Luqo 1
1
1–BOB
Muqaddima
1-3Hurmatli Teofilus!#1:1-3 Teofilus — mazkur Xushxabar hamda Havoriylar faoliyati kitobi Teofilus uchun yozilgan (Havoriylar 1:1 ga qarang). Bu odam yuqori lavozim egasi boʻlib, Xushxabar taʼlimotidan boxabar edi. U haqda bundan boshqa hech qanday maʼlumot saqlanib qolmagan. Oʻzingizga maʼlumki, koʻp odamlar oramizda Xudoning qilgan ishlari tafsilotini yozishga kirishganlar. Bu voqealarni yozishda ular boʻlib oʻtgan hodisalarni boshidan koʻrgan va ularni bizga yetkazgan odamlarning soʻzlarini asos qilib olganlar. Shuning uchun men ham hammasini boshidan sinchiklab tekshirganimdan keyingina, bu voqealarning tafsilotini tartib bilan sizga yozib berishga qaror qildim, 4toki sizga oʻrgatilgan taʼlimotning haqiqiyligiga oʻzingiz ishonch hosil qiling.
Yahyo choʻmdiruvchining tugʻilishi haqida karomat
5Yahudiya shohi Hirod#1:5 Yahudiya shohi Hirod — Buyuk Hirod unvoni bilan ham tanilgan boʻlib, u miloddan oldingi 37-4 yillarda hukmronlik qilgan. Bu oʻrinda Yahudiya degan nom butun qadimgi Falastinga nisbatan ishlatilgan. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi FALASTIN soʻziga qarang. davrida Zakariyo degan bir ruhoniy#1:5 ruhoniy — Quddusdagi Maʼbadda xizmat qiladigan eʼtiborli din rahnamosi. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi RUHONIY soʻziga qarang. bor edi. U ruhoniy Abiyo urugʻidan#1:5 ruhoniy Abiyo urugʻi — ruhoniylar Musoning akasi Horun naslidan kelib chiqqan boʻlib, ularning jamiki urugʻlari 24 ta boʻlinmani tashkil qilar edi. Abiyo sakkizinchi boʻlinmadagi ruhoniylarning bobokaloni edi (1 Solnomalar 24:10 ga qarang). kelib chiqqandi, xotini Elisabet ham ruhoniylar#1:5 ruhoniylar — yunoncha matnda Horun, Isroil xalqiga oliy ruhoniy boʻlib xizmat qilgan birinchi inson va jamiki ruhoniylarning bobokaloni. naslidan edi. 6Ikkovi ham Xudo oldida solih boʻlib, Egamizning amru farmonlariga bekami–koʻst rioya qilishardi. 7Elisabet bepusht boʻlgani uchun ularning farzandi yoʻq edi. Buning ustiga, ikkovi ham keksayib qolgan edilar.
8Zakariyoning ruhoniylar boʻlinmasi Maʼbadda navbatchilik qilayotgan kunlarning birida, Zakariyo Xudoning huzurida ruhoniylik vazifasini bajarayotgan edi. 9Ruhoniylarning odati boʻyicha, Egamizning Maʼbadiga kirib, xushboʻy tutatqilar tutatish#1:9 …xushboʻy tutatqilar tutatish… — bu vazifa kuniga ikki mahal — bir marta ertalab va bir marta kechqurun bajarilar edi. qurʼasi#1:9 qurʼa — qurʼa tashlashda yogʻoch boʻlaklari yoki toshlar ishlatilgan boʻlib, shu orqali Xudoning xohish–irodasi aniqlangan. Baʼzan odamlar qurʼa tashlab, Xudodan biror ishni qanday yoki qachon qilish kerakligini soʻrashgan. unga tushgandi. 10Tutatqi tutatish vaqtida katta bir olomon tashqarida ibodat qilayotgan edi. 11Shu payt Egamizning bir farishtasi Zakariyoga zohir boʻldi. Farishta tutatqi qurbongohining oʻng tomonida turardi. 12Zakariyo uni koʻrib, qoʻrqqanidan oʻzini yoʻqotib qoʻydi.
