Havoriylar 19
19
19–BOB
Pavlus Efes shahrida
1Apollos Korinfda ekan, Pavlus qirlar boʻylab yoʻl yurib, Efes shahriga keldi. Bu yerda u Isoga imon qoʻygan bir nechta odamni uchratdi. 2Pavlus ulardan:
— Imonga kelganlaringizda, Muqaddas Ruhni qabul qildingizlarmi? — deb soʻradi. Ular:
— Yoʻq, biz Muqaddas Ruh borligini hatto eshitmaganmiz, — deb javob berdilar.
3— Unday boʻlsa, qay asosda suvga choʻmdirildingizlar? — deb soʻradi Pavlus.
— Yahyoning taʼlimotiga koʻra, suvga choʻmdirildik, — deb javob berdi ular. 4Shunda Pavlus dedi:
— Yahyo tavba qilganlarni suvga choʻmdirar edi. U Isroil xalqiga, mendan keyin kelayotganga, yaʼni Isoga, imon keltiringlar, degan edi.
5Ular bu gapni eshitib, Rabbimiz Isoning nomidan suvga choʻmdirildilar. 6Pavlus ularga qoʻlini qoʻygan edi, Muqaddas Ruh ularni qamrab oldi. Ular boshqa#19:6 boshqa — yoki nomaʼlum. Yana 2:4-8 ga qarang. tillarda gapira boshladilar va Xudo ayon qilgan soʻzlarni aytdilar. 7Ular taxminan oʻn ikki kishi edi.
8Pavlus sinagogaga uch oy davomida borib, jasorat bilan xalqqa gapirib, Xudoning Shohligi toʻgʻrisida ishonchli dalillar keltirdi. 9Ammo baʼzilari oʻjarlik qilib, umuman ishonmadilar va hammaning oldida Isoning yoʻli toʻgʻrisida yomon gaplarni aytdilar. Pavlus yoniga imonlilarni olib, ularning huzuridan ketdi. Har kuni u Tiranus degan odamning maʼruza zalida munozara oʻtkazadigan boʻldi. 10Bu holat ikki yil davom etdi, Asiya aholisining hammasi — yahudiylar ham, gʻayriyahudiylar#19:10 gʻayriyahudiylar — yunoncha matnda yunonlar (shu bobning 17–oyatida ham bor). 14:1 ning ikkinchi izohiga qarang. ham Rabbimiz Iso haqidagi xabarni eshitishdi.
11Xudo Pavlus orqali gʻaroyib moʻjizalar koʻrsatar edi. 12Pavlusning tanasiga tekkan roʻmolcha yoki kiyimlar xastalarga tekkizilganda, ular xastaliklaridan shifo topar, ulardan yovuz ruhlar chiqib ketardi.
13-14Skevas degan yahudiy bosh ruhoniysi bor edi. Uning yetti oʻgʻli oʻlka boʻylab kezib, odamlardan yovuz ruhlarni quvib chiqarar edilar. Bir kuni ular Rabbimiz Isoning nomi bilan shunday qilishga urinib, yovuz ruhga: “Pavlus eʼlon qilayotgan Iso nomi bilan buyuramiz: chiqib ket!” dedilar. 15Yovuz ruh esa ularga: “Men Isoni bilaman, Pavlusni ham bilaman, sizlar esa kim boʻlibsizlar?” deb soʻradi. 16Ichida yovuz ruhi bor odam ularga tashlandi. Ularni shu qadar qattiq urdiki, ular oʻsha uydan yalangʻoch, yarador holda zoʻrgʻa qochib qutuldilar. 17Efesda yashagan yahudiy va gʻayriyahudiylarning#19:17 gʻayriyahudiylar — yunoncha matnda yunonlar. 14:1 ning ikkinchi izohiga qarang. hammasi bu voqeani eshitib, qoʻrquvga tushdilar. Rabbimiz Isoning nomi ulugʻlandi. 18Shuningdek, imonga kelganlarning koʻpchiligi qilmishlarini ochiqchasiga eʼtirof etdilar. 19Afsungarlik bilan mashgʻul boʻlganlarning bir qanchasi kitoblarini toʻplab, ommaning koʻzi oldida yoqib yubordilar. Bu kitoblarning qiymati hisoblanganda, ellik ming kumush tanga#19:19 kumush tanga — yunoncha matnda kumush boʻlak, draxma deb atalgan yunon tangasiga ishora. Draxma yunon tangasi edi. Qiymati Rimdagi bir dinor qiymatiga teng kelar edi. Bir dinor mardikorning bir kunlik ish haqi edi. chiqdi. 20Shu tariqa Rabbimiz haqidagi xabar yoyilib, taʼsiri tobora ortib borar edi.
