Bugunning oʻzida Egamiz seni mening qoʻlimga beradi. Seni oʻldirib, boshingni tanangdan judo qilaman. Bugunning oʻzida Filist lashkarining jasadlarini koʻkdagi qushlarga, dashtdagi yirtqichlarga yem qilaman. Shunda Isroilda Xudoning borligini butun yer yuzi bilib oladi.