2 Timoʻtiy 1
1
1–BOB
Duoyi salom
1-2Xudoning irodasi bilan Iso Masihning havoriysi boʻlgan men — Pavlusdan sevimli oʻgʻlim Timoʻtiyga#1:1-2 sevimli oʻgʻlim Timoʻtiy — 1 Timoʻtiy 1:2 izohiga qarang. salom! Xudo abadiy hayotni eʼlon qilishim uchun meni yubordi. U vaʼda qilgan bu hayotga Iso Masihga boʻlgan imon orqali erishiladi. Oʻgʻlim Timoʻtiy, senga Otamiz Xudo va Rabbimiz Iso Masih inoyat, marhamat va tinchlik ato qilsin.
Iso Masihga sodiq qolishga daʼvat
3Timoʻtiy, boringga shukur! Men, ota–bobolarim kabi, Xudoga vijdonan xizmat qilib, kechayu kunduz sen uchun ibodat qilaman. 4Seni juda sogʻinganman, koʻz yosh toʻkkanlaring hamon yodimda. Qaniydi, diydoringni koʻrsam–u, qalbim quvonchga toʻlsa, deyman. 5Sening samimiy imoningni doim eslayman. Avvaldan buving Loida hamda onang Evnika oʻz qalblariga jo etgan oʻsha imon endi senda ham ravnaq topayotganiga aminman.
6Shu sababdan, yodingda boʻlsin: men ustingga qoʻllarimni qoʻyib duo qilganimda#1:6 …men ustingga qoʻllarimni qoʻyib duo qilganimda… — bu harakat jamoat oqsoqollari bilan birga amalga oshirilgan boʻlishi mumkin (1 Timoʻtiy 4:14 ga qarang)., sen Xudodan Muqaddas Ruhni inʼom#1:6 inʼom — 1 Timoʻtiy 4:14 izohiga qarang. qilib olgansan. Ichingdagi oʻsha Muqaddas Ruh inʼomini alangalatib tur. 7Zero, Xudo bergan Ruh qalbimizga qoʻrquv solmaydi, aksincha, bizga kuch, muhabbat va aqli rasolikni ato qiladi. 8Shunday ekan, Rabbimiz Iso haqida shohidlik berishdan or qilma, men Rabbimiz tufayli zanjirband boʻlganimdan ham uyalma. Mendan ibrat olib, Xushxabar tufayli azob chekishga tayyor turgin, buning uchun Xudoning bergan kuchiga tayangin. 9Axir, Xudo bizga najot berdi, Xushxabar aytish kabi muqaddas xizmatga bizni daʼvat etdi. Bunga bizning savob ishlarimiz emas, aksincha, Xudoning murod–maqsadiyu inoyati sabab boʻldi. Xudo azaldanoq Iso Masih orqali bizga inoyat koʻrsatishga qaror qilgan edi. 10Mana endi bu inoyat najotkorimiz Iso Masihning olamga kelishi bilan yaqqol namoyon boʻldi. Masih oʻlim kuchini yoʻq qildi. U mangu hayotga eltuvchi yoʻlni bizga Xushxabar orqali yoritib berdi.
11Xudo meni bu Xushxabarni turli xalqlarga yetkazuvchi voiz, havoriy va muallim qilib tayinladi. 12Shu sababdan ham bu azoblarni tortyapman. Biroq men bundan or qilmayman, chunki Kimga eʼtiqod qilganimni yaxshi bilaman. Ishonchim komilki, Xudo menga topshirgan Xushxabarni qiyomat kunigacha Uning Oʻzi toʻligʻicha saqlashga qodir#1:12 …Xudo menga topshirgan Xushxabarni…saqlashga qodir — Pavlusning umri oxirlab qolgan edi (4:6-8 ga qarang). Endi u oʻzining taʼlim berish va voizlik xizmatini Timoʻtiyga topshirayotgan edi. Shu jarayonda Pavlus Timoʻtiyga dalda beradi. Timoʻtiy Xushxabar haqiqatini buzmay, vaʼz qilishi uchun Xudoning Oʻzi unga yordam beradi. Shu bobning 13-14–oyatlariga, 2:1-2, 8 ga va 1 Timoʻtiy 6:20-21 ga qarang.. 13Sen mendan eshitgan bu sogʻlom taʼlimotdan namuna olgin, uni asragin. Iso Masihga tegishli boʻlgan inson sifatida imon va muhabbatga toʻla hayot kechirgin. 14Senga ishonib topshirilgan bu ezgu taʼlimotni ichimizda yashayotgan Muqaddas Ruh yordamida avaylab–asragin.
15Asiya viloyatidagi barcha birodarlar, shu jumladan, Figelus bilan Hermogenes mendan yuz oʻgirganlarini bilasan. 16Onisiforus baraka topsin, Rabbimiz Iso uning xonadoniga marhamat qilsin. Onisiforus bir necha marta kelib, mening koʻnglimni koʻtardi. Zanjirbandligimdan#1:16 Zanjirbandligim — mana shu paytda Pavlus Rimda qamoqda boʻlgan. Bu vaziyat Havoriylar 28:16, 30 da aytib oʻtilgan qamalishdan qiyinroq kechganga oʻxshaydi. Pavlus umri oxirlab qolganini sezgan edi (shu bobning 17–oyatiga va 2:9, 4:6-17 ga qarang). Koʻp olimlarning taxmini boʻyicha, Pavlus birinchi marta Rimda qamalib, keyin ozod qilingan. Birmuncha vaqt safarda boʻlgandan keyin esa yana Rimda qamoqqa tushgan. Anʼanaga koʻra, imperator Neron hukmronligi davrida Pavlus Rimda qatl qilingan. or qilmay, 17Rimga kelishi bilanoq, meni astoydil qidirib, oxiri topdi. 18U menga Efes shahrida ham qanchalar xizmat qilganini oʻzing yaxshi bilasan. Yo Rabbim Iso, qiyomat kunida Oʻz marhamatingni Onisiforusdan darigʻ tutmagin!
Currently Selected:
2 Timoʻtiy 1: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy
Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020