Havoriylar 23
23
23–BOB
1Pavlus Oliy kengash aʼzolariga diqqat bilan qarab shunday dedi:
— Birodarlar! Shu kungacha men Xudo oldida toza vijdon bilan yashadim.
2Oliy ruhoniy Xanoniyo Pavlusning yonida turganlarga: “Uning ogʻziga uringlar!” deb buyurdi. 3Pavlus unga dedi:
— Xudo albatta sizni uradi, ey oqlangan devor! Siz qonunga koʻra, meni hukm qilgani oʻtiribsiz–ku! Nega endi qonunni buzib, meni urishga amr beryapsiz?!
4Pavlusga yaqin turgan odamlar:
— Sen hali Xudoning oliy ruhoniysini haqorat qilyapsanmi?! — dedilar.
5— Birodarlar, men uning oliy ruhoniy ekanini bilmabman, — dedi Pavlus. — Muqaddas bitiklarda: “Oʻz xalqing yoʻlboshchisi toʻgʻrisida yomon gapirmagin”#23:5 Chiqish 22:28 ga qarang., deb aytilgan.
6Pavlus bildiki, bu yerdagilarning baʼzilari sadduqiylar, boshqalari farziylar ekan. U Oliy kengashga qarab daʼvat qildi:
— Birodarlar! Men farziyman, farziyning oʻgʻliman. Oʻliklar tiriladi, deb umid qilganim uchun meni hukm qilyaptilar.
7Pavlus shu gaplarni aytgach, farziylar va sadduqiylar bahslasha boshladilar, guruh ikkiga boʻlindi. 8Sadduqiylar, tirilish ham, farishta ham, ruh ham yoʻq, deb aytardilar, farziylar esa uchalasiga ham ishonardilar. 9Shunda shovqin–suron avjiga chiqdi. Farziy mazhabidan boʻlgan baʼzi Tavrot tafsirchilari oʻrinlaridan turib, qattiq eʼtiroz bildirdilar:
— Biz bu odamda biron ayb topmadik. Ehtimol, ruh yoki farishta unga gapirgan boʻlishi mumkin#23:9 Yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida quyidagi soʻzlar oyatga qoʻshimcha qilingan: biz Xudoga qarshilik koʻrsatmaylik..
10Bahs shu darajada kuchayib ketdiki, mingboshi: “Pavlusni tilka–pora qilishmasaydi”, deb qoʻrqib ketdi. Shundan keyin u askarlarga: “Pastga tushinglar, Pavlusni zudlik bilan olib chiqib, qalʼaga#23:10 qalʼa — 21:34 izohiga qarang. olib kiringlar!” deb buyurdi.
11Oʻsha kuni tunda Pavlusning oldiga Rabbimiz Iso kelib, shunday dedi: “Dadil boʻl! Sen Quddusda Men uchun guvohlik bergan eding, endi Rimda ham guvohlik berishing kerak.”
Pavlusga qarshi fitna
12Ertalab bir necha yahudiylar yigʻilib, fitna qoʻzgʻadilar. Ular: “Pavlusni oʻldirmagunimizcha yeb–ichmaymiz”, deya qasam ichdilar. 13Qasam ichganlar qirq kishidan ortiq edi. 14Shundan keyin ular bosh ruhoniylar bilan yoʻlboshchilarning oldiga borib aytdilar:
— Biz, Pavlusni oʻldirmagunimizcha, yeb–ichmaymiz, deb qatʼiy qasam ichdik. 15Endi sizlar va Oliy kengash aʼzolari mingboshiga: “Pavlusni bizning huzurimizga olib kel, u toʻgʻrida maʼlumotlarni yaxshiroq tekshirib koʻrmoqchimiz”, deb buyuringlar. Pavlus huzuringizga yetib kelmasdan oldin uni oʻldiramiz.
16Pavlusning jiyani, yaʼni singlisining oʻgʻli bu fitna haqida eshitib qoldi. U qalʼaga borib, Pavlusga bu toʻgʻrida aytib berdi. 17Pavlus Rim yuzboshilaridan bittasini chaqirdi–da, shunday dedi:
— Manavi yigitni mingboshining oldiga olib bor. U mingboshiga bir narsa toʻgʻrisida xabar bermoqchi.
