Ibtido 25
25
25–BOB
Ibrohimning boshqa oʻgʻillari
1Ibrohim boshqa ayolga uylandi. U ayolning ismi Xaturo edi. 2U Ibrohimga bir necha oʻgʻil tugʻib berdi. Oʻgʻillarning ismi Zimron, Yoxshon, Midon, Midiyon, Yishboq va Shuvax edi. 3Yoxshonning Shava va Dedon degan oʻgʻillari bor edi. Dedonning nasli Ashur, Latush va Lum xalqlari edi. 4Midiyonning oʻgʻillari Efax, Ifar, Xanoʻx, Avido va Eldax edilar. Xaturodan bino boʻlgan oʻgʻillari mana shular edilar. 5Ibrohim butun mol–mulkini oʻgʻli Isʼhoqqa berdi. 6Ibrohim hayot ekan, choʻrilari#25:6 choʻrilar — 22:24 izohiga qarang. tugʻib bergan oʻgʻillariga hadyalar berdi va oʻsha oʻgʻillarini Isʼhoqning oldidan nariga — sharq tomondagi yurtga joʻnatdi.
Ibrohim vafot etib, dafn qilinadi
7Ibrohim 175 yil yashab, 8nuroniy yoshda, keksayib, olamdan oʻtdi. 9Oʻgʻillari Isʼhoq bilan Ismoil uni Mamre sharqidagi Maxpala dalasining chetida joylashgan gʻorga dafn qildilar. Bu dala ilgari Xet xalqidan boʻlgan Zoʻxar oʻgʻli Efroʻnniki edi. 10Bu dalani Ibrohim Xet xalqidan#25:10 Xet xalqi — ibroniycha matnda Xet nasli (10:15 ga qarang). sotib olgan edi. Ibrohim bu gʻorda xotini Soraning yoniga dafn qilindi#25:10 …xotini Soraning yoniga dafn qilindi — 23:19 ga qarang.. 11Ibrohim vafot etgandan keyin, Xudo uning oʻgʻli Isʼhoqqa baraka berdi. Isʼhoq Ber–Laxay–Ruy qudugʻi#25:11 Ber–Laxay–Ruy qudugʻi — 16:7-14 oyatlarga va 16:14 izohiga qarang. yonida istiqomat qilardi.
Ismoilning nasli
12Soraning Misrlik choʻrisi Hojar Ibrohimga tugʻib bergan Ismoilning nasl–nasabi tarixi quyidagichadir:
13Tugʻilish tartibiga koʻra, Ismoil oʻgʻillarining ismlari quyidagicha: toʻngʻich oʻgʻli — Navayot, keyingilari Kedar, Adbal, Mivsom, 14Mishmo, Dumax, Masso, 15Hadad, Temo, Yatur, Nofish va Kedemax. 16Ismoilning bu oʻn ikki oʻgʻli oʻn ikki qabilaning yoʻlboshchisi boʻldilar. Oʻsha qabilalar chodir qurib joylashgan yerlarga ularning ismlari berildi. 17Ismoil 137 yoshida olamdan oʻtdi. 18Ismoilning nasli Ossuriyaga ketaverishda — Misrning sharqidagi Xavila bilan Shur orasida oʻrnashdi. Ular qarindoshlariga dushman boʻlib yashardilar#25:18 …qarindoshlariga dushman boʻlib yashardilar — yoki …qarindoshlaridan boʻlak boʻlib yashardilar yoxud …qarindoshlaridan sharqda yashardilar (16:12 ga va oʻsha oyatning izohiga qarang)..
Esov bilan Yoqub tugʻiladi
19Ibrohim oʻgʻli Isʼhoqning xonadoni tarixi quyidagichadir:
Ibrohim Isʼhoqning otasi edi. 20Isʼhoq Rivqoga uylanganda qirq yoshda edi. Rivqo Batuvalning qizi, Lobonning singlisi edi. Batuval Oramlik boʻlib, Paddon–Oramdan#25:20 …Oramlik boʻlib, Paddon–Oramdan… — Paddon–Oram hududi Furot daryosi boʻyida joylashgan boʻlib, hozirgi Suriya mamlakatining shimoliy qismini va hozirgi Turkiyaning janubi–sharqiy qismini qamrab olardi. Ibrohimning ayrim qarindoshlari shu hududda yashagan. Paddon–Oram yana Oram–Naxrayim (24:10 ga qarang) va Paddon (48:7 ga qarang) nomlari bilan tanilgan. Oʻsha hududda istiqomat qilgan odamni Oramlik deb atashardi. edi. 21Rivqoning bolasi boʻlmadi. Isʼhoq xotini uchun Egamizga iltijo qildi. Egamiz uning iltijolarini eshitdi. Rivqo homilador boʻldi. 22Rivqoning qornidagi bolalari bir–biri bilan urishardilar. Rivqo: “Agar shunaqa boʻlsa, homilador boʻlishimning nima foydasi bor?!”#25:22 “Agar shunaqa boʻlsa…nima foydasi bor?!” — yoki “Agar shunaqa boʻlsa yashab nima qilaman?!” yoxud “Nechun boshimga bunday koʻrgilik tushdi?!” deb bu haqda Egamizdan soʻradi. 23Egamiz Rivqoga shunday dedi:
“Sening qorningda ikki xalq bor,
Sendan tugʻilganlar ikki xalqqa boʻlinar#25:23 …ikki xalqqa boʻlinar — bu soʻz tugʻiladigan egizak va ulardan kelib chiqadigan xalqlar orasida boʻladigan toʻqnashuvga ishora qiladi. Bu toʻqnashuv ona qornidayoq boshlanib, hatto tugʻilish paytida ham yuz beradi (shu bobning 22, 26–oyatlariga qarang)..
