Ibtido 46
46
46–BOB
Yoqub va uning oilasi Misrga koʻchadi
1Shunday qilib, Yoqub#46:1 Yoqub — ibroniycha matnda Isroil, Yoqubning yana bir ismi (shu bobning 2, 30–oyatlarida ham bor). 32:27-28 ga qarang. butun mol–mulkini olib, yoʻlga chiqdi. U Bershebaga#46:1 Bersheba — shu yerda Xudo Yoqubning otasi Isʼhoqqa zohir boʻlgan, Isʼhoq Xudoga atab bir qurbongoh qurgan edi (26:23-25 ga qarang). yetib kelib, otasi Isʼhoqning Xudosiga qurbonliklar qildi. 2Tunda Xudodan Yoqubga vahiy keldi:
— Yoqub! Yoqub!
— Labbay! — dedi u.
3— Men Xudoman, otangning Xudosiman, — dedi Xudo. — Qoʻrqmasdan Misrga boraver, Men u yerda sendan buyuk xalq yarataman. 4Men sen bilan birga Misrga boraman. Sen Yusufning qoʻlida jon berasan. Vaqti kelib, Sening naslingni Oʻzim Misrdan olib chiqaman.
5Soʻngra Yoqub Bershebadan ketdi. Oʻgʻillar otasini, bolalarini, xotinlarini firʼavn yuborgan aravalarga oʻtqazdilar. 6Ular Kanʼonda orttirgan chorvasini, hamma mol–mulkini olib, Misrga ketdilar. Yoqub va uning hamma oila aʼzolari 7— oʻgʻillari, qizlari va nabiralari ketdilar.
8Misrga ketgan Isroil xalqi, yaʼni Yoqub naslining ismlari quyidagichadir:
Yoqubning Leaxdan koʻrgan nasli
Yoqubning toʻngʻich oʻgʻli Ruben va 9uning oʻgʻillari — Xanoʻx, Palluv, Xazron va Karmi.
10Shimoʻn va uning oʻgʻillari — Yamuvol, Yomin, Oxad, Yoxin, Zoʻxar va Shovul. (Shovulning onasi Kanʼonlik edi.)
11Levi va uning oʻgʻillari — Gershon, Qohot, Marori.
12Yahudo va uning oʻgʻillari — Gʻur, Oʻnan, Shelo, Paraz va Zerax. (Lekin Gʻur va Oʻnan Kanʼon yurtida vafot etgan edilar#46:12 …Gʻur va Oʻnan Kanʼon yurtida vafot etgan edilar — 38:6-10 ga qarang..)
Paraz va uning oʻgʻillari — Xazron va Xomul.
13Issaxor va uning oʻgʻillari — Toʻlo, Puvax, Yoshuv#46:13 Yoshuv — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Yoʻv. Uning Yoshuv degan shakli 1 Solnomalar 7:1 dan olingan (yana Sahroda 26:24 ga qarang). va Shimron.
14Zabulun va uning oʻgʻillari — Sared, Eloʻn va Yaxliyol.
15Leaxning bu oʻgʻillari va qizi Dina Paddon–Oramda#46:15 Paddon–Oram — 25:20 izohiga qarang. tugʻilgan edilar. Yoqubning Leaxdan tarqalgan nasli jami boʻlib oʻttiz uch kishi edi.
Leaxning choʻrisi Zilpodan Yoqubning koʻrgan nasli
16Gad va uning oʻgʻillari — Zafoʻn#46:16 Zafoʻn — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Zifiyon. Uning Zafoʻn degan shakli Sahroda 26:15 dan olingan., Xagi, Shuno, Ezboʻn, Eri, Aroʻd#46:16 Aroʻd — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Aroʻdi. Uning Aroʻd degan shakli Sahroda 26:17 dan olingan. va Erali.
17Osher va uning oʻgʻillari — Yimnax, Yishvo, Yishvi va Bariyo. Bularning Serax degan singillari ham bor edi. Bariyoning oʻgʻillari — Xaber va Malxiyol.
18Zilpo Yoqubga tugʻib bergan nasl ana shulardir. Ular hammasi boʻlib oʻn olti kishi edi. Lobon Zilponi qizi Leaxga choʻri qilib bergan edi.
Yoqubning Rohiladan koʻrgan nasli
19Yoqubning xotini Rohila tuqqan oʻgʻillar — Yusuf bilan Benyamin.
