Ibtido 13
13
13–BOB
Ibrom va Lut bir–biridan ayriladi
1Shunday qilib, Ibrom#13:1 Ibrom — 11:26 izohiga qarang. xotinini, jiyani Lutni va bor mol–mulkini olib, Misrdan chiqdi va shimolga — Nagav choʻliga#13:1 Nagav choʻli — 12:9 izohiga qarang. yoʻl oldi.
2Ibrom endi juda boyib ketgan, mol–qoʻylari, kumushu oltini koʻp edi. 3U Nagav choʻlidan Baytilga borguncha bir joydan ikkinchi joyga koʻchib yurdi. Nihoyat, Baytil bilan Ay oraligʻiga#13:3 …Baytil bilan Ay oraligʻiga… — 12:8 ga va oʻsha oyatning izohiga qarang. yetib keldi. U oldin ham shu yerda chodir tikib, 4qurbongoh qurgan edi. Ibrom oʻsha yerda yana Egamizga sajda qildi. 5Ibrom bilan birga ketayotgan Lut ham juda boy boʻlib, mol–qoʻylari, koʻplab chodirlari bor edi. 6Ikkovlari chorvasi bilan bir joyda yashashlari uchun yer torlik qilib qoldi. 7Qolaversa, Ibromning choʻponlari bilan Lutning choʻponlari oʻrtasida janjal chiqib qoldi. Bu paytda oʻsha yurtda Kanʼon va Pariz xalqlari yashardilar.
8Shunda Ibrom Lutga dedi:
— Mening choʻponlarim bilan sening choʻponlaring oʻrtasida janjal boʻlmasligi kerak. Axir, biz yaqin qarindoshlarmiz. 9Nima qilishimiz lozimligini men senga aytay. Sen mana shu yerdan yaxshi joyini keragicha tanlab ol, keyin bir–birimizdan ajralaylik. Agar sen chap tomonga ketsang, men oʻng tomonga ketaman, agar sen oʻng tomonga ketsang, men chap tomonga ketaman.
10Lut Zoʻvar tomondagi Iordan vodiysining serhosil tekisliklariga qaradi. Hamma yoq sersuv, goʻyo Egamiz yaratgan boqqa#13:10 …Egamiz yaratgan boqqa… — Adan bogʻiga ishora. va Misrning ajoyib yerlariga oʻxshardi. Egamiz Sadoʻm va Gʻamoʻra shaharlarini vayron qilmasdan oldin vodiy shunaqa edi. 11Shunday qilib, Lut Iordan tekisliklarini tanladi va sharq tomonga ketdi. Shu tariqa Ibrom bilan Lut bir–biridan ayrildilar. 12Ibrom Kanʼon yurtida oʻrnashdi, Lut esa Iordan tekisliklaridagi shaharlar orasiga oʻrnashib, chodirlarini Sadoʻm yoniga koʻchirdi. 13Sadoʻm aholisi oʻta qabih boʻlib, Egamizga qarshi ogʻir gunohlar qilar edilar.
Ibrom Xevronga koʻchadi
14Lut Ibromdan ayrilib ketgandan keyin, Egamiz Ibromga dedi:
— Mana shu turgan joyingdan shimolga, janubga, sharqqa va gʻarbga qara. 15Sen koʻrib turgan hamma yerni senga va sening naslingga abadiy mulk qilib beraman. 16Men sening naslingni yerdagi qumday koʻpaytiraman. Kimki yerdagi qumni sanay olsa, sening naslingni ham sanay oladi. 17Qani, otlan, yurtni aylanib chiq. Men bu yurtni senga mulk qilib beraman.
18Shunday qilib, Ibrom chodirini yigʻishtirib, Xevrondagi#13:18 Xevron — Quddusdan qariyb 32 kilometr janubi–gʻarbda joylashgan shahar. Mamre nomli muqaddas emanzor#13:18 emanzor — yoki terebintzor. 12:6 ning ikkinchi izohiga qarang. yoniga keldi va oʻsha yerda oʻrnashdi. U yerda Egamizga qurbongoh qurdi.
Currently Selected:
Ibtido 13: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy
Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020