Havoriylar 9

9
9–BOB
Shoul imonga keladi
1Shu orada Shoul#9:1 Shoul — Pavlus ismi bilan tanilgan, u keyinchalik havoriy boʻlgan (13:9 ga va oʻsha oyatning izohiga qarang). Rabbimiz Isoning shogirdlariga qarshi qattiq oʻlim xavfini solib yurardi. U oliy ruhoniyning huzuriga borib, 2Damashqdagi sinagogalarga xat yozib berishini soʻradi. U yerda erkak boʻladimi yoki ayolmi — Isoning yoʻlidan yuruvchilarni topib olsa, ularni bogʻlab Quddusga olib kelishga ijozat soʻragan edi. 3Shoul Damashqqa yaqinlashib qolganda, birdan osmondan tushgan bir nur uning yon–atrofini yoritib yubordi. 4Shoul yerga yiqilib, shunday bir ovozni eshitdi:
— Shoul, Shoul! Nega Meni quvgʻin qilyapsan?
5— Yo Hazratim!#9:5 Hazratim! — yunoncha matnda Kurios!. Bu oʻrinda obroʻ–eʼtiborli insonga nisbatan ishlatiladigan soʻz sifatida qoʻllangan. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi XUDONING NOMLARI iborasi ostida berilgan RABBIY, RABBIM, RABBIMIZ… soʻziga qarang. Siz kimsiz? — deb soʻradi Shoul.
— Sen quvgʻin qilayotgan Isoman, — degan javob keldi#9:5 Yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida quyidagi soʻzlar 5–oyatning oxiriga va 6–oyatning boshiga qoʻshimcha qilingan: “…Hoʻkiz oʻz egasining tayogʻini tepib, oʻziga zarar keltirganday, sen ham Menga qarshi chiqib, oʻzingga zarar keltiryapsan.” 6 Shoul vahimaga tushib, titroq bilan: “Yo Rabbim, nima qilishimni buyurasan?” — dedi. Rabbimiz unga:….. 6— Endi oʻrningdan tur, shaharga kir. Nima qilishing kerakligi senga oʻsha yerda aytiladi.
7Shoulga hamroh boʻlganlarning tillariga bir soʻz kelmay, toʻxtab qolgan edilar. Ular ovozni eshitardilar–u, ammo hech kimni koʻrmasdilar. 8Shoul yerdan turdi, koʻzlarini ochdi, ammo hech narsani koʻra olmadi. Ular Shoulni qoʻlidan ushlab, Damashq shahriga olib bordilar. 9Uch kungacha Shoulning koʻzi koʻrmadi, shu kunlar davomida u na yedi, na ichdi.
10Damashqda Isoning Xanoniyo degan shogirdi bor edi. Rabbimiz Iso vahiyda unga zohir boʻlib: “Xanoniyo!” deb chaqirdi. “Labbay, Rabbim!” deb javob berdi u. 11Rabbimiz Iso Xanoniyoga dedi:
— Oʻrningdan tur, Toʻgʻri deb ataluvchi koʻchaga bor. Yahudoning uyidan Tarsuslik#9:11 Tarsus — 21:39 ga va oʻsha oyatning izohiga qarang. Shoul degan odamni soʻra. Hozir u ibodat qilyapti. 12Unga vahiy kelgan. Vahiyda u Xanoniyo degan odamning kelishini koʻrgan. Uning koʻzlari ochilishi uchun sen unga qoʻllaringni qoʻyasan.
13Xanoniyo esa shunday javob berdi:
— Yo Rabbim, men u odam haqida koʻpchilikdan eshitgan edim. U Quddusdagi Sening azizlaringga koʻp yomonlik qilgan ekan. 14Bu yerda ham u Sening nomingni tiliga oladiganlarni qamash uchun bosh ruhoniylardan vakolat olibdi.
15Rabbimiz Iso esa unga shunday dedi:
