Shuni bilginki, oxirgi kunlarda ogʻir vaqtlar keladi. Oʻsha paytda odamlar faqat oʻzini oʻylaydigan, pulparast, maqtanchoq, takabbur, soʻkinadigan, ota–onaga itoat qilmaydigan, nonkoʻr, diyonatsiz, tosh yurak, ginachi, tuhmatchi, nafsini tiya olmaydigan, vahshiy, yaxshilikdan hazar qiladigan, xoin, bebosh, bosar–tusarini bilmaydigan boʻladilar. Ular Xudoni emas, aysh–ishratni yaxshi koʻradilar. Oʻzlarini xudojoʻy qilib koʻrsatadilar–u, ammo haqiqiy imondan yuz oʻgiradilar. Sen bunday odamlardan uzoqlash.