YouVersion Logo
Search Icon

Ibtido 22

22
22–BOB
Xudo Ibrohimga amr beradi
1Shu voqealardan keyin Xudo Ibrohimni sinadi.
— Ibrohim! — deb chaqirdi Xudo.
— Labbay! — deb javob berdi Ibrohim.
2— Yolgʻiz suyukli oʻgʻling Isʼhoqni olib, Moriyox yeriga#22:2 Moriyox yeri — keyinchalik shoh Sulaymon Maʼbadni qurgan joy Moriyox togʻi deb ataladi (2 Solnomalar 3:1 ga qarang). Demak, Ibrohim Isʼhoqni Egamizga qurbonlik qilish uchun olib borgan togʻ ustida keyinchalik Maʼbad qurilgan boʻlishi ham mumkin. Shu bobning 14–oyatidagi Egamizning togʻi iborasi Isroil shohlari davrida Maʼbad turgan toqqa nisbatan ishlatilgan. bor, — dedi Xudo. — Men senga bir togʻni koʻrsataman, oʻsha togʻda oʻgʻlingni qurbonlik qilib kuydirasan.
3Ertasi kuni Ibrohim saharda turib, eshagini egarladi. Olovda kuydiriladigan qurbonlik uchun oʻtin tayyorladi. Soʻng ikki xizmatkori va oʻgʻli Isʼhoqni yoniga olib, Xudo aytgan yerga joʻnadi. 4Uch kun yoʻl yurganlaridan keyin, Ibrohim uzoqdan oʻsha joyni koʻrdi. 5Ibrohim xizmatkorlariga dedi:
— Sizlar shu yerda — eshakning yonida qolinglar. Oʻgʻlim bilan hov anavi yerga boramiz–u, u yerda sajda qilib, shu yerga qaytib kelamiz.
6Ibrohim qurbonlik kuydirish uchun oʻtinni olib, oʻgʻli Isʼhoqning yelkasiga ortdi. Oʻzi esa pichoq bilan choʻgʻni olib ketdi. Ikkovlari birga ketishdi.
7— Otajon! — dedi bir payt Isʼhoq otasiga.
— Labbay, oʻgʻlim, — deb javob berdi Ibrohim.
— Olov bilan oʻtin bor–u, lekin qurbonlik qilib kuydiriladigan qoʻzi qani? — deb soʻradi Isʼhoq.
8— Qurbonlik qilib kuydiriladigan qoʻzini Xudoning Oʻzi beradi#22:8 …Xudoning Oʻzi beradi… — ibroniycha matndan soʻzma–soʻz tarjimasi …Xudoning Oʻzi koʻrib beradi…, yaʼni Xudo vaziyatni koʻrib turib, kerakli hamma narsani Oʻzi yetkazib beradi degan maʼnoni anglatadi., oʻgʻlim, — deb javob qildi Ibrohim. Shunday qilib, ikkovlari birga yoʻlda davom etishdi.
9Ular Xudo koʻrsatgan yerga yetib kelganlaridan keyin, Ibrohim qurbongoh qurib, qurbongohga oʻtin qaladi. Soʻngra u oʻgʻli Isʼhoqni bogʻlab, qurbongohdagi oʻtinlar ustiga yotqizdi. 10Ibrohim pichoqni oldi va oʻgʻlini boʻgʻizlashga shaylandi. 11Shu payt Egamizning farishtasi samodan unga hayqirdi:
— Ibrohim! Ibrohim!
— Labbay! — deb javob berdi Ibrohim.
12— Pichoqni tashla! — deb buyurdi farishta. — Bunday qilma, bolaga zarar yetkazma. Endi bildim, sen haqiqatan Xudodan qoʻrqar ekansan. Sen hatto yagona oʻgʻlingni ham Mendan ayamading.
13Ibrohim boshini koʻtarib, qoʻchqorni koʻrib qoldi. Qoʻchqorning shohlari chakalaklarga oʻralib qolgan edi. Ibrohim qoʻchqorni ushlab, qurbongohda oʻgʻlining oʻrniga kuydirib qurbonlik qildi. 14Shuning uchun bu joyga Ibrohim “Egamiz beradi”#22:14 “Egamiz beradi” — ibroniycha matndan soʻzma–soʻz tarjimasi Egamiz koʻrib turibdi (shu bobning 8–oyatiga va oʻsha oyatning izohiga qarang). deb nom qoʻydi. Bu nom bugungi kunda#22:14 bugungi kunda — shu kitob yozilgan vaqtga ishora.: “Egamizning togʻida#22:14 Egamizning togʻi — shu bobning 2–oyati izohiga qarang. beriladi#22:14 …beriladi… — yoki …U zohir boʻladi….” degan hikmatga aylanib ketgan.
15Shundan keyin Egamizning farishtasi samodan Ibrohimni yana chaqirdi:
16— Egang aytmoqda: “Menga itoat qilganing uchun, hatto yagona oʻgʻlingni ham Mendan ayamaganing uchun Oʻzimning nomim bilan qasamyod qilaman#22:16 …Oʻzimning nomim bilan qasamyod qilaman… — qadimgi Yaqin Sharqda odamlar aytgan gapini tasdiqlash uchun, oʻzlaridan buyukroq zot nomini yoki narsani oʻrtaga qoʻyib qasam ichishar edi. Xudo borliqdagi eng buyuk Zot boʻlgani uchun, U aytgan soʻzining qatʼiy ekanligini koʻrsatish maqsadida Oʻz nomini oʻrtaga qoʻyib qasam ichdi.: 17senga albatta qut–baraka beraman. Naslingni osmondagi yulduzlarday, dengiz qirgʻogʻidagi qumday son–sanoqsiz qilib koʻpaytiraman. Nasling gʻanimlarining darvozalarini egallaydilar. 18Menga itoat qilganing uchun yer yuzidagi hamma xalqlar sening nasling orqali baraka topadi.”
19Shunday qilib, Ibrohim oʻgʻli bilan birga xizmatkorlari yoniga qaytib keldi va Bershebaga — uyiga yoʻl oldi. Ibrohim Bershebada yashab qoldi.
Naxoʻrning nasli
20Shundan keyin Ibrohim: “Ukang Naxoʻrning xotini Milxo sakkiz nafar oʻgʻil tuqqan” degan xabarni eshitdi. 21Toʻngʻich oʻgʻlining ismi Uz, keyingisining oti Buz, undan keyingisiniki Kamuvol (Kamuvol Oramning otasi boʻldi), 22Xosit, Xazo, Pildash, Yidlaf, Batuval edi. 23Batuval bir qiz koʻrib, otini Rivqo qoʻydi. 24Milxo tugʻib bergan sakkiz nafar oʻgʻlidan tashqari, Naxoʻrning Ravumo degan choʻrisi#22:24 choʻri — ibroniycha matnda bu soʻzning maʼnosi quyidagicha: choʻri boʻlgan ayollar qonuniy xotin boʻlmasalar–da, xoʻjayinlari ular bilan jinsiy aloqada boʻlishgan. Qadimgi paytlarda bu ayollarning jiddiy qonuniy huquqlari boʻlib, xoʻjayinlari ularning erlari sifatida boʻlgan. ham unga toʻrt oʻgʻil tugʻib berdi. Bu oʻgʻillarining ismi Tavax, Gaxam, Taxash va Maxo edi.

Currently Selected:

Ibtido 22: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in