— Boraver, u Mening tanlangan qurolimdir. U gʻayriyahudiylar orasida, shohlar va Isroil xalqi orasida nomimni mashhur qiladi. 16U Mening nomim haqi qanchalar azob chekishi kerakligini uning oʻziga koʻrsataman.
17Shunday qilib, Xanoniyo borib, oʻsha uyga kirdi. U Shoulga qoʻlini qoʻyib, shunday dedi:
— Birodarim Shoul! Yoʻlingda senga zohir boʻlgan Rabbimiz Iso meni bu yerga yubordi, toki sening koʻzlaring ochilsin, Muqaddas Ruhga toʻlgin.
18Shu zahoti baliq tangachalariga oʻxshash narsa Shoulning koʻzlaridan tushdi. U yana koʻra boshladi. U oʻrnidan turib, suvga choʻmdirildi. 19Ovqat yeb, quvvatga kirdi.
Shoul Damashqda vaʼz qiladi
Shoul bir necha kun Damashqdagi imonlilar bilan birga boʻldi. 20U toʻgʻri sinagogaga borib: “Iso Xudoning Oʻgʻlidir#9:20 Xudoning Oʻgʻli — Iso Masihning unvoni. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi XUDONING OʻGʻLI iborasiga qarang.”, deb vaʼz qila boshladi. 21Uning vaʼzini eshitganlarning hammasi hayron boʻlib, shunday deyishardi: “Quddusda Isoning nomini tilga olganlarga qirgʻin keltirgan odam shu emasmi? Uning bu yerga kelishdan maqsadi — odamlarni bosh ruhoniylar oldiga bogʻlab olib borish emasmikan?” 22Ammo Shoulning vaʼzi tobora kuchli boʻlib boraverdi. U Isoning Masih ekanini isbot etib, Damashqda yashaydigan yahudiylarni esankiratib qoʻydi.
23Bir qancha vaqt oʻtgandan keyin, yahudiylar Shoulni oʻldirish uchun reja tuzdilar. 24Shoul esa ularning rejasidan xabar topdi. Uni oʻldirish uchun shahar darvozalarini kechayu kunduz qoʻriqlardilar. 25Ammo Shoulning shogirdlari uni kechasi savatga solib, shahar devoridagi derazadan#9:25 shahar devoridagi deraza — qadimgi paytlarda shaharlarning baland, qalin devorlari boʻlgan. Bu devorlar shaharni bosqinchilar hujumlaridan himoya qilardi. Baʼzan shahar devorlari ustiga uylar qurilgan. Shoul mana shunday bir uyning derazasidan pastga tushirilgan boʻlishi mumkin. tushirib yubordilar.
Shoul Quddusda
26Shoul Quddusga borgandan keyin, Isoning u yerdagi shogirdlariga qoʻshilishga harakat qildi. Ammo shogirdlarning hammasi undan qoʻrqishardi. Shoul ham Isoning shogirdi boʻlganiga ular ishonmadilar. 27Shunda Barnabo#9:27 Barnabo — 4:36 ga qarang. Shoulni havoriylarning oldiga olib bordi. Shoul yoʻlda qanday qilib Rabbimiz Isoni koʻrganini, Shoulga U qanday gapirganini, Shoul Damashqda qoʻrqmasdan Iso nomi bilan qanday vaʼz qilganini havoriylarga hikoya qilib berdi. 28Shunday qilib, Shoul ular bilan qoldi va butun Quddus boʻylab qoʻrqmasdan Rabbimiz nomi bilan vaʼz qilib yurdi. 29Shoul yunonzabon yahudiylar bilan ham suhbatlashib, ular bilan munozara qildi. Ammo ular Shoulni oʻldirmoqchi boʻldilar. 30Imonlilar bu toʻgʻrida xabar topib, Shoulni Qaysariyagacha#9:30 Qaysariya — Quddusdan 90 kilometr shimoli–gʻarbda, Oʻrta yer dengizi boʻyida joylashgan shahar. U yerda Pavlus kemaga tushib, Tarsusga yoʻl olgan (21:39 ga va oʻsha oyatning izohiga qarang). olib keldilar, keyin uni Tarsus shahriga joʻnatdilar.
