Oldin qancha gʻisht quyishgan boʻlsa, bundan keyin ham shuncha gʻisht quyishga majbur qilinglar. Gʻisht quyish miqdorini hech ham kamaytirmanglar. Ular dangasa xalq. Shuning uchun ular, ijozat bering, borib, Xudoyimizga qurbonliklar keltiraylik, deb nola qilishyapti. Ularni shunaqangi ishlatinglarki, ish bilan qattiq band boʻlib, behuda gaplarga quloq solishmasin.”