Havoriylar 10
10
10–BOB
Butrus va Korniliy
1Qaysariyada#10:1 Qaysariya — Quddusdan 90 kilometr shimoli–gʻarbda, Oʻrta yer dengizi boʻyida joylashgan muhim shahar. Bu shahar Rim imperiyasiga qarashli boʻlgan Yahudiya viloyatining poytaxti edi. Korniliy degan bir odam bor edi. U Rim lashkaridagi “Italiya” nomli boʻlinmada yuzboshi edi. 2Korniliy taqvodor odam boʻlib, uning oʻzi ham, oilasi ham Xudodan qoʻrqardi#10:2 …Xudodan qoʻrqardi — muallif bu iborani yahudiylarning Xudosiga sajda qilgan gʻayriyahudiylarga nisbatan ishlatgan. Ular yahudiy dinining qonun–qoidalarini bajarar edilar va ularning urf–odatlariga rioya qilardilar, ammo sunnat qilinmagan edilar (11:3 ga qarang).. U kambagʻal yahudiylarga koʻp xayr–sadaqa berar, doimo Xudoga ibodat qilardi. 3Bir kuni soat uchlarda#10:3 soat uch — yunoncha matnda toʻqqizinchi soat, yahudiylarning urf–odatiga koʻra, kunning bu payti oʻsha soat bilan belgilanar edi. Shu bobning 30–oyatida ham bor. unga vahiy keldi. Xudoning farishtasi kirib kelayotganini u aniq koʻrdi. Farishta: “Korniliy!” deb chaqirdi.
4Korniliy qoʻrquv ichida unga tikilib qarab:
— Labbay, Hazrat! — dedi.
Farishta unga shunday dedi:
— Sening ibodatlaring va xayr–sadaqalaring Xudoga maʼqul boʻldi. 5Endi Yaffaga odam yuborib, Butrus degan odamni#10:5 Butrus degan odam — yunoncha matnda Butrus degan Shimoʻn (shu bobning 18, 32–oyatlarida ham bor). Iso Masih Shimoʻnga Butrus ismini bergan edi (Mark 3:16, Luqo 6:14 ga qarang). Baʼzan u haqda soʻz yuritilganda, ikkala ism ham birgalikda ishlatiladi. chaqirtirib kel. 6Butrus bir koʻnchining#10:6 koʻnchi — 9:43 izohiga qarang. uyida mehmon boʻlib turibdi. Shimoʻn ismli oʻsha koʻnchining uyi dengiz boʻyida#10:6 Yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida quyidagi soʻzlar oyatga qoʻshimcha qilingan: Uning senga aytadigan soʻzlaridan oʻzing bilan butun xonadoning najot topasizlar..
7Korniliyga gapirgan farishta ketdi. Korniliy xizmatkorlaridan ikkitasini va unga xizmat qiladigan taqvodor, ishonchli bir askarini chaqirdi. 8Roʻy bergan hodisani ularga aytib berib, ularni Yaffaga joʻnatdi.
9Keyingi kun tush paytida#10:9 tush payti — yunoncha matnda oltinchi soat, yahudiylarning urf–odatiga koʻra, kunning bu payti oʻsha soat bilan belgilanar edi. ular yoʻlda davom etib, shaharga yaqinlashganlarida, Butrus ibodat qilgani tomga chiqqan edi#10:9 …tomga chiqqan edi — u zamonlarda uylarning tomi tekis boʻlib, odamlar tomga chiqib dam olishardi.. 10U ochqab, biron narsa tanovul qilgisi keldi. Ovqat tayyorlanayotganda, Butrusga vahiy keldi. 11U osmon ochilganini, katta dasturxonga oʻxshash bir narsa toʻrt burchagidan osilgan holda yerga tushib kelayotganini koʻrdi. 12Uning ichida turli hayvonlar, sudralib yuruvchilar va qushlar bor edi. 13Shu payt u: “Oʻrningdan tur, Butrus, soʻyib yegin” degan ovozni eshitdi. 14Ammo Butrus dedi:
— Aslo unday qilmayman, Egam! Men hech qachon harom yoki nopok narsalarni#10:14 harom yoki nopok narsalar — Muso qonunlariga koʻra, harom hisoblangan, yeyish man etilgan jonivorlar (Levilar 11:1-47 ga qarang). yemaganman!