31Butun Yahudiya, Jalila va Samariyadagi imonlilar jamoati tinchlikka erishib, kuchayib boraverdi. Jamoat Egamizdan qoʻrqib va Muqaddas Ruhdan madad olib, koʻpayib boraverdi.
Butrus Loʻd va Yaffada
32Butrus hamma yoqni aylanib, imonlilarni koʻrgani borardi. Bir safar u Loʻd shahrida#9:32 Loʻd shahri — Quddusdan 30 kilometr shimoli–gʻarbda joylashgan. yashaydigan Xudoning azizlari huzuriga tashrif buyurdi. 33U yerda Butrus Yeney degan odam bilan uchrashib qoldi. Yeney shol boʻlib, sakkiz yildan beri toʻshakdan tura olmas edi. 34Butrus unga:
— Yeney, Iso Masih senga shifo beryapti: oʻrningdan tur, toʻshagingni yigʻib qoʻy! — dedi. Yeney shu zahoti oʻrnidan turib ketdi. 35Butun Loʻd shahri va Sharon tekisligining ahli Yeneyni koʻrib, Rabbimiz Isoga yuz burdi.
36Yaffa shahrida#9:36 Yaffa shahri — Loʻddan 15 kilometr shimoli–gʻarbda joylashgan. Isoning bir shogirdi bor edi. U ayolning ismi Tavita boʻlib, yunonchada Doʻrkas#9:36 …Tavita…Doʻrkas… — Tavita uning oramiycha ismi edi. Ikkala tilda ham bu ismlarning maʼnosi — ohu. edi. U koʻp xayrli ishlar qilardi, muhtojlarga yordam berardi. 37Oʻsha paytda u kasal boʻlib, vafot etdi. Uning jasadini yuvib, boloxonaga qoʻydilar. 38Loʻd shahri Yaffa shahriga yaqin edi. Shogirdlar Butrus u yerda ekanini eshitdilar va uning oldiga ikki kishini yuborib: “Iltimos, hayallamay biz tomonga keling”, deb xabar yubordilar. 39Butrus oʻrnidan turdi–yu, ular bilan ketdi. Butrus yetib kelgach, uni boloxonaga olib chiqdilar. Hamma bevalar Butrusning yonida yigʻlab turganlaricha, kamzullar va boshqa kiyimlarni koʻrsatib: “Tavita#9:39 Tavita — yunoncha matnda Doʻrkas (shu bobning 36–oyatiga qarang). tirikligida bularni tikkan edi”, derdilar. 40Butrus ularni tashqariga chiqarib yubordi. Shundan keyin u tiz choʻkib, ibodat qildi–da, jasadga oʻgirilib: “Tavita, tur oʻrningdan!” dedi. Shunda Tavita koʻzlarini ochdi, Butrusni koʻrib, qaddini rostlab oʻtirdi. 41Butrus qoʻlini Tavitaga uzatib, oʻrnidan turishiga yordamlashdi. Keyin Xudoning azizlarini va bevalarni chaqirib, tirilgan ayolni koʻrsatdi. 42Bu voqea butun Yaffaga maʼlum boʻldi va koʻpchilik Rabbimiz Isoga imon keltirdi. 43Butrus ancha vaqt Yaffa shahrida Shimoʻn degan bir koʻnchining#9:43 koʻnchi — hayvonlarning xom terisiga ishlov beradigan kosib. uyida turdi.

Currently Selected:

Havoriylar 9: O‘zbMK

ማድመቅ

ያጋሩ

ኮፒ

None

ያደመቋቸው ምንባቦች በሁሉም መሣሪያዎችዎ ላይ እንዲቀመጡ ይፈልጋሉ? ይመዝገቡ ወይም ይግቡ