Yuhanno 12
12
12–BOB
Maryam Isoga atir moy surtadi
1Fisih bayramidan olti kun oldin Iso Lazarning qishlogʻi Baytaniyaga#12:1 Baytaniya — 11:1 izohiga qarang. bordi. Iso oʻsha Lazarni oʻlikdan tiriltirgan edi. 2Oʻsha yerda Isoga ziyofat hozirladilar. Marta xizmat qilib yurgan edi, Lazar esa Iso va mehmonlar bilan birga dasturxon oldida yonboshlagan edi. 3Shu payt Maryam bir shisha#12:3 bir shisha — yunoncha matnda litra, taxminan yarim litrga toʻgʻri keladi. toza, qimmatbaho sunbul moyini#12:3 sunbul moyi — yana bir nomi nard. Bu moy quyuq, och jigar rang, juda ham qimmat, juda xushboʻy boʻlgan. olib kelib, Isoning oyoqlariga surtdi, soʻng sochlari bilan artdi. Uy atir moyning xushboʻy hidiga toʻlib ketdi.
4Isoning shogirdlaridan biri, Unga xiyonat qiladigan Yahudo Ishqariyot dedi:
5— Bu moyni uch yuz kumush tangaga#12:5 uch yuz kumush tanga — yunoncha matnda uch yuz dinor. Dinor Rim kumush tangasi boʻlib, mardikorning bir kunlik ish haqi edi. sotib, kambagʻallarga boʻlib bersa boʻlmasmidi?!
6U shu gapni kambagʻallarga qaygʻurgani uchun emas, balki oʻgʻri boʻlgani uchun aytdi. Pul qutisi Yahudoning nazoratida edi, qutiga solinadigan puldan u oʻgʻirlab turardi. 7Iso shunday dedi:
— Maryamni tinch qoʻyinglar! Zotan, u Meni dafn kunimga tayyorladi#12:7 …u Meni dafn kunimga tayyorladi — yahudiylarning urf–odatiga koʻra, jasad dafn qilinishidan oldin unga xushboʻy hidli ziravorlar va moylar surtilar edi (Luqo 23:55-56, Yuhanno 19:38-40 ga qarang). Maryam qilgan ishining maʼnosini oʻzi tushunganmi yoki yoʻqmi, aniq emas, ammo uning bu harakati Isoning oʻlimi yaqinlashib qolganini bildirardi.. 8Kambagʻallar har doim sizlar bilan birga boʻladi. Men esa har doim ham sizlar bilan birga boʻlmayman.
9Bir talay yahudiylar Isoning Baytaniyada ekanligini bilib kelishdi. Ular nafaqat Isoni, balki Iso oʻlikdan tiriltirgan Lazarni ham koʻrishni istardilar. 10Bosh ruhoniylar Lazarni ham oʻldirishni rejalashtirgan edilar. 11Chunki koʻp yahudiylar Lazar tufayli Iso tomoniga oʻtib, Unga imon keltirayotgan edilar.
Iso Quddusga tantanali ravishda kiradi
12Ertasi kuni bayramga borgan bir talay xaloyiq Isoning Quddusga kelayotganini eshitib qoldi. 13Ular palma daraxti shoxlaridan#12:13 palma daraxti shoxlari — hayot va najot ramzi boʻlib, gʻolib lashkarboshiga yoki shohga hurmat–ehtirom koʻrsatishda foydalanilgan. olishdi, Uni qarshi olgani chiqib, shunday deb hayqirishardi:
“Tasanno!
Egamiz nomidan kelayotgan Inson baraka topsin!#12:13 Egamiz nomidan kelayotgan Inson baraka topsin! — Zabur 117:26 ga qarang.
Isroilning shohi muborak boʻlsin!”
14Iso bir xoʻtikni topib, unga mindi, xuddi Muqaddas bitiklarda yozilganday:
15“Ey Quddus xalqi#12:15 Quddus xalqi — yunoncha matnda qiz Sion, Quddus ahliga nisbatan qoʻllangan sheʼriy usul. Quddusdagi Maʼbad qurilgan tepalik Sion togʻi deb atalgan. Eski Ahddagi sheʼriy parchalarda va paygʻambarlar bitiklarida Sion soʻzi koʻpincha Quddus shahriga yoki Xudoning xalqiga nisbatan ishlatilgan. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi SION soʻziga qarang., qoʻrqma!
Mana, Shohingiz xoʻtikni minib kelyapti.”#12:15 Zakariyo 9:9 ga qarang.
16Isoning shogirdlari avval buni tushunmadilar. Iso ulugʻlangandan keyingina ular bu soʻzlarning U haqda yozilganini va xalq xuddi yozilganidek qilganini esladilar. 17Iso Lazarni qabrdan chaqirib tiriltirganiga guvoh boʻlgan olomon Isoga ergashib, bu haqda hammaga aytardi. 18Isoning qilgan bu moʻjizali alomati haqida eshitgan koʻp odamlar Uni kutib olgani chiqqan edilar.
19Farziylar esa bir–biriga:
— Qaranglar, qoʻlimizdan hech narsa kelmadi. Butun dunyo Uning ortidan bormoqda! — deyishardi.
Iso Oʻz oʻlimi haqida gapiradi
20Xudoga sajda qilish uchun bayramga kelganlar orasida baʼzi gʻayriyahudiylar#12:20 gʻayriyahudiylar — yunoncha matnda yunonlar (7:35 izohiga qarang). Bu oʻrinda yahudiylarning Xudosiga sajda qiladigan, ammo yahudiylarning madaniyati va urf–odatlarini toʻliq qabul qilmagan odamlar nazarda tutilgan boʻlishi mumkin. bor edi. 21Ular Filipning oldiga borib (Filip Jalilaning Baytsayda shahridan edi) shunday deb aytishdi:
— Taqsir, biz Isoni koʻrmoqchimiz.
