Qonunlar 29
29
29–BOB
Moʻab yurtida tuzilgan ahdning shartlari
1-2Egamiz Isroil xalqi bilan Sinay togʻida#29:1-2 Sinay togʻi — ibroniycha matnda Xorev togʻi, Sinay togʻining yana bir nomi. qilgan ahdidan tashqari, Musoga Moʻabda Isroil xalqi bilan ahd qilishni amr etgan edi. Muso butun Isroil xalqini yigʻib, oʻsha ahd shartlarini ularga quyidagicha tushuntirdi:
Egamiz Misrda firʼavnni, uning aʼyonlarini, butun yurtini koʻz oldingizda nimalar qilganini koʻrdingizlar. 3Ogʻir sinovlarning, dahshatli alomatu moʻjizalarning guvohi boʻldingizlar. 4Lekin shu paytgacha Egamiz sizlarga anglaydigan ong, koʻradigan koʻz, eshitadigan quloq bermadi. 5U sizlarni qirq yil sahroda olib yurdi. Shu davrda kiyimingiz eskirmadi, oyogʻingizdagi chorigʻingiz toʻzimadi. 6Non yemadingiz, sharob, oʻtkir ichimlik ichmadingiz. Bularning hammasini U Egangiz Xudo ekanligini bilishingiz uchun qildi. 7Mana shu yerga kelganimizda Xashbon shohi Sixoʻn bilan Bashan shohi Oʻg bizga hujum qilishdi. Biz jang qilib ularni yengdik. 8Ularning yerini tortib olib, Ruben va Gad qabilasiga hamda Manashe qabilasining yarmiga#29:8 Manashe qabilasining yarmi — 3:13 izohiga qarang. mulk qilib berdik. 9Shunday ekan, qiladigan ishlaringiz oʻngidan kelishi uchun mana shu ahd shartlarini bitta qoldirmay bajaringlar.
10-11Bugun hammangiz — qabila boshliqlari, oqsoqollar, nazoratchilar, barcha Isroil erkaklari, bolalar, xotinlar, orangizdagi musofirlar, oʻtin yoruvchidan tortib, suv tortuvchilargacha Egangiz Xudo oldida turibsizlar. 12Bugun Egangiz Xudo bilan ahd qilasizlar. Bu ahdni Egangiz Xudo Oʻz qasami bilan muhrlaydi, 13toki bugundan boshlab sizlar Uning xalqi, U esa sizning Xudoyingiz boʻlsin. U bunday qilishini sizlarga va ota–bobolaringiz Ibrohim, Isʼhoq va Yoqubga qasam ichib vaʼda qilgan edi. 14-15Mana, bugun sizlar biz bilan birga Egamiz Xudoning huzurida turibsizlar. Bu ahd va qasamyodni Xudo nafaqat biz bilan, balki hali dunyoga kelmagan avlodlarimiz bilan qilyapti.
16Misrda qanday turmush kechirganimizni, boshqa xalqlarning hududidan qanday qilib oʻtib kelganimizni sizlar bilasizlar. 17Ularning toshdan, yogʻochdan, kumushdan va oltindan yasalgan jirkanch butlarini koʻrdingizlar. 18Ehtiyot boʻling, oralaringizda Egamiz Xudodan yuragi sovigan, oʻsha xalqlarning xudolariga xizmat qiladigan erkak, ayol, nasl yoki qabila boʻlmasin. Oralaringizda zaharli, achchiq ildiz oʻsmasin. 19Bordi–yu, orangizdagi biror odam bu ahd shartlarini eshitib, koʻnglida: “Oʻzim xohlagan ishni qilsam ham, menga hech narsa qilmaydi”, deb oʻylasa, u hammaning boshiga birday kulfat keltiradi#29:19 …u hammaning boshiga birday kulfat keltiradi — ibroniycha matndan soʻzma–soʻz tarjimasi …u sugʻorilgan yerni ham, suvsiz yerni ham birday yoʻq qiladi. Ibroniycha matndagi gapning maʼnosi bahsli.. 20Egamiz bunday odamdan qattiq gʻazablanadi, uni kechirmaydi. Mana shu kitobda yozilgan ahdning laʼnatlari uning boshiga keladi, Egamiz uning nomini yer yuzidan oʻchiradi. 21Egamiz uni Isroil qabilalari orasidan ajratib oladi–da, mana shu kitobda yozilgan ahdning barcha laʼnatlarini uning ustiga yogʻdiradi. 22Sizlardan keyingi avlod, sizlarning farzandlaringiz, uzoq yurtdan kelgan musofirlar Egamiz shu yurtga keltirgan ofatlar va xastaliklarni koʻradi. 23Butun yurtni oltingugurt va tuz kuydirib tashlagan boʻladi. U yerga hech nima ekib boʻlmaydi, hech narsa unmaydi, hech qanday oʻt oʻsmaydi. Yurtingiz Egamiz gʻazab ustida yoʻq qilgan Sadoʻm, Gʻamoʻra, Adma va Zavoʻyim shaharlariga#29:23 Egamiz gʻazab ustida yoʻq qilgan…shaharlari — Ibtido 19:24-29 ga qarang. oʻxshab qoladi. 24Barcha xalqlar shunday deydi: “Nima uchun bu xalqning Egasi bu yurtni shunday ahvolga soldi ekan–a? Bunday gʻazab sochishning sababi nima ekan–a?” 25Keyin ular shunday aytishadi: “Eh–ha, bu xalq ota–bobolarining Xudosi bilan qilgan ahdidan kechdi. Egasi ularni Misrdan olib chiqqanda ular bilan bu ahdni tuzgan edi. 26Ular Oʻz Egasidan yuz oʻgirib, begona xudolarga xizmat qilishdi. Bunday qilishni Egasi ularga qatʼiyan man etsa–da, ular hech foydasi tegmaydigan bu soxta xudolarga sajda etishdi. 27Shu sababdan Egasi gʻazabini sochdi. Mana shu kitobda yozilgan laʼnatlarning hammasini bu yurtga yogʻdirdi. 28U qattiq jahl bilan, kuchli qahr–gʻazab bilan xalqini oʻz yurtidan sugʻurib olib, boshqa yurtga uloqtirib yubordi. Ular bugungacha oʻsha yurtlardadir.”
29Sirlar Egamiz Xudoga tegishlidir. Ammo U qonunni bizga ayon qildi, toki biz farzandlarimiz bilan bu qonun shartlariga to abad amal qilaylik.
Currently Selected:
Qonunlar 29: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy
![None](/_next/image?url=https%3A%2F%2Fimageproxy.youversionapi.com%2F58%2Fhttps%3A%2F%2Fweb-assets.youversion.com%2Fapp-icons%2Fen.png&w=128&q=75)
Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020