Ibtido 48
48
48–BOB
Yoqub Efrayim bilan Manasheni duo qiladi
1Bir kuni Yusufga: “Otangiz kasal” degan xabar yetib keldi. Yusuf ikkala oʻgʻlini — Manashe bilan Efrayimni yoniga olib, otasining huzuriga bordi. 2Yoqub Yusufning kelganini eshitgach, kuchini yigʻib, toʻshagiga oʻtirdi. 3Yoqub Yusufga dedi:
— Qodir Xudo Kanʼon yurtidagi Luz shahrida#48:3 Luz shahri — Baytil shahrining oldingi nomi (28:19 ga va oʻsha oyatning izohiga qarang). Oʻsha shaharda Xudo Yoqubga ikki marta zohir boʻlgan edi (28:10-22, 35:1-15 ga qarang). Bu oyatda Yoqub Xudo unga ikkinchi marta zohir boʻlgani haqida gapiryapti. menga zohir boʻlgan va marhamat koʻrsatib, 4shunday degan edi: “Men seni barakali qilib, naslingni koʻpaytiraman. Men sendan koʻp xalqlarni yarataman. Bu yerni sendan keyin naslingga abadiy mulk qilib beraman.” 5Men Misrga kelmasimdan avval Efrayim bilan Manashe bu yerda tugʻilgan edilar. Shu ikkala oʻgʻling endi mening oʻgʻillarimdir. Ruben va Shimoʻn menga qanday oʻgʻil boʻlsa, sening ikkala oʻgʻling ham mening oʻgʻillarim boʻladi. 6Efrayim bilan Manashedan keyin tugʻiladigan oʻgʻillaring esa oʻzingniki boʻladi. Tugʻiladigan oʻgʻillaringga Efrayim va Manashega qarashli yerlardan meros berilsin. 7Buni shu sababdan qilyapmanki, men Paddondan#48:7 Paddon — Paddon–Oramning qisqa shakli. 25:20 izohiga qarang. qaytib kelayotganimda, afsuski, onang Rohila Kanʼon yurtida — Efratga yetib bormasdan yoʻlda olamdan oʻtgan edi. Men uni oʻsha yerda — Efratga boradigan yoʻl boʻyida dafn qilganman. (Efrat hozir Baytlahm#48:7 Baytlahm — 35:19 ga va oʻsha oyatning izohiga qarang. deb yuritiladi.)
8-10Bu paytga kelib Yoqubning#48:8-10 Yoqub — ibroniycha matnda Isroil, Yoqubning yana bir ismi (shu bobning 11, 13, 14, 21–oyatlarida ham bor). 32:27-28 ga qarang. koʻzlari keksalikdan xiralashgan, yaxshi koʻrmas edi. Yoqub Yusufning oʻgʻillarini koʻrganda, “Bular kimlar?” deb soʻradi.
— Bular Xudo shu yerda menga bergan oʻgʻillarim, — deb javob berdi Yusuf.
— Menga yaqinroq olib kelgin ularni, duo qilayin.
Yusuf oʻgʻillarini otasiga yaqinroq olib bordi. Yoqub bolalarni bagʻriga bosib, oʻpdi. 11Yoqub Yusufga dedi:
— Men seni hech qachon koʻrmayman, deb oʻylagan edim. Ammo Xudo sening bolalaringni ham koʻrishni nasib etdi.
12Yusuf bolalarni otasining tizzasidan#48:12 …tizzasidan… — Yoqub Efrayim va Manasheni duo qilganda ular Yoqubning yonida yoki tizzalarining orasida turgan boʻlishlari mumkin. Ular ulgʻaygan, Yoqub esa nihoyatda qarib qolgani uchun ularni tizzalarida ushlab oʻtira olmagan boʻlishi mumkin. oldi va otasiga muk tushib taʼzim qildi. 13Yusuf oʻng qoʻli bilan Efrayimni ushlab, Yoqubning chap tomoniga, chap qoʻli bilan Manasheni ushlab, Yoqubning oʻng tomoniga yaqinroq olib keldi. 14Lekin Yoqub qoʻllarini chalishtirdi–yu, oʻng qoʻlini#48:14 oʻng qoʻli — oʻng qoʻl kuchliroq hisoblangani uchun, odamlar oʻng qoʻlni qoʻyib duo qilishganda, koʻproq baraka keladi, deb ishonishardi. kenja oʻgʻil Efrayimning boshiga, chap qoʻlini toʻngʻich oʻgʻil Manashening boshiga qoʻydi. 15Soʻngra Yusufni duo qildi#48:15 …Yusufni duo qildi… — Yoqub Efrayim va Manasheni duo qilish orqali Yusufni duo qilgandi.:
“Ota–bobolarim Ibrohim va Isʼhoqqa yoʻl koʻrsatgan Xudo,
Umrim boʻyi mening choʻponim boʻlgan Xudo,
16Barcha ofatlardan meni saqlagan farishta
Bu bolalarga ham marhamat koʻrsatsin.
Mening nomim, bobom Ibrohim, otam Isʼhoqning nomi
Shu bolalar orqali yashasin, yer yuzida ular lak–lak koʻpaysin.”
17Lekin otasi oʻng qoʻlini Efrayimning boshiga qoʻygani Yusufga yoqmadi. Shuning uchun otasining oʻng qoʻlini Efrayimning boshidan Manashening boshiga olib qoʻymoqchi boʻldi.
18— Bunday emas, ota, — dedi Yusuf, — bunisi toʻngʻichi, oʻng qoʻlingizni uning boshiga qoʻying.
19Lekin otasi rozi boʻlmadi:
— Bilaman, oʻgʻlim, bilaman. Manashening nasli ham buyuk xalq boʻladi. Lekin Efrayimning avlodi, Manashenikiga qaraganda, yanada buyuk boʻlib, Efrayimning avlodidan koʻp xalqlar kelib chiqadi.
20Yoqub oʻsha kuni Efrayim bilan Manasheni shunday deb duo qildi:
“Isroil xalqi sizlarning nomingizni aytar bir–birini duo qilganda,
Efrayim va Manasheday qilsin seni Xudo, deb aytganlarida.”
Shunday qilib, Yoqub Efrayimni Manashedan yuqori qoʻydi.
21Shundan keyin Yoqub Yusufga dedi:
— Mening umrim oxirlab boryapti. Lekin Xudo sizlar bilan birga boʻladi, sizlarni ota–bobolaringizning yeriga yana qaytarib olib boradi. 22Shakamni#48:22 Shakam — 12:6 ning birinchi izohiga qarang. Bu oʻrindagi ibroniycha soʻzni ulush yoki tepaliklar deb tarjima qilsa ham boʻladi. esa akalaringga emas, senga beryapman. Bu hosildor yerlarni men qilichu kamonim bilan Amor xalqlaridan tortib olganman#48:22 …men qilichu kamonim bilan Amor xalqlaridan tortib olganman — 34:25-29 da bayon etilgan voqea nazarda tutilgan boʻlishi mumkin, lekin oʻsha paytda Yoqub ikkala oʻgʻlining qilmishini qattiq tanqid qilgan edi (34:30 ga qarang). Kitobda yozilmagan boshqa bir hodisa nazarda tutilgan boʻlishi ham mumkin..
Currently Selected:
Ibtido 48: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy
Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020