Muso Yoshuani chaqirib, butun Isroil xalqi oldida unga shunday dedi:
— Dadil va botir boʻl. Egamiz, bu yurtni ota–bobolaringizga, avlodlaringizga beraman, deb qasam ichib vaʼda qilgan. Bu xalq bilan oʻsha yurtga sen kirasan. Sen orqali ular oʻsha yurtni mulk qilib olishadi.