YouVersion Logo
Search Icon

Chiqish 1

1
1–BOB
Misrliklar Isroil xalqiga zulm oʻtkazadi
1-4Isroil#1:1-4 Isroil — Yoqubning yana bir ismi (Ibtido 32:27-28 ga qarang). oʻgʻillarining ismlari quyidagichadir: Ruben, Shimoʻn, Levi, Yahudo, Issaxor, Zabulun, Benyamin, Dan, Naftali, Gad, Osher. Ular otasi Yoqub bilan birga oʻz oilalarini olib, Misrga ketgan edilar. 5Oʻshanda Yoqubning avlodi hammasi boʻlib yetmish#1:5 yetmish — Ibtido 46:8-27 oyatlarga va Ibtido 46:27 izohiga qarang. kishidan iborat edi. Uning oʻgʻli Yusuf bu paytda Misrda yashardi.
6Vaqti–soati yetib, Yusuf, uning aka–ukalari va oʻsha avlodning hammasi olamdan oʻtib ketdi. 7Isroil nasli esa barakali boʻlib, borgan sari koʻpayib boraverdi. Misr yurti ular bilan toʻlib–toshdi.
8Oʻsha paytda Misr taxtiga yangi firʼavn#1:8 yangi firʼavn — taxtga oʻtirgan yangi shoh sulolasi nazarda tutilgan boʻlishi mumkin. oʻtirdi. U Yusuf toʻgʻrisida hech narsa bilmasdi. 9U oʻz xalqiga shunday dedi:
— Qaranglar, Isroil xalqi bizga qaraganda koʻpayib, kuchayib ketdi. 10Qani, bir yoʻlini topib, ularni koʻpayib ketishdan toʻxtataylik. Boʻlmasa, urush boʻlib qolganda, ular dushmanlarimizga qoʻshilib, bizga qarshi urush qiladilar. Keyin yurtimizdan qochib ketadilar.
11Shunday qilib, Misrliklar nazoratchilar tayinlab, Isroil xalqini ogʻir ishlarga majbur qildilar, tinka–madorini quritdilar. Isroil xalqi firʼavn uchun Pitom va Ramzes degan ombor shaharlarni#1:11 …Pitom va Ramzes…shaharlar… — Pitom shahri Muqaddas Kitobda faqat bir marta tilga olingan. Bu shaharning aynan qayerda joylashgani maʼlum emas, biroq u Misr shimolidagi Nil deltasining yerlarida joylashgan boʻlishi mumkin. Ramzes shahri keyinchalik oʻsha joyda yashagan firʼavn Ramzes II nomi bilan atalgan mashhur shaharga ishora. Bu shahar ham Nil deltasining yerlarida joylashgan edi, lekin uning aynan qayerda joylashgani maʼlum emas. qurib berdi.
12Lekin Misrliklar Isroil xalqiga qanchalik zulm oʻtkazsalar ham, Isroil xalqi yana ham koʻpayib yurt boʻylab yoyilib borardi. Misrliklar bu ahvoldan qoʻrquvga tushib qoldilar. 13-14Ular Isroil xalqini ayovsiz, zoʻrlik bilan qul qilib, har turli dala ishlariga, loydan gʻisht quyishga majburladilar. Misrliklar ularga shafqat qilmadilar.
15Shifro va Puvo degan ibroniy doyalar bor edi. Misr firʼavni ularga shunday farmon berdi:
16— Ibroniy ayollar koʻzi yoriyotgan paytda doyalik qilayotganingizda, yaxshilab eʼtibor bering: chaqaloq oʻgʻil boʻlsa, oʻldiringlar, qiz boʻlsa, yashayversin.
17Ikkala doya Xudodan qoʻrqardi. Shuning uchun Misr firʼavnining farmoniga itoat etmasdan, oʻgʻil bolalarni oʻldirmadilar. 18Misr firʼavni doyalarni chaqirib soʻradi:
— Nimaga bunaqa qilyapsizlar? Nimaga oʻgʻil bolalarni tirik qoldiryapsizlar?
19— Ibroniy ayollar Misrlik ayollarga oʻxshamaydilar, — deb javob berishdi doyalar. — Ular juda baquvvat, shuning uchun biz bormasimizdan oldin tugʻib qoʻyyaptilar.
20Shuning uchun Xudo doyalarga marhamat qildi. Isroil xalqi koʻpayib, yana ham kuchayaverdi. 21Doyalar Xudodan qoʻrqqanlari uchun, Xudo ularni oilali qildi. 22Shundan keyin firʼavn oʻz xalqiga: “Ibroniylarda tugʻilgan har bir oʻgʻil bola Nil daryosiga uloqtirilsin, qiz bolalar esa yashayversin”, deb farmon berdi.

Currently Selected:

Chiqish 1: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in