Biri ikkinchisidan kuchli chiqajak,
Kattasi kichigiga xizmat qilajak.”
24Rivqoning oy–kuni yaqinlashib, egizak tugʻdi. 25Toʻngʻichi tugʻilganda, qip–qizil#25:25 qip–qizil — terining rangiga yoki sochi va badanidagi junning rangiga nisbatan ishlatilgan boʻlishi mumkin. Esovni yana Edom deb atashar edi. Edom soʻzi ibroniychadagi qizil soʻziga ohangdosh (shu bobning 30–oyatiga qarang). ekan. Uning tanasi jun matoga oʻxshardi. Shuning uchun uning ismini Esov qoʻydilar#25:25 Uning tanasi jun matoga oʻxshardi…ismini Esov qoʻydilar — Esov ismi ibroniychadagi junli soʻziga ohangdosh. Keyinchalik Esov nasli istiqomat qiladigan yerlar Seir deb atalgan. Seir soʻzining ibroniychadagi maʼnosi — junli.. 26Ukasi esa Esovning tovonini ushlab tugʻildi, shuning uchun uning ismini Yoqub qoʻydilar#25:26 Esovning tovonini ushlab tugʻildi…ismini Yoqub qoʻydilar — ibroniychada Yoqub ismining maʼnosi — u tovonni ushlab oladi. U tovonni ushlab oladi iborasining koʻchma maʼnosi u himoya qiladi demakdir. Yoqub boshqa biron uzun ismning qisqa shakli boʻlishi mumkin. Oʻsha toʻliq ismning maʼnosi Xudo uni himoya qilsin yoki Xudo uni himoya qildi. Ammo u tovonni ushlab oladi iborasining u aldadi degan koʻchma maʼnosi ham bor. Keyinchalik Esov Yoqubning ismini oʻsha iboraning ikkinchi koʻchma maʼnosida ishlatadi (27:36 ga qarang), bu maʼno Yoqub hayotining ilk davrini aks ettiradi.. Egizaklar tugʻilganda, Isʼhoq oltmish yoshda edi.
Esov toʻngʻichlik huquqini sotadi
27Bolalar ulgʻaydilar. Esov — dala–dashtni yaxshi koʻradigan mohir ovchi, Yoqub esa uyda oʻtirishni yoqtiradigan, beozor odam boʻldi. 28Esov ovlab kelgan hayvonlarning goʻshtini Isʼhoq tanovul qilib, lazzat olar, shuning uchun u Esovni yaxshi koʻrardi. Rivqo esa Yoqubni yaxshi koʻrardi.
29Bir kuni Yoqub yasmiq#25:29 yasmiq — dukkaklilar oilasiga mansub oʻsimlik doni. shavla pishirayotgan edi, Esov daladan ochqab, sulayib kelib qoldi. 30Esov Yoqubga:
— Menga ana shu qizil ovqatingdan bergin, oʻlguday qornim ochdi, — dedi. (Shuning uchun u Edom#25:30 Edom — bu ism ibroniychadagi qizil soʻziga ohangdosh. degan ism ham olgan.)
31— Boʻpti, — dedi Yoqub, — lekin buning evaziga menga toʻngʻichlik huquqingni#25:31 toʻngʻichlik huquqi — toʻngʻich oʻgʻilning ukalariga qaraganda ikki barobar katta meros olishga haqi bor edi. Ota olamdan oʻtgandan keyin, toʻngʻich oʻgʻil oila boshi oʻrnini egallar edi. sot.
32— E, toʻngʻichlik huquqimdan menga nima foyda, qornim ochganidan oʻlay deb turibman, — dedi Esov.
33— Oldin menga qasam ich, — dedi Yoqub. Esov Yoqubga qasam ichdi. Shunday qilib, u toʻngʻichlik huquqini Yoqubga sotdi. 34Shundan keyin Yoqub Esovga non bilan yasmiq shavla berdi. Esov yeb–ichib, oʻrnidan turdi–da, oʻz ishlari bilan chiqib ketdi. Shunday qilib, Esov oʻzining toʻngʻichlik huquqini mensimadi.
Currently Selected:
Ibtido 25: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy
Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020