1
Qonunlar 28:1
Muqaddas Kitob
Agar Egangiz Xudoga itoat etib, men bugun aytayotgan Uning barcha amrlarini bitta qoldirmay bajarsangiz, U sizlarni yer yuzidagi hamma xalqlardan ustun qiladi.
Compare
Explore Qonunlar 28:1
2
Qonunlar 28:2
Egangiz Xudoga itoat etsangiz, U sizlarga baraka beradi, baraka sizdan arimaydi.
Explore Qonunlar 28:2
3
Qonunlar 28:13
Bugun Egangiz Xudoning men sizlarga aytayotgan amrlarini bitta qoldirmay bajarsangiz, Egamiz sizlarni dum emas, bosh qiladi. Sizlar pastda emas, balandda boʻlasiz.
Explore Qonunlar 28:13
4
Qonunlar 28:12
Egamiz Oʻzining osmondagi boy xazinasini ochib, vaqtida yeringizga yomgʻir yogʻdiradi, qiladigan har bir ishingizga baraka beradi. Koʻp xalqlarga qarz berasiz–u, oʻzingiz qarz olmaysiz.
Explore Qonunlar 28:12
5
Qonunlar 28:7
Sizlarga hujum qilgan dushmanlaringizni Egamiz magʻlub qiladi. Ular sizlarga bir tomondan hujum qilib keladi, ammo yetti tomonga tumtaraqay qochadi.
Explore Qonunlar 28:7
6
Qonunlar 28:8
Qilgan har bir ishingizni Egangiz Xudo serbaraka qiladi, omborlaringizni toʻldiradi. U sizlarga berayotgan yurtda baraka beradi.
Explore Qonunlar 28:8
7
Qonunlar 28:6
Uyda boʻlganingizda ham, yoʻlga chiqqaningizda ham Egamiz sizga baraka beradi.
Explore Qonunlar 28:6
8
Qonunlar 28:3
Egangiz sizga shaharda ham, dalada ham baraka beradi.
Explore Qonunlar 28:3
9
Qonunlar 28:4
Uvali–juvali boʻlasizlar, yeringiz hosildor, mol–qoʻyingiz barakali boʻladi, sigirlaringiz bolalaydi, qoʻylaringiz qoʻzilaydi.
Explore Qonunlar 28:4
10
Qonunlar 28:9
Egangiz Xudoning amrlariga itoat etsangiz, Uning yoʻlidan yursangiz, Egamiz sizlarga qasam ichib vaʼda berganiday, sizlarni Oʻzining muqaddas xalqi qiladi.
Explore Qonunlar 28:9
11
Qonunlar 28:5
Suprangiz va bugʻdoy solingan savatlaringiz barakali boʻladi.
Explore Qonunlar 28:5
12
Qonunlar 28:11
Egamiz ota–bobolaringizga qasam ichib, sizlarga beraman, deb vaʼda qilgan yurtda farovonlik ato qiladi. Uvali–juvali boʻlasizlar, molingiz koʻpayadi, dalangizning hosili barakali boʻladi.
Explore Qonunlar 28:11
13
Qonunlar 28:10
Egamizga tegishli ekaningizni koʻrib, yer yuzidagi barcha xalqlar sizlardan qoʻrqadigan boʻladi.
Explore Qonunlar 28:10
14
Qonunlar 28:14
Bugun men sizlarga aytayotgan amrlardan oʻngga yoki chapga chiqmang, boshqa xudolarga ergashmang, ularga xizmat qilmang.
Explore Qonunlar 28:14
15
Qonunlar 28:15
Agar Egangiz Xudoga quloq solmasangiz, bugun men sizlarga aytayotgan Egamizning hamma amri va farmonlariga rioya qilmasangiz, quyidagi laʼnatlar boshingizga keladi
Explore Qonunlar 28:15
Home
Bible
Plans
Videos