13Farishta unga dedi:
— Zakariyo, qoʻrqma, sening iltijolaring ijobat boʻldi. Xotining Elisabet senga bir oʻgʻil tugʻib beradi. Uning ismini Yahyo qoʻyasan. 14U senga shodlik va quvonch keltiradi, uning tugʻilganidan koʻpchilik xursand boʻladi. 15U Egamizning nazarida ulugʻ boʻladi, sharobu oʻtkir ichimliklarni ogʻziga olmaydi. Onasining qornidayoq#1:15 Onasining qornidayoq… — yoki Tugʻilishi bilanoq…. Muqaddas Ruhga toʻladi. 16Isroil xalqidan boʻlgan koʻplarni u Egasi Xudoga qaytaradi. 17U Ilyos paygʻambarning ruhi va qudratiga toʻlib#1:17 Ilyos paygʻambarning ruhi va qudratiga toʻlib… — Ilyos paygʻambar Eski Ahd davrida yashagan. U xalq orasida qilgan moʻjizalari bilan dong taratgan edi (misol uchun, 3 Shohlar 18:1-46 ga qarang). Yana Malaki 4:5-6 ga qarang., Rabbimiz Masihdan#1:17 Rabbimiz Masih — yunoncha matnda Rabbiy, Masihga ishora (2:11 ga va oʻsha oyatning ikkinchi izohiga qarang). oldin keladi. Rabbimizga tayyor bir xalqni taqdim qilish uchun otalarning yuraklarini farzandlariga moyil qiladi, itoatsizlarning fikrini solihlar donoligi tomon buradi.
18Zakariyo farishtaga dedi:
— Men bunga qanday amin boʻlaman? Axir, men keksayib qolganman, xotinim ham qarib qolgan boʻlsa?
19Farishta unga shunday javob berdi:
— Men Xudoning huzurida turadigan Jabroilman. Sen bilan gaplashgani, senga bu Xushxabarni eʼlon qilgani yuborilganman. 20Senga aytganlarim oʻz vaqtida bajo boʻladi. Ammo mening soʻzlarimga ishonmaganing uchun tildan qolasan. Aytganlarim bajo boʻlmaguncha, gapirolmaysan.
21Shu orada Zakariyoni kutib turgan xalq uning Maʼbadda imillab qolganiga hayron boʻldi. 22Nihoyat, Zakariyo tashqariga chiqdi, ammo soʻzlamoqqa tili aylanmadi. Xalq uning Maʼbadda vahiy koʻrganligini tushundi. Zakariyo soqov boʻlib qolgani uchun xalq bilan imo–ishoralar orqali soʻzlashishga majbur boʻldi.
23Maʼbaddagi xizmat muddati tugagach, Zakariyo uyiga qaytib bordi. 24Oradan koʻp oʻtmay, xotini Elisabet homilador boʻldi. U dastlabki besh oy davomida uyidan chiqmay yurdi. U shunday derdi: 25“Buni men uchun Egam qildi. U menga marhamat koʻrsatib, xalq orasida meni sharmandalikdan qutqardi.”
Iso Masihning tugʻilishi haqida karomat
26Elisabetning homilasi olti oylik boʻlganda, Xudo farishta Jabroilni Jalilaning Nosira degan shahriga, 27Dovud avlodidan Yusuf ismli yigitga unashtirilgan bir qizga yubordi. Qizning oti Maryam edi. 28Farishta uning oldiga borib:
— Salom, ey Xudo yorlaqagan qiz! Egamiz sen bilandir#1:28 Yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida quyidagi soʻzlar farishtaning gapiga qoʻshimcha qilingan: Ayollar ichra muboraksan., — dedi.
29Maryam farishtaning soʻzlaridan sarosimaga tushdi#1:29 Maryam…sarosimaga tushdi — yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida Maryam farishtani koʻrib, uning soʻzlaridan sarosimaga tushdi.. “Bunday salomlashuv nimani bildirar ekan?” deb oʻylanib qoldi.
