Ibtido 28
28
28–BOB
1Shunday qilib, Isʼhoq Yoqubni chaqirtirib, uni duo qildi va shunday maslahat berdi:
— Kanʼonlik qizlarga uylanma. 2Hoziroq Paddon–Oramga#28:2 Paddon–Oram — 25:20 izohiga qarang. — bobong Batuvalning xonadoniga joʻna. U yerda togʻang Lobonning qizlaridan birortasiga uylan. 3Qodir Xudo baraka berib, seni koʻpaytirsin. Sening naslingdan koʻp xalqlar kelib chiqsin. 4Xudo Ibrohimga vaʼda qilgan barakasini senga va sening naslingga ato qilsin. Biz hozir musofir boʻlib yashayotgan, Xudo Ibrohimga bergan shu yurt sening mulking boʻlsin.
5Shunday qilib, Isʼhoq Yoqubni joʻnatdi. Yoqub Paddon–Oramga — Oramlik#28:5 Oramlik — Paddon–Oramda istiqomat qilgan odam (25:20 ga va oʻsha oyatning izohiga qarang). Batuvalning oʻgʻli, togʻasi Lobonnikiga ketdi.
Esov boshqa xotinga uylanadi
6-7Esov eshitdiki, otasi Yoqubni duo qilib, uni Paddon–Oramga joʻnatibdi. Yoqub ota–onasining gaplariga itoat etib, Paddon–Oramga ketibdi. Otasi Yoqubga: “Oʻsha yerdan uylangin”, debdi, “Kanʼonlik qizlarga uylanma”, deb ogohlantiribdi. 8Kanʼonlik xotinlari otasiga yoqmasligini Esov tushunib yetdi. 9Esov amakisi Ismoilning xonadoniga bordi va xotinlari ustiga, Ibrohim oʻgʻli Ismoilning qizlaridan biriga uylandi. Yangi xotinining ismi Maxalat edi. Maxalatning Navayot#28:9 Navayot — Ismoilning toʻngʻich oʻgʻli (25:13 ga qarang). degan akasi ham bor edi.
Yoqub Baytilda tush koʻradi
10Yoqub Bersheba shahridan chiqib, Xoron#28:10 Xoron — 11:31 izohiga qarang. tomonga qarab ketdi. 11U bir joyga yetib kelganda, kun botgan edi. Shuning uchun oʻsha yerda tunashga toʻxtadi. U bir tosh topdi–da, toshni boshining ostiga qoʻyib uxlagani yotdi. 12Bir payt u tushida bir zinapoyani#28:12 zinapoya — yoki narvon (shu bobning 13–oyatida ham bor). koʻrdi. Zinapoyaning pasti yerga, tepasi esa osmonga tegib turganmish. Xudoning farishtalari zinapoyadan chiqib, tushayotgan emishlar. 13Zinapoyaning yonida#28:13 Zinapoyaning yonida… — yoki Yoqubning yonida… yoxud Zinapoyaning tepasida…. Egamiz turgan emish. Egamiz Yoqubga shunday debdi:
— Men bobong Ibrohimning, otang Isʼhoqning Xudosi — Egangman. Hozir sen yotgan yer oʻzingniki boʻladi. Bu yerni senga va sening naslingga beraman. 14Sening nasling yerning qumi singari son–sanoqsiz boʻladi. Ular gʻarbu sharqqa, shimolu janubga qarab yer yuziga yoyilib ketadilar. Yer yuzidagi hamma xalqlar sen va sening nasling orqali baraka topadi. 15Shuni bilginki, Men sen bilan birgaman, qayerga bormagin, Men seni saqlayman. Shu yurtga seni yana qaytarib olib kelaman. Men seni hech qachon tark etmayman, bergan vaʼdalarimni oxirigacha bajaraman.
16Yoqub uygʻonib ketdi va: “Haqiqatan ham Egamiz shu yerda ekan, men esa buni bilmabman”, dedi. 17U qoʻrqib ketdi: “Bu joy Xudoning uyi ekan, samoga ochiladigan darvozaning oʻzi! Naqadar qoʻrqinchli–ya bu joy!” dedi.
18Yoqub saharda turdi. Boshining ostiga qoʻygan toshni olib, yodgorlik qilib oʻrnatdi. Keyin yodgorlik toshining ustidan Xudoga atab zaytun moyi quydi. 19Ilgari bu joyning nomi Luz edi. Yoqub esa bu joyga Baytil#28:19 Baytil — ibroniychadagi maʼnosi Xudoning uyi. Baytil Quddusdan qariyb 19 kilometr shimolda joylashgan. deb nom berdi. 20Soʻng Yoqub quyidagicha qasam ichdi: “Agar Xudo men bilan birga boʻlsa, boradigan shu yoʻlimda meni asrasa, menga rizq–roʻzimni va kiyim bersa, 21otamning xonadoniga eson–omon qaytarib olib kelsa, Egam mening Xudoyim boʻladi. 22Men yodgorlik qilib oʻrnatgan shu tosh Xudoga sajda qiladigan joy boʻladi. Xudo menga bergan hamma narsaning oʻndan birini ushr qilib albatta beraman.”
Currently Selected:
Ibtido 28: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy
Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020