Iso bir shaharda boʻlganda, teri kasalligiga chalingan bir odam kelib qoldi. U Isoni koʻrib, yuz tuban yerga muk tushib, yolvordi:
— Hazrat, bilaman, istasangiz, meni bu kasallikdan poklay olasiz.
Iso qoʻlini uzatdi va unga tekkizib:
— Istayman, pok boʻl! — dedi. Kasallik esa oʻsha zahoti ketdi.