15Oʻsha ovoz yana Butrusga: “Xudo halol deb aytgan narsalarni sen harom demagin”, deya gapirdi. 16Bu suhbat uch marta takrorlandi. Shunda dasturxon birdan osmonga olindi.
17Butrus, bu vahiyning maʼnosi nima ekan, deb esankirab turganda, Korniliy yuborgan odamlar kelib qoldilar. Ular koʻnchi Shimoʻnning uyi qayerdaligini bilib olib, darvoza oldida turgan edilar. 18Ular baland ovoz bilan:
— Butrus degan mehmon shu yerdami? — deb soʻradilar.
19Butrus hali ham vahiy haqida oʻylab oʻtirgan edi. Shunda Muqaddas Ruh unga dedi:
— Qara, uchta odam seni izlab keldi. 20Endi oʻrningdan tur, pastga tush, hech ikkilanmay ular bilan birga bor. Ularni Men joʻnatganman.
21Shunday qilib, Butrus pastga tushib, ularga dedi:
— Sizlar izlayotgan odam menman. Nima sababdan keldingizlar?
22— Bizni Rim yuzboshisi Korniliy joʻnatdi, — deb javob berdi ular. — U solih, Xudodan qoʻrqadigan odam, butun yahudiy xalqi orasida katta obroʻga ega. Xudoning farishtasi unga: “Butrusni uyingga taklif qil, uning aytganlarini eshitgin”, deb aytibdi.
23Shundan keyin Butrus ularni ichkariga taklif etib, mehmon qildi.
Keyingi kuni Butrus ular bilan birga yoʻlga otlandi. Yaffalik baʼzi imonlilar Butrus bilan birga ketdilar. 24Ertasi kuni ular Qaysariyaga kirib keldilar. Korniliy ularni kutayotgan edi. U qarindoshlari va yaqin doʻstlarini taklif qilgan edi. 25Butrus uyga kirib, Korniliyga roʻpara keldi. Shunda Korniliy Butrusning oyoqlariga bosh urib, unga taʼzim qildi. 26Ammo Butrus unga:
— Oʻrningdan tur, men ham bir bandaman, — deb uni turgʻizib qoʻydi.
27Butrus u bilan gaplasharkan, ichkariga kirdi va u yerda bir talay odam toʻplanganini koʻrdi. 28Butrus ularga shunday dedi:
— Oʻzlaringiz bilasizlarki, yahudiy odam boshqa xalqdan boʻlgan odam bilan aloqa bogʻlashi, unikiga borishi qonunimizga xilofdir. Ammo Xudo endi menga hech bir kimsani harom yoki nopok deb hisoblamaslikni ayon qildi. 29Shuning uchun menga odam yuborganlaringizda, hech qanday eʼtiroz bildirmay keldim. Endi bilsam boʻladimi, nima uchun meni chaqirtirdingizlar?
30Korniliy shunday javob berdi:
— Toʻrt kun ilgari xuddi shu paytda — soat uchlarda uyimda ibodat qilayotgan edim. Birdan#10:30 …xuddi shu paytda — soat uchlarda uyimda ibodat qilayotgan edim. Birdan… — yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida …xuddi shu paytda uyimda roʻza tutayotgan edim. Soat uchlarda ibodat qilayotganimda, birdan…. roʻparamda oppoq kiyim kiygan bir odam paydo boʻldi. 31U menga shunday dedi: “Korniliy, sening ibodating Xudoga yetib bordi, xayr–sadaqalaringni U maʼqul koʻrdi. 32Endi Yaffaga odam yuborib, Butrus degan odamni chaqirtirib kel. U Shimoʻn ismli koʻnchining uyida mehmon boʻlib turibdi. Shimoʻnning uyi dengiz boʻyida#10:32 Yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida quyidagi soʻzlar farishtaning gapiga qoʻshimcha qilingan: Uning senga aytadigan soʻzlari bor..” 33Shuning uchun darhol sizga odam yubordim, siz ham olijanoblik qilib, keldingiz. Egamiz sizga aytishni buyurgan hamma narsani eshitish uchun endi hammamiz Xudoning huzurida toʻplandik.