30Farishta unga dedi:
— Maryam, qoʻrqma, sen Xudodan inoyat topding. 31Sen homilador boʻlib, oʻgʻil tugʻasan. Uning ismini Iso#1:31 Iso — yunoncha matnda Iisus, bu ism ibroniycha Yoshua ismidan olingan boʻlib, Egamiz qutqaradi maʼnosini ifodalaydi. qoʻyasan. 32U buyuk boʻladi. Uni Xudoyi Taoloning Oʻgʻli#1:32 Xudoyi Taoloning Oʻgʻli — Iso Masihning unvoni. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi XUDONING OʻGʻLI iborasiga qarang. deb atashadi. Egamiz Xudo Unga bobosi Dovudning taxtini beradi. 33U to abad Isroil xalqi#1:33 Isroil xalqi — yunoncha matnda Yoqub xonadoni, Eski Ahdda Isroil xalqi shu nom bilan ham atalgan. ustidan hukmronlik qiladi, hukmronligining oxiri boʻlmaydi.
34— Men hali er koʻrmagan boʻlsam, bu qanday boʻladi? — deb soʻradi farishtadan Maryam. 35Farishta javob berdi:
— Muqaddas Ruh seni qamrab oladi, Xudoyi Taoloning qudrati seni qoplaydi. Shu bois tugʻadigan oʻgʻling muqaddas boʻladi, U Xudoning Oʻgʻli deb ataladi#1:35 …tugʻadigan oʻgʻling muqaddas boʻladi, U Xudoning Oʻgʻli deb ataladi — yoki …tugʻadigan muqaddas Oʻgʻling Xudoning Oʻgʻli deb ataladi.. 36Mana, qarindoshing Elisabet ham qariligida homilador boʻldi, u oʻgʻil tugʻadi. Homilasi olti oylik. Odamlar esa uni bepusht deb aytardilar. 37Xudo uchun imkonsiz narsa yoʻq!
38— Men Egamning bandasiman. Hammasi siz aytganingizday boʻlsin, — deb javob berdi Maryam. Shundan keyin farishta ketdi.
Maryam Elisabetni yoʻqlab boradi
39Koʻp oʻtmay Maryam shoshilganicha Yahudiya qirlaridagi shaharga yoʻl oldi. 40U Zakariyoning uyiga kirib, Elisabet bilan salomlashdi. 41Elisabet Maryamning salomini eshitgani zahoti qornidagi bolasi oʻynoqlab ketdi. Elisabet Muqaddas Ruhga toʻlib, 42baland ovozda shunday xitob qildi:
— Sen ayollar ichra muboraksan, qorningdagi Bola ham muborakdir! 43Men kim boʻlibmanki, Rabbim Masihning onasi mening huzurimga kelibdi! 44Sening saloming qulogʻimga yetishi bilanoq, qornimdagi bola quvonchdan oʻynoqlab ketdi. 45Naqadar baxtlisan! Chunki Egamiz aytganlarini amalga oshirishiga sen ishonding.
46Maryam shunday dedi:
“Butun vujudim bilan Egamni ulugʻlayman,
47Najotkorim Xudodan koʻnglim shod–xurram.
48Axir, U menday arzimas bandasiga nazar soldi.
Jamiki nasllar endi meni baxtli deb ataydi.
49Zotan, qudratli Xudo men uchun buyuk ishlar qildi,
Muqaddasdir Uning nomi.
50Undan qoʻrqqanlarga
U nasllar osha marhamat qiladi.
51U Oʻzining qudratini koʻrsatdi,
Yuragi takabburlarni toʻzgʻitib tashladi.
52Hukmdorlarni taxtlaridan tushirdi,
Faqirlarni esa yuksaltirdi.
53Ochlarni neʼmatlar ila toʻydirdi,
Boylarni esa quruq joʻnatdi.
54-55Ota–bobolarimizga bergan vaʼdasi boʻyicha,
Ibrohimga, uning nasliga
Shafqat qilishni to abad yodida tutdi.
Quli Isroilga yordam berdi.”
56Shunday qilib, Maryam Elisabetnikida uch oycha qoldi, keyin uyiga qaytib ketdi.