20Yusuf Misr yurtida ikki oʻgʻil — Manashe va Efrayimni koʻrdi. Yusufning xotini Osanat On shahrining#46:20 On shahri — 41:45 izohiga qarang. ruhoniysi Poʻtiferoning qizi edi.
21Benyamin oʻgʻillari — Belax, Boxir, Oshbol, Gera, Noʻmon, Exi, Roʻsh, Mupim, Xupim va Ard.
22Yoqubning Rohiladan tarqalgan nasli ana shulardir. Ular hammasi boʻlib oʻn toʻrt kishi edi.
Rohilaning choʻrisi Bilxaxdan Yoqubning koʻrgan nasli
23Dan va uning oʻgʻli — Xushim.
24Naftali va uning oʻgʻillari — Yaxziyol, Goʻno, Izar va Shillem.
25Yoqubning Bilxaxdan tarqalgan nasli ana shulardir. Bilxaxni Lobon qizi Rohilaga choʻri qilib bergan edi. Hammasi boʻlib yetti kishi edi.
26Yoqub bilan birga Misrga kelgan uning nasli hammasi boʻlib oltmish olti kishi#46:26 oltmish olti kishi — shu bobning 8-25–oyatlaridagi roʻyxatda jami yetmishta odam keltirilgan, aslida esa Misrga oltmish oltita odam kelgan edi. Roʻyxatda aytib oʻtilgan Gʻoʻr va Oʻnan kelganlarning qatorida sanalmagan, chunki ular Kanʼon yurtida vafot etganlar (shu bobning 12–oyatiga qarang). Yusuf, Manashe va Efrayim ham kelganlarning qatorida sanalmaganlar, ular allaqachon Misrda edilar. Dina roʻyxatdagilarga qoʻshib sanalmagan, lekin kelganlar qatorida sanalgan (shu bobning 15–oyatiga qarang). Shunday qilib, Misrga oltmish olti kishi kelgan edi. edi. Kelinlari bu hisobga kirmasdi. 27Yusuf Misrda ikki oʻgʻil koʻrgan edi. Shunday qilib, Yoqub xonadonidan Misrga kelganlar hammasi boʻlib yetmish kishi#46:27 yetmish kishi — yetmish soniga shu bobning 8-25–oyatlarida aytib oʻtilgan roʻyxatdagi yetmishta odam kiradi. Kanʼon yurtida vafot etgan Gʻur va Oʻnan Misrga kelganlarning orasida hisoblanmagan (shu bobning 12–oyatiga qarang), ularning oʻrniga Yoqubning oʻzi va Dina qoʻshib hisoblangan (shu bobning 15–oyatiga qarang). Shunday qilib, hammasi yetmish kishi edi. edi.
Yoqub va uning xonadoni Misrda
28Yoqub Yahudoni Yusufning oldiga: “Bizni Goʻshen yerlarida#46:28 Goʻshen yerlari — 45:10 ga va oʻsha oyatning izohiga qarang. kutib ol” degan xabar bilan oʻzlaridan oldin joʻnatdi. Ular Goʻshenga yetib kelganlarida, 29Yusuf aravasini qoʻshib, otasini kutib olish uchun Goʻshenga bordi. Yusuf otasini koʻrishi bilanoq, uni quchoqlab, boʻyniga osilib, uzoq yigʻladi. 30Yoqub Yusufga:
— Tirik ekaningni koʻzlarim bilan koʻrdim, endi oʻlsam ham armonim yoʻq, — dedi. 31Yusuf aka–ukalariga, otasi xonadonining qolgan ahliga dedi:
— Men borib, firʼavnga: “Kanʼon yurtidan aka–ukalarim, otamning qolgan oila aʼzolari mening oldimga kelishdi”, deb xabar berayin. 32Men firʼavnga yana: “Ular choʻpon, chorvadorlik bilan shugʻullanishadi, mol–qoʻylarini, bor mulkini olib kelishibdi”, deb aytayin. 33Firʼavn sizlarni chaqirib: “Kasb–koringiz nima?” deb soʻrab qolsa, 34unga: “Biz, qullaringiz, yoshligimizdan hozirgacha choʻponlik bilan mashgʻulmiz, ota–bobolarimiz ham choʻpon boʻlib oʻtishgan”, deb aytinglar. Toki Goʻshen yerlariga oʻrnashib olishlaringizga u ijozat bersin. Chunki Misrliklar choʻponlardan hazar qilishadi.
Currently Selected:
Ibtido 46: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy
Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020