22Filip borib, bu haqda Endrusga aytdi. Soʻng ikkalovi Isoning oldiga borib, Unga aytishdi. 23Iso ularga shunday javob berdi:
— Inson Oʻgʻli ulugʻlanadigan vaqt–soati keldi. 24Sizlarga chinini aytayin: agar bugʻdoyning doni yerga tushib oʻlmasa, u bir donligicha qoladi. Agarda oʻlsa, koʻp hosil beradi. 25Kim oʻz jonini sevsa, uni yoʻqotadi. Kim bu dunyoda oʻz jonidan voz kechsa, uni abadiy hayot uchun saqlab qoladi. 26Kim Menga xizmat qilmoqchi boʻlsa, orqamdan yursin. Men qayerda boʻlsam, xizmatchim ham oʻsha yerda boʻlsin. Menga xizmat qilgan odamni osmondagi Otam hurmat qiladi. 27Endi esa yuragim siqilib ketyapti. Nima ham der edim?! “Ey Ota, bu vaqt–soatdan Meni saqla”, deb ayta olarmidim?! Men shu vaqt–soat uchun kelganman–ku! 28Ey Ota, Oʻz nomingni ulugʻlagin!
Iso shunday deyishi bilanoq osmondan:
— Men nomimni ulugʻladim, bundan keyin ham ulugʻlayman, — degan sado keldi. 29U yerda turgan olomon bu sadoni eshitib, momaqaldiroq deb oʻyladi. Boshqalar esa:
— Unga farishta gapirdi! — deyishdi.
30Bunga javoban Iso dedi:
— Bu sado Men uchun emas, sizlar uchun boʻldi. 31Endi bu dunyo hukm qilinadi, bu dunyoning yovuz hukmdori#12:31 bu dunyoning yovuz hukmdori — yaʼni shayton. haydab chiqariladi. 32Men yerdan yuqoriga koʻtarilganimda, hammani Oʻzimga jalb qilaman.
33Iso bu soʻzlarni qay yoʻl bilan oʻlishini bildirish uchun aytdi.
34Xalq bunga javoban dedi:
— Biz Tavrotdan, Masih abadiy yashaydi, deb eshitganmiz. Qanday qilib Sen, Inson Oʻgʻli yuqoriga koʻtarilishi kerak, deb aytyapsan? Inson Oʻgʻli kim oʻzi?
35Iso ularga dedi:
— Nur yana qisqa bir muddat sizlar bilan boʻladi. Nur borida yuringlar, tagʻin zulmat sizlarni qamrab olmasin. Zulmatda yuradigan kishi qayerga ketayotganini bilmaydi. 36Nur hanuz sizlar bilan ekan, nurga ishoninglar, shunda nur farzandlari boʻlasizlar.
Bularni aytib boʻlgach, Iso uzoqlashib, xalqdan yashirindi.
Xalqning oʻjarligi va imonsizligi
37Iso xalqning koʻz oʻngida shuncha koʻp moʻjizali alomatlar yaratgan boʻlsa ham, ular Isoga ishonmas edilar. 38Shu tariqa Ishayo paygʻambarning soʻzi bajo boʻldi:
“Ey Egamiz, bizning xabarimizga kim ishondi?
Sening qudratli kuching kimga ayon boʻldi?”#12:38 Ishayo 53:1 ga qarang.
39Haqiqatan ham, ular ishona olmadilar. Negaki, Ishayo ular haqida yana shunday deb aytgandi:
40“Egamiz ularning koʻzlarini koʻr qildi,
Aqllarini oʻtmas qildi.
Toki koʻzlari bilan koʻrmasinlar,
Aqllari bilan anglamasinlar,
Tagʻin Menga qaytib, shifo topmasinlar.”#12:40 Ishayo 6:10 ga qarang.
41Ishayo Masihning ulugʻvorligini koʻrgani uchun bu soʻzlarni aytgan edi.
42Shunga qaramay, koʻp yahudiy yoʻlboshchilari ham Isoga imon keltirdilar. Lekin ular farziylar tufayli buni ochiqchasiga tan olmas edilar, chunki sinagogadan haydalishdan qoʻrqardilar. 43Axir, ular Xudoning maqtovidan koʻra, insonning maqtovini yaxshi koʻrardilar.
44Iso xitob qilib dedi:
— Menga ishongan odam Menga emas, balki Meni Yuborganga ishongan boʻladi. 45Meni koʻrgan odam Meni Yuborganni koʻrgan boʻladi. 46Menga ishongan bironta odam zulmatda qolmasin deb, Men dunyoga nur boʻlib keldim. 47Agar kim Mening soʻzlarimni eshitib, rioya qilmasa#12:47 …rioya qilmasa… — yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida ishonmasa., Men uni hukm qilmayman. Men dunyoni hukm qilish uchun emas, najot berish uchun kelganman. 48Meni rad qilib, soʻzlarimni qabul qilmagan odamni hukm qiluvchi bor. Unday odamni oxiratda Men emas, aytgan soʻzim hukm qiladi. 49Zotan, Men Oʻzimcha gapirganim yoʻq. Meni yuborgan samoviy Ota nima aytishimni, qanday gapirishimni Menga amr etgan. 50Uning amri esa abadiy hayot berishini bilaman. Xullas, nima aytayotgan boʻlsam, Otam Menga aytganday sizlarga aytyapman.
Currently Selected:
Yuhanno 12: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy
Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020