Iso Masihning tugʻilishi shunday sodir boʻldi: Isoning onasi Maryam Yusufga unashtirib qoʻyilgan edi. Ularning nikohidan oldin Maryam Muqaddas Ruhdan homilador ekanini bildi. Maryamning boʻlgʻusi eri Yusuf solih odam boʻlib, Maryamni sharmanda qilishni istamay, birovga bildirmasdan fotihasini buzmoqchi boʻldi.