Bugun men sizlarga hayotni yoki oʻlimni, barakalarni yoki laʼnatlarni tanlash imkoniyatini berdim. Bunga yeru osmonni guvoh qilib chaqirdim. Hayotni tanlang, shunda oʻzlaringiz ham, avlodlaringiz ham yashaysizlar. Egangiz Xudoni seving, Unga quloq soling. Unga sodiq boʻling, chunki U sizning hayotingizdir. Egamiz ota–bobolaringiz Ibrohim, Isʼhoq, Yoqubga qasam ichib beraman degan yurtda sizning umringizni uzoq qiladi.