Shoul hamma aʼyonlariga va oʻgʻli Yoʻnatanga, Dovud oʻldirilsin, deb farmon berdi. Yoʻnatan esa Dovudni juda yaxshi koʻrardi.
— Otam Shoul seni oʻldirmoqchi, — deb u Dovudni ogohlantirdi. — Ertaga tong payti hushyor boʻl, biror joyga borib yashirinib, jim oʻtir.