Shu boisdan Yusufga:
— Xudo bularning hammasini senga ayon qilgan ekan, bu yurtda eng aql–idrokli, dono odam sensan, — dedi. — Men seni oʻzimga vazir qilib tayinlayman, butun xalqim sening buyrugʻingga itoat etadi. Men sendan faqat taxtim bilan ustunman, xolos.