YouVersion Logo
Search Icon

2 Timoʻtiy Kirish

Kirish
Pavlusning yosh hamkori va yordamchisi Timoʻtiyga yozgan ikkinchi maktubi, asosan, nasihatlardan tashkil topgan. Pavlus bu maktubini zindonda#zindonda — Rim shahrida. 1:16-17 oyatlarga va 1:16 izohiga qarang. oʻtirgan paytda, xizmati nihoyasiga yetib qolganini bilgan holda yozgani uchun, uning his–tuygʻularini maktubdan yaqqol sezish mumkin. Ushbu maktubning asosiy mavzusi sabr–toqat boʻlib, Pavlus Timoʻtiyga hech qanday qiyinchiliklardan qoʻrqmaslikka, Iso Masihga sodiq qolib, Xushxabarni targʻib qilishga, Muqaddas bitiklardagi haqiqat boʻyicha yashashga, imonlilar jamoatidagi masʼuliyatini chin koʻngildan ado etishga undaydi.
Pavlus Timoʻtiyga, bemaʼni, ahmoqona bahslardan uzoqlash, deb nasihat qiladi. Bunday bahslar tinglovchilarga faqat zarar yetkazishini taʼkidlaydi. Pavlus boshidan kechirgan qiyinchiliklarni, hayot tarzi, sabr–toqati, murod–maqsadi, imoni va sevgisini namuna tariqasida keltiradi. U hozirgi va kelajakdagi sinovlarga bardosh berish muhimligiga urgʻu beradi.

Currently Selected:

2 Timoʻtiy Kirish: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in