21Shu hodisalar yuz bergandan keyin, Pavlus Makedoniya va Axayadan oʻtib, Quddusga borishga qaror qildi. “U yerga borganimdan keyin, Rimga ham borishim kerak”, dedi u. 22Shunday qilib, u ikki yordamchisi — Timoʻtiy bilan Erastusni Makedoniyaga yubordi. Pavlusning oʻzi esa maʼlum vaqt Asiya viloyatida qoldi.
23Ammo oʻsha paytda Isoning yoʻliga qarshi qattiq gʻala–gʻovur boʻldi. 24Demitrus degan bir zargar odam Artemisning#19:24 Artemis — Artemida ismi bilan ham tanilgan, Efesda sajda qilingan hosildorlik maʼbudasining mahalliy ifodasi. Artemisning buyuk maʼbadi dunyoning yettita moʻjizalaridan biri boʻlib, Efes shahrining yaqinida joylashgan edi. maʼbadi tasvirini kumushdan yasab, hunarmandlarga koʻp foyda keltirardi. 25Demitrus bu sohada ishlaydigan hamma hunarmandlarni chaqirib, shunday dedi:
— Birodarlar, bilasizlarki, biz shu hunar orqali yaxshi daromad olamiz. 26Sizlar faqat Efesdagina emas, balki butun Asiya viloyatida Pavlus degan odamning qilayotganlarini koʻrib eshityapsizlar. Pavlusning aytishi boʻyicha, qoʻlda yasalgan xudolar aslo xudolar emasmish. U koʻpchilikni shunga ishontirib, yoʻldan uryapti. 27Shunisi xavfliki, bizning bu hunarimiz xalqning nazaridan qolishi mumkin. Faqat shugina emas, balki boshqa xavf ham bor: buyuk Artemisning maʼbadi hech narsaga arzimas ekan degan fikrga olib keladi. Asiya viloyati va butun dunyodagi hamma odam topinadigan bu maʼbudaning ulugʻvorligi barham topadi–ku!
28Hunarmandlar bu gapni eshitganlarida, gʻazablanib: “Efesning Artemisi buyukdir!” deb shovqin–suron koʻtardilar. 29Shaharda toʻs–toʻpolon boshlandi. Xalq ikkita Makedoniyalikni — Gayus bilan Aristarxusni tutib olib, teatr tomonga shoshildilar. Ikkalovi Pavlusga yoʻlda hamroh boʻlib kelayotgan edilar. 30Pavlus olomon oldiga chiqmoqchi boʻlgan edi, imonlilar yoʻl qoʻymadilar. 31Hatto Pavlusning doʻstlari boʻlgan Asiya viloyatining baʼzi amaldorlari xabar berib, teatrga kirishga tavakkal qilmang, deb iltimos qildilar. 32Olomon sarosimaga tushgan edi. Baʼzilari bir narsa deb shovqin solsa, boshqalari boshqa narsani aytib shovqin solardi. Ularning koʻpchiligi nima uchun yigʻilganini bilmasdi. 33Yahudiylar olomonga vaziyatni tushuntirmoqchi boʻlib, Iskandar degan bir odamni oldinga chiqardilar. Iskandar qoʻli bilan olomonga, jim boʻlinglar degan ishorani qilib, himoya nutqini aytishga harakat qildi. 34Ammo xalq uning yahudiy ekanini bilgach, hammalari joʻr boʻlib: “Efesliklarning Artemisi buyukdir!” deb ikki soatga yaqin baqirib turishdi.
35Shahar kotibi olomonni tinchlantirgach, shunday dedi:
— Ey Efesliklar! Buyuk Artemis maʼbadining va osmondan tushgan haykalining#19:35 osmondan tushgan haykal — bu tasvirni odamlar jannatdan yuborilgan, tabarruk deb hisoblashardi. Ehtimol, Artemisning dastlabki tasviri meteor boʻlgandir. saqlovchisi Efes shahri ekanini kim bilmaydi?! 36Bularni hech kim inkor eta olmaydi. Shunday ekan, sizlar sukut saqlab, oʻylamasdan qadam bosmasligingiz kerak. 37Bu odamlar maʼbadni talon–taroj qilmagan yoki maʼbudamizni haqorat qilmagan, sizlar esa ularni bu yerga olib kelibsizlar. 38Agar Demitrus bilan uning hunarmandlari biron odamni ayblaydigan boʻlsa, mahkamalar ochiq, qozilar bor, bir–biriga qarshi ayblovlarni oʻsha yerda hukm qilishsin. 39Agar boshqa bir chora koʻrmoqchi boʻlsangiz, u aholining qonuniy yigʻinida hal qilinadi. 40Axir, bugun yuz bergan voqeadan keyin bizni isyonda ayblashlari mumkin. Bizda bu shovqin–suronni oqlaydigan biron sabab yoʻq.
U shu gaplarni aytib, olomonni tarqatib yubordi.
Currently Selected:
Havoriylar 19: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020