Hirodning oldiga qaytmasliklari toʻgʻrisida ular tushlarida ogohlantirilgandan keyin, boshqa yoʻl bilan oʻz yurtiga qaytib ketdilar.
Munajjimlar ketganlaridan keyin, Egamizning bir farishtasi Yusufga tushida zohir boʻlib dedi: “Tur! Bola bilan onasini olib, Misrga qoch. Chunki Hirod Bolani topib, oʻldirmoqchi. Men senga aytmagunimcha, Misrda qol.”