekardilar, uy qurardilar. 29Lekin Lut Sadoʻm shahridan chiqqan kuniyoq osmondan olov va oltingugurt yogʻib, hammani nobud qildi.
30Inson Oʻgʻli zohir boʻlgan kunda ham xuddi shunday boʻladi. 31U kunda tomning ustida boʻlgan kishi#17:31 tomning ustida boʻlgan kishi — u zamonlarda uylarning tomi tekis boʻlib, odamlar tomga chiqib dam olishardi. uydagi narsalarni olish uchun pastga tushmasin. Dalada boʻlgan odam ham qaytib kelmasin. 32Lutning xotiniga#17:32 Lutning xotini — Ibtido 19:16-17, 24-26 ga qarang. nima boʻlganini yodingizda tutinglar. 33Jonini saqlamoqchi boʻlgan uni yoʻqotadi. Jonini yoʻqotgan esa uni asrab qoladi. 34Sizga shuni aytay: oʻsha kecha bir toʻshakda ikki kishi yotgan boʻlsa, biri olinadi, biri qoldiriladi. 35-36Ikki ayol birga tegirmon tortayotgan boʻlsa, biri olinadi, biri qoldiriladi#17:35-36 Yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida quyidagi soʻzlar 36–oyatni tashkil etib, qoʻshimcha qilingan: Ikki kishi dalada boʻlsa, biri olinadi, biri qoldiriladi..”
37Shogirdlar Isodan soʻradi:
— Hazrat, bu voqealar qayerda yuz beradi?
— Kalxatlar toʻplangan joyda murda boʻlishini hamma biladi, — deb javob berdi Iso. — Bu voqealar qayerda yuz berishi ham sizlarga shu singari ayon boʻladi#17:37 Kalxatlar…sizlarga shu singari ayon boʻladi — yunoncha matndan soʻzma–soʻz tarjimasi Murda qayerda boʻlsa, kalxatlar ham oʻsha yerda toʻplanadi..
Currently Selected:
Luqo 17: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy
Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020