1
2 Timoʻtiy 4:7
Muqaddas Kitob
Men ulugʻ kurashda jang qildim, zimmamdagi vazifani oxiriga yetkazdim, Xushxabarga sodiq qoldim.
Compare
Explore 2 Timoʻtiy 4:7
2
2 Timoʻtiy 4:2
Xudoning kalomini targʻib qil. “Hozir buning vaqtimi, vaqti emasmi?” demay, uni astoydil eʼlon qil. Odamlarga taʼlim berib, ularni toʻgʻri yoʻlga sol, tanbeh ber, nasihat qil. Hammasini sabr–toqat bilan bajar.
Explore 2 Timoʻtiy 4:2
3
2 Timoʻtiy 4:3-4
Chunki shunday vaqt keladiki, odamlar sogʻlom taʼlimotga toqat qilmaydigan boʻladilar, ular atrofiga oʻzlariga mos, quloqlariga yoqimli soʻzlar aytadigan muallimlar toʻplaydilar. Ular haqiqatdan yuz oʻgirib, afsonalarga berilib ketadilar.
Explore 2 Timoʻtiy 4:3-4
4
2 Timoʻtiy 4:5
Ammo sen har qanday sharoitda aql bilan ish tut, azoblarga chida, Xushxabarni targʻib qil, oʻz xizmatingni toʻliq bajargin.
Explore 2 Timoʻtiy 4:5
5
2 Timoʻtiy 4:8
Meni solihlik toji kutmoqda. Odil Hakam — Rabbimiz Iso kelgan kunda oʻsha tojni menga Oʻzi beradi. Bunday toj faqat menga emas, balki Uning kelishini intizorlik bilan kutayotganlarning hammasiga nasib boʻladi.
Explore 2 Timoʻtiy 4:8
Home
Bible
Plans
Videos