Gʻayriyahudiylar Xushxabarni eshitadilar
34Butrus ularga gapira boshladi:
— Haqiqatan ham, Xudo tarafkashlik qilmasligini bilaman. 35Har bir elatda Xudodan qoʻrqadigan va toʻgʻri ishlarni qiladigan har bir odam Unga maʼquldir. 36U Isroil xalqiga yuborgan xabarni bilasizlar. Tinchlik keltiradigan bu Xushxabarni Xudo Iso Masih orqali eʼlon qildi. Iso Masih hammaning Rabbiysidir. 37Yahudiya boʻylab nimalar yuz berganini bilasizlar. Bu hodisalarning hammasi Yahyoning choʻmdirilish toʻgʻrisidagi xabaridan keyin Jalila hududida boshlangan edi. 38Xudo Nosiralik Isoni Muqaddas Ruh va kuch–qudrat bilan qanday toʻldirganini bilasizlar. Iso hamma yoqqa borib, yaxshi ishlar qildi, iblisning hukmronligidan azob chekkanlarni shifoladi, chunki Xudo U bilan edi. 39U Yahudiya va Quddusda qilgan ishlarning hammasiga biz guvohmiz. Shundan keyin Isoni yogʻochga#10:39 yogʻoch — 5:30 izohiga qarang. mixlab, oʻldirdilar. 40Ammo Xudo Uni uchinchi kuni tiriltirib, zohir qildi. 41Iso hammaga emas, faqat bizga zohir boʻldi. Chunki Xudo bizni Iso haqida guvohlik berishimiz uchun tanlagandi. Iso tirilgandan keyin biz U bilan yeb–ichdik. 42U bizga: “Xalqlarga vaʼz qilib, guvohlik beringlar. Oʻliklar va tiriklarni hukm qilish uchun Xudo Meni tayinlaganini ularga aytinglar”, — deb buyurdi. 43Barcha paygʻambarlar ham Iso toʻgʻrisida guvohlik bergan edilar. Isoga ishongan har bir odamning gunohlari Uning nomi tufayli kechiriladi, deb aytgan edilar.
Gʻayriyahudiylar Muqaddas Ruhni qabul qiladilar
44Butrus hamon gapirar ekan, uning soʻzlarini eshitayotganlarni Muqaddas Ruh qamrab oldi. 45Xudo gʻayriyahudiylarga ham Muqaddas Ruhni inʼom qilib berganini Butrus bilan birga kelgan yahudiy imonlilar#10:45 yahudiy imonlilar — yunoncha matnda sunnat qilingan imonlilar, Iso Masihga ishongan yahudiylar nazarda tutilgan. koʻrib hayratda qoldilar. 46Chunki gʻayriyahudiylar boshqa#10:46 boshqa — yoki nomaʼlum. Yana 2:4-8 ga qarang. tillarda gaplashayotganini va Xudoni ulugʻlayotganlarini ular eshitib turardilar. Shunda Butrus dedi:
47— Bu odamlar, xuddi biz singari, Muqaddas Ruhni qabul qildilar. Shunday ekan, ularning suvga choʻmdirilishiga kim toʻsqinlik qila oladi?!
48Shunday qilib, Butrus ularga, Iso Masih nomi bilan suvga choʻminglar, deb buyruq berdi. Soʻng ular Butrusdan bir necha kun qolishini iltimos qildilar.
Currently Selected:
Havoriylar 10: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020