1 Timoʻtiy Kirish
Kirish
Mazkur maktub muallifi havoriy Pavlusdir. Pavlus bu maktubini oʻz oʻgʻliday boʻlib qolgan yaqin xizmatdoshi va yordamchisi Timoʻtiyga yozgan. Maktub yozilgan paytda Timoʻtiy Efes shahrida edi.
Timoʻtiy Listralik edi. Listra shahri hozirgi Turkiya hududida joylashgan. Timoʻtiyning onasi Iso Masihga imon keltirgan yahudiy, otasi esa yunon edi. Timoʻtiy Pavlus bilan birga Efes va Korinf shaharlariga, shuningdek, Makedoniyaga borib, Xushxabarni targʻib qilish xizmatida Pavlusga yordam bergandi. Safarga chiqishlaridan oldin Pavlus yahudiylarni vasvasaga solmaslik uchun Timoʻtiyni sunnat qildirgandi (Havoriylar 16:1-3 ga qarang). Timoʻtiy havoriy hisoblanmasa–da, imonlilar jamoati uchun koʻp xizmat qilgan sadoqatli masihiy boʻlgan.
Pavlus ushbu maktubida Timoʻtiyga koʻp nasihatlar beradi, Efesdagi jamoatga qanday gʻamxoʻrlik qilish kerakligini oʻrgatadi. U birinchi navbatda Timoʻtiyni soxta taʼlimotlar toʻgʻrisida ogohlantiradi. Oʻsha davrda jamoatlarda soxta taʼlimotlar keng tarqalgandi. Bu taʼlimotlar yahudiylar va gʻayriyahudiylarning eʼtiqodlari chatishuvidan paydo boʻlib, moddiy dunyo harom, najotga esa faqat sirli bilimni oʻzlashtirish orqali erishsa boʻladi degan gʻoyani ilgari surardi. Bunday bidʼatlar baʼzi ovqatlarni isteʼmol qilishni va uylanishni man etardi. Pavlus bu taʼlimotlarni fosh etib, Timoʻtiyga haqiqiy xudojoʻylik bilan hayot kechirish haqida nasihat qiladi.
Maktubning davomida Pavlus duo va ibodatlarga oid koʻrsatmalar beradi, jamoatdagi tartib, jamoat yetakchilari va xizmatchilariga zarur boʻlgan xislatlari haqida soʻz yuritadi, yoshu qarilar, bevalar, oqsoqollar, qul va xoʻjayinlar orasidagi munosabatlarga oid maslahatlar beradi, boy birodarlarga nasihat qiladi. Pavlus maktubini Timoʻtiyga bergan soʻnggi pand–nasihatlari bilan yakunlab, Timoʻtiyning zimmasidagi vazifalarini eslatib oʻtadi.
Currently Selected:
1 Timoʻtiy Kirish: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy
Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020