Chiqish 30
30
30–BOB
Tutatqi qurbongohiga oid koʻrsatmalar
1Tutatqi tutatish uchun akas yogʻochidan#30:1 akas yogʻochi — 25:5 ning ikkinchi izohiga qarang. qurbongoh#30:1 qurbongoh — lugʻatdagi QURBONGOH soʻzi ostida berilgan TUTATQI QURBONGOHI iborasiga ishlangan rasmga qarang. yasat. 2Qurbongoh toʻrtburchak, uzunligi bir tirsak, eni ham bir tirsak, boʻyi esa ikki tirsak#30:2 …uzunligi bir tirsak, eni ham bir tirsak, boʻyi esa ikki tirsak… — uzunligi va eni taxminan 45 santimetrga, boʻyi taxminan 90 santimetrga toʻgʻri keladi. boʻlsin. Qurbongohning toʻrtala burchagiga oʻzidan yoʻnib chiqarilgan bittadan shox yasat. 3Qurbongohning ustini, yon–atrofini, shoxlarini toza oltin bilan qoplat, aylanasi boʻylab oltindan gulchambar yasat. 4-5Qurbongohning ikki tomonidagi gulchambarning ostiga ikkita oltin halqa oʻrnashtir. Akas yogʻochidan ikkita xoda yasatib, ularni oltin bilan qoplat. Bu xodalarni halqalardan oʻtkazib, qurbongohni koʻtarib yurishda foydalan. 6Tutatqi qurbongohini Ahd sandigʻining#30:6 Ahd sandigʻi — ibroniycha matnda Guvohlik sandigʻi, Ahd sandigʻining yana bir nomi (shu bobning 26–oyatida ham bor). 16:34 izohiga qarang. qopqogʻi oldida osilib turadigan ichki pardaning tashqarisiga qoʻydir. Bu joy — sen bilan Men uchrashadigan joyning tashqarisida.
7Horun har kuni ertalab moychiroqlardan xabar olganda bu qurbongohda xushboʻy tutatqi tutatsin. 8U kechqurun moychiroqlardan xabar olganda ham tutatqi tutatsin. Bu tutatqi nazrlari sizlarning avlodlaringiz osha Men, Egangizning huzurida har kuni tutatilishi lozim. 9Bu qurbongohda faqat muqaddas tutatqini#30:9 muqaddas tutatqi — ziravorlarning maxsus aralashmasidan hosil boʻlgan bu tutatqining turi faqat tutatqi qurbongohi ustida kuydirilishi mumkin edi (shu bobning 34-38–oyatlariga qarang). tutatinglar. Tutatqi qurbongohida kuydiriladigan qurbonlik keltirmanglar, don nazri yoki sharob nazri ham qilmanglar. 10Horun bir yilda bir marta#30:10 bir yilda bir marta — Poklanish kuniga ishora (Levilar 16:18-19 ga qarang). Poklanish kuni ibroniy kalendarining yettinchi oyi — Tishri oyining oʻninchi kunida nishonlangan (Tishri oyi Itanim oyi deb ham ataladi). Hozirgi kalendarga koʻra, bu oy taxminan sentabrning oʻrtasidan boshlanadi. qurbongohni poklash marosimini oʻtkazsin. Buning uchun gunoh qurbonligining qonidan qurbongohning toʻrtala shoxiga surtib, qurbongohni poklasin. Bu marosim har yili avlodlar osha qilinishi lozim. Bu qurbongoh Men, Egangizga bagʻishlangan gʻoyat muqaddas qurbongohdir.”
Muqaddas chodir uchun toʻlovlar
11Soʻngra Egamiz Musoga yana gapirdi: 12“Isroilda erkaklarni roʻyxatga olganingda, ularning har biri Men, Egangizga himoya qiladigan toʻlov#30:12 himoya qiladigan toʻlov — shu bobning 15–oyati izohiga qarang. toʻlasin. Shunda sen ularni sanaganingda, ularga kulfat keltirmayman. 13-14Roʻyxatga kiritiladigan yigirma va undan yuqori yoshdagi har bir odam 1,25 misqol kumushdan#30:13-14 …1,25 misqol kumushdan… — ibroniycha matnda …yarim shaqaldan ol. Har bir shaqalning ogʻirligi Muqaddas chodirda ishlatiladigan shaqalning ogʻirligiga teng kelib, 20 gera boʻlsin…. 20 gera taxminan 11 grammga toʻgʻri keladi, demak, har bir odam bergan kumush taxminan 6 grammga toʻgʻri keladi. Men, Egangizga nazr qilishi lozim. 15Ular oʻzlarini Mening hukmimdan himoya qiladigan nazrni#30:15 …oʻzlarini Mening hukmimdan himoya qiladigan nazrni… — qadimgi Isroilda odamlarni sanash xavfli hisoblanar edi (1 Shohlar 24–bobga qarang), chunki butun odamzod Xudoga tegishli, deb hisoblangan hamda sanash egalik maʼnosini bildirgan. Bundan tashqari, odamlarni sanash Xudoga ishonmaslikni ham bildirishi mumkin. Odamlarni sanash lashkarning soniga inonish va soxta xavfsizlik hissini vujudga keltirishi mumkin edi. Odamlarni sanash hukmga olib kelishi mumkin boʻlgani uchun, mana shu parchada Xudo, sanalgan odamlar Menga nazr keltirsinlar, deb amr bergan. Shu yoʻl bilan sanalgan odamlar oʻzlarining Xudoga boʻlgan qoʻrquvlarini namoyon etib, oʻzlarini himoya qilar edilar. berganlarida, boy odam oʻshandan koʻp bermasin, kambagʻal ham oʻshandan oz bermasin. 16Bagʻishlangan bu kumushni Uchrashuv chodirini yasash uchun sarf qil. Men, Egangizning huzurida bu kumush Isroil xalqiga hukmimdan himoya qiladigan nazr berilganini eslatib turadi.”
