1
Ibtido 49:10
Muqaddas Kitob
Yahudoning qoʻlidan ketmas saltanat hassasi, Uning naslida qolar saltanat tamgʻasi, Xalqlar unga oʻlpon keltirarlar, Unga itoat etib taʼzim qilarlar.
Compare
Explore Ibtido 49:10
2
Ibtido 49:22-23
Yusuf oʻxshar serhosil tokka — Buloq boʻyidagi serhosil uzumga. Uning novdalari devordan oshib oʻtar. Rahmsiz kamonkashlar unga hujum qilishdi, Oʻq otishdi unga, qattiq siqishdi.
Explore Ibtido 49:22-23
3
Ibtido 49:24-25
Lekin Yusufning kamoni tarang tortildi, Uning qoʻllari ham chaqqonlashdi Yoqubning qudratli Xudosi kuchi tufayli, Isroilning Choʻponi, Qoyasi tufayli. Otangning Xudosi senga madad bergay, Qodir Xudo senga marhamat koʻrsatgay Yuqoridagi osmon barakalari ila, Yer qaʼridan chiqqan suvning barakalari ila, Ona koʻkragiyu pushtining barakasi ila.
Explore Ibtido 49:24-25
4
Ibtido 49:8-9
Ey Yahudo, seni madh etar birodarlaring, Gʻanimlaring gardanida boʻlar qoʻllaring. Senga taʼzim qilishar otangning oʻgʻillari. Yahudo sherning bolasiga oʻxshar, Oʻgʻlim, ovdan qaytib kelding sen, Sherdek choʻkib, choʻzilib yotarsan. Seni uygʻotmoqqa kim jurʼat etar?!
Explore Ibtido 49:8-9
5
Ibtido 49:3-4
Ruben, sensan mening toʻngʻichim, Quvvatimning ilk mevasi, ham qudratim, Shuhratu qudratda yuksagi sensan. Lekin dengiz toʻlqiniday betizginsan, Bundan keyin aslo ustun boʻlmaysan. Otangning yotogʻiga sen kirding, Toʻshagimga chiqib, uni bulgʻading.
Explore Ibtido 49:3-4
Home
Bible
Plans
Videos