Yahyo choʻmdiruvchining tugʻilishi
57Elisabetning oy–kuni yetib, oʻgʻil tugʻdi. 58Qoʻni–qoʻshni va qarindoshlari Egamizning unga koʻrsatgan buyuk marhamatini eshitib, u bilan birga quvonishdi. 59Ular sakkizinchi kuni bolani sunnat qilgani olib borishdi#1:59 …sakkizinchi kuni bolani sunnat qilgani… — sunnat Xudoning Ibrohim va uning avlodi bilan qilgan ahd belgisi edi (Ibtido 17:9-14 ga qarang). Sunnat yahudiylarning Xudoga sodiqligini va Uning tanlagan xalqiga tegishli ekanini koʻrsatadi.. Unga Zakariyo deb otasining ismini qoʻymoqchi boʻlishdi. 60Bunga bolaning onasi eʼtiroz bildirib:
— Yoʻq, ismini Yahyo qoʻyamiz, — dedi. 61Lekin boshqalar:
— Qarindosh–urugʻing orasida bu ism bilan atalgan hech kim yoʻq–ku, — deyishdi unga.
62Shu payt otasiga imo–ishora qilib, undan bolaga qanday ism qoʻymoqchi ekanligini soʻrashdi. 63Zakariyo imo–ishora orqali bir taxtacha soʻradi va: “Uning ismi Yahyo boʻladi”, deb yozdi. Hamma hayron qoldi. 64Shu payt Zakariyo yana tilga kirib, gapira boshladi va Xudoga hamdu sano aytdi.
65Hamma qoʻshnilari hayratda qoldi, butun Yahudiya qirlarida bu voqea ovoza boʻlib ketdi. 66Bu haqda eshitganlarning hammasi: “Ajabo, bu bola kim boʻlarkin?” deya mulohaza qilishardi. Chunki Egamizning qudrati unda namoyon edi.
Zakariyoning bashorati
67Chaqaloqning otasi Zakariyo Muqaddas Ruhga toʻlib, bashorat qila boshladi:
68“Isroil xalqining Xudosi — Egamizga hamdu sanolar boʻlsin!
U bizga yordamga keldi, Oʻz xalqini asoratdan xalos qildi.
69-70Azaldan bizga vaʼda berganday,
Muqaddas paygʻambarlari orqali aytganday,
Quli Dovud xonadonidan
Bizga qudratli Najotkorni#1:69-70 qudratli Najotkor — yunoncha matndan soʻzma–soʻz tarjimasi najotning shoxi yoki qutqaradigan shox. Hoʻkizning shoxi kuch–qudrat ramzi edi, chunki hoʻkiz qadimiy Yaqin Sharqdagi eng kuchli hayvonlardan biri edi. yubordi.
71Toki U bizni dushmanlarimizdan qutqarsin,
Bizdan nafratlanadiganlarning hammasidan xalos etsin.
72Shunday qilib, Xudo ota–bobolarimizga iltifot ayladi,
Muqaddas ahdini yodida tutdi.
73Bobokalonimiz Ibrohimga bergan oʻsha qasamyodiga koʻra,
74Xudo bizni yovlarimiz qoʻlidan qutqardi,
Endi biz Unga qoʻrqmasdan xizmat qila olamiz.
75Butun umrimiz davomida
Uning oldida muqaddas va solih boʻla olamiz.
76Sen ham, bolajonim,
Xudoyi Taoloning paygʻambari deb atalasan.
Zero, sen Rabbimiz Masihdan oldin yurasan,
U yuradigan yoʻlni hozirlaysan.
77Xalqiga najot topishlarini eʼlon qilasan,
Xudo ularning gunohlarini kechirishini aytasan.
78Zero, Xudoyimiz mehr–shafqatga boy,
U samodan bizga ufq Nurini#1:78 ufq Nuri — Masihning kelishiga ishora. Yana 2:30-32 ga qarang. sochadi.
79Zulmatda, oʻlim soyasida oʻtirganlarni yoritadi,
Tinchlikka olib boradigan yoʻlni bizga koʻrsatadi.”
80Bola ulgʻayib, ruhan kuchaydi. Isroil xalqiga xizmat qiladigan vaqti kelmaguncha, choʻlda#1:80 choʻl — Iordan daryosining Oʻlik dengizga quyiladigan joyiga yaqin boʻlgan, daryodan gʻarbda joylashgan yerlar. yashadi.
Currently Selected:
Luqo 1: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy
Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020