Chiqish 31
31
31–BOB
Egamiz Muqaddas chodirni yasash uchun mohir ustalarni tanlaydi
1Egamiz Musoga yana gapirdi: 2“Ana, Men Yahudo qabilasidan Urining oʻgʻli, Xurning nabirasi Bazalilni tanladim. 3Men uni Ruhim bilan toʻldirib, hunarmandchilikning hamma turi boʻyicha mohir va idrokli qildim, qobiliyat ato etdim. 4U ajoyib badiiy bezaklar qilishga, bezaklarga oltin, kumush va bronza bilan ishlov berishga, 5qimmatbaho toshlarni oʻyishga, ularga ishlov berib jihozlashga, yogʻoch oʻymakorligiga, badiiy hunarmandchilikka layoqatlidir. 6Dan qabilasidan Oxisamax oʻgʻli Oxoliyovni unga yordamchi qilib tanladim. Men hamma hunarmandlarga lozim darajada qobiliyat ato qilganman. Men senga amr bergan quyidagi ashyolarni ular yasaydilar va tikadilar:
7Uchrashuv chodirini,
Ahd sandigʻi#31:7 Ahd sandigʻi — ibroniycha matnda Guvohlik sandigʻi, Ahd sandigʻining yana bir nomi. 16:34 izohiga qarang. va Sandiqning qopqogʻini,
Chodirning boshqa hamma jihozlari 8— xontaxta, xontaxtaning buyumlari, toza oltindan chiroqpoya va chiroqpoyaning hamma buyumlarini, tutatqi qurbongohini, 9qurbonlik kuydiriladigan qurbongoh va qurbongohning hamma buyumlarini, qoʻlyuvgich va qoʻlyuvgichning tagligini,
10ruhoniy Horun uchun ajoyib qilib tikilgan muqaddas liboslarni, uning oʻgʻillari ruhoniy boʻlib xizmat qilganlarida kiyadigan liboslarni,
11muqaddas qiladigan moy#31:11 muqaddas qiladigan moy — 25:6 izohiga qarang. va Muqaddas xona uchun xushboʻy tutatqini.
Men senga qanday amr etgan boʻlsam, ular xuddi shunday qilib bajarishsin.”
Shabbat kuni toʻgʻrisidagi amr
12Soʻngra Egamiz Musoga aytdi:
13— Isroil xalqiga Mening shu gapimni yetkaz: “Menga bagʻishlangan Shabbat kuniga rioya qilib yuringlar. Avlodlaringiz osha Shabbat kuni Men bilan sizlarning orangizda alomat boʻlib xizmat qiladi. Shu orqali Egangiz Men ekanligimni bilib olasizlar. Sizlarni Men muqaddas qilib boshqalardan ajrataman. 14Shabbat kuniga rioya qilib yuringlar, bu kunni muqaddas deb bilinglar. Kimki bu kunni izzat qilmasa, oʻsha odamning jazosi oʻlimdir. Kimki oʻsha kuni ishlasa, u Isroil xalqi orasidan yoʻq qilinadi. 15Hamma ishlaringizni bajarishingiz uchun olti kun bor. Yettinchi kun — Shabbat kuni esa hamma ishlardan tinib, Men, Egangizga atab ajratilgan kundir. Kim Shabbat kuni ishlasa, oʻshaning jazosi oʻlimdir. 16Isroil xalqi avlodlar osha Shabbat qonun–qoidalariga itoat etish orqali bu kunga rioya qilib yurishlari lozim. 17Bu sen bilan Mening oʻrtamizdagi ahdning doimiy alomatidir, Men, Egangiz, olti kun davomida yer va osmonni yaratib, yettinchi kuni tinib, orom olganimni doimo eslatib turadi.”
18Shunday qilib, Xudo Sinay togʻida Muso bilan gapini tugatib#31:18 …Xudo Sinay togʻida Muso bilan gapini tugatib… — Egamiz togʻda Musoga bergan barcha koʻrsatmalar 25:1-31:17 da qayd etilgan (24:18 ga qarang)., unga ikkita tosh lavhani berdi. Lavhalarga bitilgan ahdning#31:18 ahd — ibroniycha matnda guvohlik. 25:16 izohiga qarang. amr va qonunlarini Xudoning Oʻzi yozgan edi.
Currently Selected:
Chiqish 31: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020