18Yuzboshi yigitni mingboshining oldiga olib borib, dedi:
— Mahbus Pavlus meni chaqirib, manavi yigitni sizning oldingizga olib kelishimni iltimos qildi. Uning sizga aytadigan gapi bor ekan.
19Mingboshi yigitni qoʻlidan ushlab bir chetga olib oʻtdi–da, soʻradi:
— Menga nima toʻgʻrisida xabar bermoqchisan?
20U shunday javob berdi:
— Yahudiylar sizdan: “Ertaga Pavlusni Oliy kengashga olib keling”, deb iltimos qilishga kelishib olishdi, goʻyo Oliy kengash Pavlus toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni aniqroq qilib tekshirishar emish. 21Ammo ularga quloq solmang! Qirqtadan koʻproq odam yashirinib, Pavlusni kutib yotibdi. Ular, Pavlusni oʻldirmagunimizcha, yeb–ichmaymiz, deb qasamyod qilganlar. Ular hozir tayyor boʻlib, sizning qaroringizni kutyaptilar.
22Mingboshi yigitga:
— Menga bergan xabaringni birontasiga ayta koʻrma! — dedi. Soʻng unga ruxsat berdi.
Pavlus hokim Feliks huzurida
23Mingboshi yuzboshilardan ikkitasini yoniga chaqirib, dedi:
— Oqshom soat toʻqqizda Qaysariyaga#23:23 Qaysariya — Quddusdan 90 kilometr shimoli–gʻarbda, Oʻrta yer dengizi boʻyida joylashgan muhim shahar. Bu shahar Rim imperiyasiga qarashli boʻlgan Yahudiya viloyatining poytaxti edi. ketish uchun ikki yuzta piyoda askarni, yetmishta otliq askarni, ikki yuzta nayzabardorlarni tayyor qilib qoʻyinglar. 24Pavlusni ham otga mindirib olinglar. Uni hokim Feliks#23:24 hokim Feliks — Rim imperiyasiga qarashli Yahudiya viloyatining hokimi. oldiga eson–omon olib boringlar.
25Mingboshi quyidagi mazmunda maktub yozdi:
26“Klavdiyus Lisiyasdan hokim Feliks janobi oliylariga salomlar!
27Yahudiylar bu odamni ushlab, oʻldirmoqchi boʻldilar. U Rim fuqarosi ekanini bilganimdan keyin, men askarlarim bilan birga borib, uni qutqarib qoldim. 28Uning qanday aybi bor ekanligini bilmoqchi boʻlib, uni yahudiylarning Oliy kengashiga olib keldim. 29Men shuni bildimki, u yahudiylarning qonuniga oid masalalarda ayblangan ekan. Ammo oʻlimga yoki zindonga tashlanishga loyiq biron ish qilmagan. 30Bu odamga qarshi fitna uyushtirilayotganidan xabar topganimdan keyin, oʻsha zahoti uni sizning huzuringizga yuborishga qaror qildim. Uning ayblovchilariga ham, daʼvolaringizni hokim Feliksga borib aytinglar, dedim#23:30 Yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida quyidagi soʻzlar oyatga qoʻshimcha qilingan: Salomat boʻling..”
31Shunday qilib, askarlar mingboshining koʻrsatmasiga muvofiq, Pavlusni olib, tun boʻyi yurib, Antipatris shahriga#23:31 Antipatris shahri — Quddusdan 60 kilometr shimoli–gʻarbda joylashgan. olib keldilar. 32Ertasi kuni otliq askarlar Pavlus bilan birga yoʻlda davom etdi, qolganlar esa qalʼaga qaytib ketdilar. 33Otliq askarlar Qaysariyaga yetib kelganlaridan keyin, hokimga maktubni berdilar, Pavlusni ham hokimga roʻpara qildilar. 34Hokim maktubni oʻqib boʻlib, Pavlusdan: “Sen qaysi viloyatdansan?” deb soʻradi. Pavlusning Kilikiyadan ekanini bilgach, 35hokim: “Ayblovchilar kelganlaridan keyin, seni eshitaman”, dedi. Shundan keyin hokim: “U Hirodning saroyida#23:35 Hirodning saroyi — aslida Buyuk Hirod tomonidan qurilgan. Saroy bu davrda Rim imperiyasiga qarashli Yahudiya viloyati hokimlarining idorasi boʻlgan. ushlab turilsin”, deb buyruq berdi.
Currently Selected:
Havoriylar 23: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020