Efrayim qabilasining omon qolgan jangchilarini qoʻlga tushirish uchun Yiftox Iordan daryosining kechuv joylariga soqchilarni qoʻydi. Qachonki Efrayim qochoqlaridan biri kelib: “Oʻtib ketay”, deb ruxsat soʻraganda, soqchilar: “Mabodo Efrayim qabilasidanmasmisan?” deya savol berishardi. Qochoq: “Yoʻq”, deb javob bergach, ular unga: “Unday boʻlsa, Shibbolet, degin”, deyishar edi. Oʻsha odam: “Sibbolet”, deb aytar edi, chunki Efrayim qabilasidagilar “Shibbolet” soʻzini toʻgʻri talaffuz qila olmas edilar. “Sibbolet” degan odamni soqchilar Iordan kechuv joyining oʻzidayoq oʻldirishardi. Oʻsha kuni Efrayim qabilasidan qirq ikki ming nafar odam halok boʻldi.