Bronza qoʻlyuvgichga oid koʻrsatmalar
17Egamiz Musoga yana gapirdi: 18“Yuvinish uchun bronzadan qoʻlyuvgich yasat. Qoʻlyuvgichning tagligi ham bronzadan boʻlsin. Qoʻlyuvgichni Uchrashuv chodiri bilan qurbongoh oʻrtasiga oʻrnatib, unga suv quy. 19-20Horun bilan uning oʻgʻillari Uchrashuv chodiriga kirayotganlarida, qoʻlyuvgichdagi suv bilan qoʻllarini va oyoqlarini yuvishsin. Shunda ular nobud boʻlmaydi. Qurbongohda kuydirgani nazrlar olib kelib Men, Egangizga xizmat qilganlarida ham, 21albatta qoʻl–oyoqlarini yuvishsin. Shunda ular nobud boʻlmaydi. Bu Horun va uning nasllari uchun avlodlari osha doimiy qonun boʻlsin.”
Muqaddas qiladigan moyga oid koʻrsatmalar
22Egamiz Musoga yana aytdi: 23“Quyidagi eng yaxshi xushboʻy ziravorlardan ol: 1250 misqol#30:23 1250 misqol — ibroniycha matnda 500 shaqal, taxminan 6 kiloga toʻgʻri keladi. suyuq mirra#30:23 suyuq mirra — maʼlum bir daraxtlar yelimidan tayyorlangan xushboʻy moy., 625 misqol#30:23 625 misqol — ibroniycha matnda 250 shaqal, taxminan 3 kiloga toʻgʻri keladi (shu oyatda ikki marta ishlatilgan). dolchin, 625 misqol qamish 24va 1250 misqol kassiya#30:24 …1250 misqol kassiya — ibroniycha matnda …500 shaqal kassiya, har biri Muqaddas chodirda ishlatiladigan shaqalga koʻra oʻlchangan. Muqaddas chodirda ishlatilgan standart shaqal taxminan 11 grammga toʻgʻri keladi, demak, 500 shaqal kassiya taxminan 5,5 kiloga toʻgʻri keladi.. Sakkiz kosa#30:24 Sakkiz kosa — ibroniycha matnda bir xin, taxminan 4 litrga toʻgʻri keladi. zaytun moyi olib, 25usta odam xushboʻy moy tayyorlash uchun ziravorlarni moy bilan aralashtirsin. Bu muqaddas qiladigan moydir. 26Bu moyni Uchrashuv chodiriga, Ahd sandigʻiga, 27xontaxtaga va xontaxtaning hamma buyumlariga, chiroqpoyaga va uning hamma buyumlariga, tutatqi qurbongohiga, 28qurbonlik kuydiriladigan qurbongohga va uning hamma buyumlariga, qoʻlyuvgichga va uning tagligiga surt. 29Shu tariqa bu narsalarni Menga bagʻishla. Shunda ular gʻoyat muqaddas boʻladi. Birontasi yoki biron narsa ularga tekkanda, muqaddas boʻladi. 30Soʻng Horun bilan oʻgʻillariga bu moydan surtib, ularni bagʻishla, toki ular ruhoniy boʻlib Menga xizmat qilishsin. 31Isroil xalqiga esa Mening shu gapimni yetkaz:
— Muqaddas qiladigan moy sizlarning butun avlodlaringiz osha Menga bagʻishlansin. 32Bu moy ruhoniy boʻlmagan odamning tanasiga surtilmasligi kerak. Shu tarkibdagi moy aralashmasini sizlar tayyorlamanglar. Chunki bu moy muqaddasdir, sizlar bunga muqaddas deb qarashingiz lozim. 33Kimki bunga oʻxshash hidli moyni tayyorlasa yoki bu moydan ruhoniy boʻlmagan odam ustiga surtsa, u Isroil xalqi orasidan yoʻq qilinadi.”
Xushboʻy hidli tutatqiga oid koʻrsatmalar
34-35Egamiz yana Musoga gapirdi: “Quyidagi xushboʻy ziravorlarni olib, ularni aralashtir: yelimdan qilingan ziravor, moluska qobigʻidan qilingan ziravor, xilvon. Soʻngra usta odam toza xushboʻy tutatqidan, xushboʻy aralashmadan bir oʻlchovda olsin. Ularni tuz bilan aralashtirib, toza, muqaddas boʻladigan tutatqi qilsin. 36Bu tutatqidan bir qismini olib, mayda qilib tuygin va Men sen bilan uchrashadigan Uchrashuv chodiridagi Ahd sandigʻi#30:36 Ahd sandigʻi — ibroniycha matnda Guvohlik, Ahd sandigʻining yana bir nomi. 16:34 izohiga qarang. oldiga qoʻy. Bu tutatqini sizlar gʻoyat muqaddas deb bilishingiz lozim. 37Oʻsha tarkibdagi tutatqi aralashmasini oʻzlaringiz uchun qilmanglar. Buni Men, Egangizga bagʻishlangan muqaddas tutatqi deb biling. 38Kimki tutatgani oʻzicha shunga oʻxshagan tutatqi qilsa, u Isroil xalqi orasidan yoʻq qilinadi.”
Currently Selected:
Chiqish 30: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020